Osiyo davlatlari
Download 161 Kb.
|
Geogreferat
Kolumbiya
Kolumbiya (Colombia), Kolumbiya Respublikasi (Republica de Colombia) — Jan. Amerikaning shim.-gʻarbida joylashgan davlat. Mayd. 1138,9 ming km². Aholisi 46,370 mln. kishi (2012). Poytaxti — Bogota (Santa-Fe-de-Bogota) sh. Maʼmuriy jihatdan 32 departament va poytaxt okrugiga boʻlinadi. K. — unitar respublika. Amaldagi Siyosiy konstitutsiyasi 1991 y. 4 iyulda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi. Ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni kongress amalga oshiradi. Kongress ikki palata: senat va vakillar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. K.ning sharqiy va shim. qismi pasttekislik, gʻarbida And togʻ tizmalari bor. And togʻlarining K.dagi qismi 3 asosiy tizma (Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Kordilyera) dan iborat. Ularni Magdalena daryosi (Kauka va Patiya irmoqlari b-n) bir-biridan ajratib turadi. K.ning eng baland joyi — Kristobal-Kolon togʻi (5800 m). And togʻlarining gʻarb va shim. da Tinch okean va Karib boʻyi botqoqlashgan pasttekisliklari bor. Sharqiy qismidagi pastroq platolar Amazonka pasttekisligiga tutashib ketadi. Bir necha sungan va soʻnmagan vulkanlar (Uila 5750 m, Ruis 5400 m, Tolima 5215 m va b.) bor. K.da neft, tabiiy gaz, toshkoʻmir, mis va temir rudalar, rangli va asil metallar, uran, zumrad konlari koʻp. K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 29°, 1000–2000 m balandlikdagi togʻlarda 17—22°, 4000 m dan balandda 7° dan oshmaydi. Yillik yogʻin 1000–4000 mm. Shim.-sharqida 200 mm gacha, Tinch okean pasttekisligida va unga tutash togʻ etaklarida 10000 mm gacha. Daryo koʻp, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va b. Yuklarning 95% Magdalena daryosida tashiladi. Pasttekislik va togʻ etaqlaridagi qizilsariq laterit tuproqli yerlarda nam tropik oʻrmonlar bor, qizil tuproqli yerlar savanna (lyanos) bilan qoplangan. Shim.sharqda buta va kaktuslar oʻsadi. Togʻ tepalarida oʻtloqlar (paramos), choʻqqilarida doimiy qorlar bor. Oʻrmonlarda maymun, yaguar, chumolixoʻr, tapir, yalqov, kaltakesak; qushlardan tunan, kolibri va toʻtilar, daryolarda timsoh uchraydi. Milliy bogʻlari: Chiribikete, Paramilo, Syerra-Nevada-de-Santa-Marta. Aholisining aksari kolumbiylar. Ular indeys, ispan, negrlarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Keyinroq Italiya, Germaniya va Gʻarbiy Yevropaning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar qoʻshilgan. 700 mingga yaqin indeys bor. Rasmiy tili — ispan tili. Xristianlikning katolik mazhabiga eʼtiqod qiladi. Aholining 67% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bogota, Medelin, Kali, Kartaxena Hoz. K. hududida qadimdan indeys qabilalari yashab kelgan. K. hududiga 1499 y.da ispanlar kelgan. 1530-y.larda ular K.ni bosib olib, mustamlaka tartibini oʻrnatdilar va mamlakatni Yangi Granada deb atadilar. 1718 y.dan Yangi Granada vitse-qirolligiga aylantirildi. 1739 y. Yangi Granada vitse-qirolligi K.dan tashqari hozirgi Ekvador, Panama va Venesuela hududlarini qoʻshib oldi. Mahalliy aholi ispan bosqinchilariga qarshi bir necha bor qoʻzgʻolon koʻtardi. Shulardan eng yirigi 1781 y.gi qoʻzgʻolon boʻldi. Mustaqillik uchun kurash 1810 y.dan yanada kuchaydi. 1816 y. may oyida ispan armiyasi qoʻzgʻolonni shafqatsiz bostirdi. Birok, qoʻzgʻolonchilar 1819 y. fevralda mustaqillikka erishgan Venesuela vatanparvarlari yerdamida ispan qoʻshinlarini tor-mor etdilar. 1819 y. dek.da Yangi Granada, Venesuela va Ekvador birlashib, Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi tuzilganligi S. Bolivar prezident) eʼlon qilindi. 1830 y. Buyuk Kolumbiya federativ respublikasi parchalandi, Venesuela, Ekvador va Yangi Granada (Panama bilan birga) mustaqil davlatlari tashkil topdi. 40-y. larda mamlakatda Konservativ (yirik zamindorlar) va Liberal (burjua) siyosiy partiyalar vujudga keldi. 1851 y. Yangi Granadada qulchilik bekor qilindi. 1863 y.dan mamlakat K. Qoʻshma Shtatlari, 1886 y.dan K. Respublikasi deb ataldi. Partiyalar K. ekvatorial iqlim mintaqasida joylashgan. Pasttekisliklarda oʻrtacha oylik t-ra 29°, 1000–2000 m balandlikdagi togʻlarda 17—22°, 4000 m dan balandda 7° dan oshmaydi. Yillik yogʻin 1000–4000 mm. Shim.-sharqida 200 mm gacha, Tinch okean pasttekisligida va unga tutash togʻ etaklarida 10000 mm gacha. Daryo koʻp, yiriklari: Magdalena, Kaketa, Putumayo, Guavyare, Meta va b. Yuklarning 95% Magdalena daryosida tashiladi. Panama K.dan ajralib, mustaqil davlatga aylandi. 1929—33 y.gi jahon iqtisodiy turgʻunligi K. iktisodiyotiga ancha putur yet-kazdi. 1934 y. K.da baʼzi ilgʻor islohotlar (bepul taʼlim va b.) oʻtkazildi. 1946 y.dan K.da terrorchi diktatura oʻrnatildi. Barcha demokratik kuchlar qattiq taʼqib qilindi. Xalqning demokratik gʻalabalarini tugatish siyosati oʻtkazila boshladi. 1948 y. da xalq qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolon bostirilgach, konservatorlar hukumati liberallarga qarshi fuqarolik urushi boshladi, natijada 200 ming kishi nobud boʻldi. Maʼmurlar terroriga qarshi partizanlik harakati kuchaydi. Konservatorlar hokimiyatni saqlab qolishga intilib, 1953 y. davlat toʻntarishi uyushtirdi va harbiy diktatura oʻrnatdi. 1957 y.da umumxalq kurashi natijasida diktatura barham topdi. Konservatorlar bilan liberallar "sherikchilik" asosida "Milliy jabha" blokini tuzdilar (1957—74). Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal boʻlmay qolaverdi. Liberallar hukumati 1974—78 y.larda bir qator ilgʻor islohotlar oʻtkazdi. 1978 y. saylovda liberallar raxbari X.S.Turbay Ayyala gʻalaba qozonib, prezident lavozimini egalladi. 1998 y. prezident saylovida konservatorlar vakili A.P.Arango prezident, liberallar vakili G.B.Lesmus esa vitse-prezident etib saylandi. K. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 iyul — Mustaqillik kuni (1810). Download 161 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling