Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishlari O‘zbek sportchilarining Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etishi Dunyo chempionatida ishtirok etishi


O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarida


Download 0.51 Mb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#207259
1   2   3   4   5
Bog'liq
SHu davr mobaynida jismoniy tarbiya va sportga oid O

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarida


Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining o‘ninchi kunidan olingan suratlarni taqdim etamiz.

Osiyo o‘yinlari. Nigina Sharipovada medal yutish imkoniyati saqlanib qoldi


Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining o‘ninchi kuni yakuniga yetdi. Ushbu kunda o‘zbekistonlik yengil atletikachi qizlar ijobiy natijalarni ko‘rsatdilar. 

Jumladan, Nigina Sharipova 200 metrga yugurish bahslarida 23,45 sekund natija ko‘rsatdi va finalga yo‘l oldi. Enndi Nigina ertaga medallar uchun startga chiqadi. 

Shuningdek, Sitora Hamidova 5000 metrga yugurish bahslarida 15 nafar sportchi ichida 8-o‘rinni egalladi. 

Yengil atletikaning ko‘pkurash yo‘nalishida ishtirok etayotgan Yekaterina Voronina uchta chiqish yakunlariga ko‘ra 11 nafar sportchi ichida 4-o‘rinni egallab turibdi.

Osiyo o‘yinlari. Kurashda birdaniga oltin va kumush medal



Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining kurash bo‘yicha sport turida o‘zbek sportchilari delegasiya hisobiga medallar taqdim etishlari deyarli naqd bo‘lgan edi. 

Ikki o‘zbek kurashchisi finalga chiqqan bahsda Ma’ruf G‘aybulloyevning qo‘li baland kelib, Ruslan Bo‘riyevni mag‘lub etdi. 

Ma’ruf G‘aybulloyev Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ruslan Bo‘riyev esa kumush medalni terma jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi.



Osiyo o‘yinlari. Bobousmon Boturov yarim finalga chiqdi

Osiyo o‘yinlari musobaqasining o‘ninchi kunida o‘zbek bokschilari raqiblariga qarshi ringga chiqishdi. 

69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bobousmon Boturov Janubiy Koreya vakili Lim Xyunchulga qarshi jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘llanma oldi.

Osiyo o‘yinlari. Finalda ikki polvonimiz bellashadi



Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining kurash bo‘yicha sport turida o‘zbek sportchilari delegasiya hisobiga medallar taqdim etishlari deyarli naqd bo‘ldi. 

Jumladan, Ruslan Bo‘riyev Xitoy Taypeyi vakili Xaocheng Changni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. 

Bundan tashqari, Ma’ruf G‘aybulloyev eronlik raqibidan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Demak, -66kg vazn toifasida o‘zbek polvonlari o‘zaro kurashadilar. 

Eslatib o‘tamiz, birozdan so‘ng yana to‘rt kurashchi gilamga chiqadi. 

+90kg: Muhsin Hisomiddinov – Mansur Sarvari (Afg‘oniston)

+90kg: Nurbek To‘rayev – Jafar Pahlavonijaghar (Eron) 

-52kg: Gulnor Sulaymonova – Malaprabha Yadhav (Hindiston)

-52kg: Oysuluv Abdumajidova – Pinski Balhara (Hindiston).

Osiyo o‘yinlari. Olti nafar kurashchimiz yarim finalga yo‘llanma oldi



Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining kurash bo‘yicha sport turida o‘zbek sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan bo‘ldilar. 

Jumladan, olti nafar kurashchi musobaqa yarim finaliga yetib keldi.

-66kg: Ruslan Bo‘riyev – Xaocheng Chang (Xitoy Taypeyi)

-66kg: Ma’ruf G‘aybulloyev – Ganbarali Ganbari (Eron) 

+90kg: Muhsin Hisomiddinov – Mansur Sarvari (Afg‘oniston)

+90kg: Nurbek To‘rayev – Jafar Pahlavonijaghar (Eron) 

-52kg: Gulnor Sulaymonova – Malaprabha Yadhav (Hindiston)

-52kg: Oysuluv Abdumajidova – Pinski Balhara (Hindiston).

Osiyo o‘yinlari. Medallarimiz 32taga yetdi



Osiyo o‘yinlarining o‘ninchi kunida O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobiga yana bitta kumush medal qo‘shildi. 

Badiiy gimnastika bo‘yicha yakkalik bahslarining finalida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Sabina Tashkenbayeva 66.850 ming ochko to‘plab kumush medal sohibasiga aylandi. 

Oltin medal qozog‘istonlik Alina Odilxonovaga nasib etdi. Afsuski ushbu bahslarda yana bir badiiy gimnastikachi Nuriniso Usmonova bronza medal sohibasiga aylanishi mumkin edi. Ammo xitoylik Jao Yating bunga yo‘l qo‘ymadi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston sport delegasiyasining umumjamoa hisobidagi medallar soni 32taga yetdi.

Boks. Shunqor Abdurasulov ham yarim finalda



Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musoaqasining o‘ninchi kunida bokschi Shunqor Abdurasulov qirg‘izistonlik raqibiga qarshi jang qildi. 

-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov Argen Qodirbek o‘g‘lini 3:2 hisobida yengdi va Jasurbek Latipov singari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun yana bir bokschi Bobousmon Baturov ham ringga ko‘tariladi.




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling