Erkaklar:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev, Diyorbek O‘rozboev; -66 kg: Sardor Nurillaev; -73 kg: G‘iyosjon Boboev, Hikmatullo To‘raev; -81 kg: Sharofiddin Boltaboev; -90 kg: Davlat Bobonov; -100 kg: Muhammadkarim Hurramov; +100 kg: Bekmurod Oltiboev.
Ayollar:
-48 kg: Diyora Keldiyorova; -52 kg: Gulnoza Ziyaeva; -57 kg: Amangul Allanazarova; -63 kg: Nozima Ro‘zieva; -70 kg: Gulnoza Matniyozova; -78 kg: Nodira Yo‘ldosheva; +78 kg: Rinata Ilmatova.
Joriy yilning 14-16 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Dzyudo sport turi bo’yicha “Universiada-2020” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo’lib o’tdi.
Mazkur sport musobaqalarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 196 nafar talaba-yoshlar gʻoliblik uchun tatamiga chiqishdi.
Dzyudo sport turi bo’yicha “Universiada-2020” musobaqalari quyidagi vazn toifalarida oʻtkazildi.
Erkaklar: 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg.
Ayollar: 48, 52, 57, 63, 70, 78 va +78 kg.
Musobaqalar yakuniga koʻra umumjamoa hisobida Toshkent viloyati 146 ball bilan birinchi, Samarqand viloyati 143 ball bilan ikkinchi va Buxoro viloyati 130-ball bilan uchinchi o’rinni qo’lga kiritdi.
Kuni kecha Dzyudo sport turi bo’yicha “Universiada-2020” musobaqalarining Respublika final bosqichida Gʻalabaga erishgan Sportchi-talabalarimiz tantanali ravishda kutib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |