Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy va texnika fakulteti


Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi


Download 198.45 Kb.
bet12/13
Sana14.05.2023
Hajmi198.45 Kb.
#1462207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi32

Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo’ladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi - aholining kam ta‘minlangan tabaqalarning ijtimoiy himoyalash va qullab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazganligi bo’ldi. Masalan, pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy kafolatlar tizimdan ishonchli ijtimoiy kafolatlari va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tiziiga izchillik bilan o’tish-ijtimoiy siyosati amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlanishini bildiradi.
Mamlakatimizda ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan mablag’lar davlat byudjetining umumiy xarajatlariga nisbatan 2006 yilda 51,9 foizni, 2007 yilda 53 foizni 2009 yilda 54,6 foizni, 2009 yil 56,3 fozni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 59,1 foizni yetkazish rejalashtirilgan.
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy har tomonlama qo’llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xullas, islohotlar davridagi davlat aholining muhtoj tabaqalarni qo’llav-quvvatlash bilan birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta‘minlashga haraqat qilayotgan kishilar uchun teng sharoit va qo’lay imkoniyat yaratib bormoqda.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, yashash qiymati hayotning eng zaruriy ehtiyojlarini qondirish orqali minimal yashash darajasini ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul miqdorini ko'rsatadi. Aksincha, turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy guruhning kunlik hayotdagi ehtiyojlari va farovonliklarining etarliligi bilan bog'liqligini aniqlaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, yashash qiymati hayot darajasiga asoslanadi, va buning sababi "turmush darajasi qanchalik baland bo'lsa, odamlarga shu darajani ushlab turish shunchalik qimmatga tushadi’. Ushbu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo'lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda kondentsionerlar kabi maishiy texnika vositalariga hali hamon ehtiyoj mavjud. O'z navbatida, ushbu ma'lumotlar respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda horijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi sub'ektlar uchun katta hajmdagi iste'mol bozori mavjudligidan dalolat beradi. Bugungi kunda uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish, ma'lumotlar sifatini oshirish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda uslubiyotni takomillashtirish, savolnomalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya'ni, kuzatuv jarayonida 2020-yilgacha foydalanilgan qog'oz shaklidagi savolnomalardan voz kechib, 2021-yildan boshlab to'liq uy xo'jaliklarida kuzatuvni planshetlar yordamida o'tkazish rejalashtirilmoqda. Rivojlangan davlatlarda keng qo'llaniladigan ushbu zamonaviy tizimga ko'ra, kuzatuv so'rovnomalari planshetlarga o'rnatilib, interv`yular ulardan foydalangan holda olinadi. Respondent tomonidan intervyu savollariga berilgan javoblar ana shu planshetda qayd etib boriladi va onlayn rejimda yagona ma'lumotlar bazasiga uzatiladi. Bu, o'z navbatida, kuzatuvlar monitoringini yuritish, sifatni nazorat qilish imkonini beradi.


Download 198.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling