Osiyo xalqaro universiteti konchilik ish fakulteti sm7-ki-2022 geodeziya fanidan mustaqil ish


-rasm.1 klass davlat tayanch punktlari joylashuvi


Download 1.71 Mb.
bet7/15
Sana19.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1363328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
GEODEZIYA NAYIMOV SUXROBJON

9.10-rasm.1 klass davlat tayanch punktlari joylashuvi
avlat geodezik tayanch tarmoqlari umumiydan bo’lakka , yuqori klassdan pastki klassga o’tish prinsipida quriladi. Bunda dastlab 1-klass tarmog’i, unga asoslanib esa birin-ketin 2, 3 va 4- klass tarmoqlari o’tkaziladi. Bunday prinsipni qo’llanish mamlakatimiz territoriyasida qisqa muddatda yagona koordinata tizimini tarqatishga imkon beradi.
1-klass davlat planli tayanch tarmoqlari qator uchburchaklardan iborat bo’lib, meridian va parallel yo’nalishi bo’yichao’tkaziladi.Uchburchaklar zvenosining uzunligi 250 km ga boradi (9.10-rasm).Uchburchaklar zvenosining o’zaro kesishishidan hosil bo’lgan to’rtburchakning perimetri tahminan 800-1000kmdir. 1-klass tarmoqlarida har bir uchburchak tomoni 20 km dan qisqa bo’lmasligi kerak. Uchburchakning bir-biri bilan kesishgan joylarida bazis (chiqish tomon) o’lchanadi va bazis uchlarining koordinatalari astronomik usulda aniqlanadi. Uchburchak qatori bo’yicha astronomik- gravimetrik nivelirlash o’tkaziladi. 1-klass geodezik tayanch tarmoqlariga astronomik–geodezik tarmoqlar deyiladi. Keyingi vaqtda ayniqsa o’rmon zonalarida va shaharlarda masofalarni o’lchashda juda aniq svetodalnomer va radiodalnomerlar qo’llanilganligidan, 1-klass triangulyatsiya uchburchaklari qatori o’rniga 1-klass poligonometriya yo’llari o’tkazilmoqda. Bunda poligonometriya yo’lining uzunligi 20-25 km bo’ladi. Odatda 1-klass poligonometriya yo’llari 1-klass triangulyatsiya punktlari oralig’ida o’tkaziladi.
1-klass triangulyatsiya va poligonometriyada yuqori aniqlikda o’lchash asboblari va uzullari qo’llaniladi. Masalan,1-klass triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 0-7 gacha, poligonometriyada 0”- 4 gacha o’rtacha kvadratik xato bilan, triangulyatsiya basis tomoni 1:400000, poligonometriya tomoni esa 1:300000 aniqlikda o’lchanadi. 1-klass tayanch tarmoqining har bir poligoni
2- klass triangulyatsiya uchburchaklari tarmoqlari bilan to’ldiriladi. Joyning tabiiy geografik sharoitiga qarab, 2-klass triangulyatsiya uchburchaklari tomonlarining uzunligini 7-20 km qilib olish mumkin. Ba’zan 2-klass davlat triangulyatsiyasi o’rniga 2-klass poligonometriya yo’llarini o’tkazsa ham bo’ladi. 2-klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini o’tkazishda ham eng aniq o’lchash asboblari va usullari qo’llaniladi. Bunda triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 1”, 0 o’rtacha kvadratik xato bilan, bazis tomoni 1:300000 aniqlikda o’lchanadi.
Yuqori klass davlat geodezik tayanch tarmoqlarini zichlashtirish maqsadida 3 va 4-klass triangulyatsiyasi o’tkaziladi. Joyning sharoitiga qarab 3-klass triangulyatsiya uchburchagi har bir tomoni uzunligi 5-8 km, 4- klassniki 2-5 km bo’ladi.Triangulyatsiya uchburchagining har bir burchagi 3-klass triangulyatsiyada 1”, 5, 4-klassda esa 2”,0 gacha o’rtacha kvadratik xato bilan, masofa esa 1:200000 aniqlikda o’lchanadi. 3 va 4- klass triangulyatsiya tarmoqlari yuqori klass tayanch tarmoqlarining punktlari oralig’ida o’tkaziladi. Faqat 1 va 2- klass davlat geodezik tayanch tarmoqlari bo’lmagan rayonlardagina yirik masshtabli tasvirga olish va boshqa maqsadlarda mustaqil 3 va 4- klass triangulyatsiya tarmoqlari o’tkazilishi mumkin.
Joyning sharoitiga va iqtisodiy tomondan afzalligiga qarab 3 va 4-klass triangulyatsiya o’rniga 3 va 4-klass poligonometriya yo’llari o’tkazish mumkin. Poligonometriya yo’llari yuqori klass tayanch tarmoqlari punktlari oralig’ida o’tkaziladi. Agar 3 va 4- klass poligonometriya yo’li kichik territoriyada mustaqil tarmoq tarzida o’tkazilsa, 3-klass poligonometriya yo’lining uzunligi 60 km dan, 4-klass poligonometriya yo’lining uzunligi 35 km dan oshmasligi kerak.
9.1 va 9.2 -jadvallarda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlariga taaluqli ba’zi bir ma’lumotlar berilgan.




9.1-jadval


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling