Osiyo xalqaro universiteti konchilik ish fakulteti sm7-ki-2022 geodeziya fanidan mustaqil ish


Download 1.71 Mb.
bet1/15
Sana19.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1363328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
GEODEZIYA NAYIMOV SUXROBJON



OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
KONCHILIK ISH FAKULTETI SM7-KI-2022
GEODEZIYA FANIDAN
MUSTAQIL ISH
BAJARDI: Nayimov Suxrobjon Najmiddin o'g'li
TEKSHIRDI: ______________________


Mavzu: Grodezik ishlar. Grodezik tarmoqlar. Davlat Grodezik tarmoqlari: planli va balandli, ularni o'rnatish. Tarmoqlarni yaratishni triangulyatsiya,trilateratsiya va poligonometriya uslublari.




Grodezik ishlar. Grodezik tarmoqlar. Davlat Grodezik tarmoqlari: planli va balandli, ularni o'rnatish. Tarmoqlarni yaratishni triangulyatsiya,trilateratsiya va poligonometriya uslublari.


Reja:
1. Geodezik tarmoqlar..
2. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash
3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari
4.Triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya uslublari
5. Geodezik tarmoqlar.
6. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash.
7. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari.

Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan, koordinatasi(X,Y) va absolut balandligi(H) aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi geodezik tayach tarmog`ini tashkil etadi.Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y va H ma'lum), faqat planli (X, Y ma'lum) va faqat balandlik (H,ma'lum) tarmoqlariga bo‘linadi.


Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT), Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch tarmoqlariga (TOTT)bo’linadi.Davlat geodezik tayanch tarmoqlari maxsus dastur asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga, turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni yechishda ham davlat geodezik tayanch tarmoqlariga asoslaniladi.Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati, qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi. Yirik muhandislik imshootlarining loyihalari joyga geodezik tayanch punktlarga tayanib ko’chiriladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling