Osiyo xalqaro universiteti konchilik ish fakulteti sm7-ki-2022 geodeziya fanidan mustaqil ish
Download 1.71 Mb.
|
GEODEZIYA NAYIMOV SUXROBJON
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat planli tayanch tarmoqlari.
9.9-rasm. Poligonometriya yo`li
Poligon tomonlarining direksion burchaklari (6.4) formula yordamida punktlarning koordinatalari esa (to`g`ri geodezik masala) formulalari yordamida topiladi. Qisqa bazisli paralaktik poligonometriyani rus olimi professor A.S. Filonenko (1884-1963) taklif etgan. Bu poligonometriyada paralaktik poligon tomonining uzunligini aniqlashda qisqa bazis olinadi. Masalan: poligon yo’lining (AB) tomoni uzunligi (d1) ni bilish uchun joyda (M) nuqta tanlanadi (9.9-rasm c). (M va B) nuqtalar orasidagi katta bazisga simmetrik qilib qisqa bazis belgilanadi. Ko’pincha qisqa basis sifatida maxsus shtativga o’rnatilgan, uzunligi 3 m keladigan reykadan foydalaniladi. Bunda paralaktik burchak (φ1, φ2 φ3)( hamda bazis yon burchaklari (ψ) o’lchaniladi. Poligon tomonining uzunligi quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi: Qisqa bazisli paralaktik poligonometriyada ham poligon tomonining direksion burchaklari va burilish punktlarining koordinatalari formula asosida hisoblaniladi. Keyingi yillarda magistral poligonometriyaning tomonlarini yoki paralaktik planimetriyaning bazislarini o’lchashda svetodalnomer va radiodalnomerlar qo’llanilmoqda. Dalnomer poligonometriyasi ham koordinatalari ma’lum bo’lgan ikki tayanch punkt oralig’ida o’tkaziladi. Bunda poligon tomonlari dalnomer bilan poligon burilish burchaklari aniq teodolit bilan o’lchanadi. Poligon tomonlarining direksion burchaklari boshlang’ich tomonning direksion burchagidan va burchak o’lchash natijalaridan foydalanib formula yordamida, poligonometriya punktlarining koordinatalari esa boshlang’ich punktning ma’lum koordinatalaridan va o’lchash natijalaridan foydalanib formula yordamida topiladi. Davlat planli tayanch tarmoqlari.Davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari triangulyatsiya, trilateratsiya va poligonometriya uslublarida barpo qilinadi. Uslublar joyning sharoitiga va iqtisodiy jihatdan afzalligiga qarab tanlanadi. Hozir asosan triangulyatsiya uslubidan foydalanilmoqda. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilishqa punktlarning bir-biriga yaqin-uzoqligi (zichligi) katta ahamiyatga ega. Territoriyaning 1:25000 va 1:10000 masshtabli planini olishda davlat planli geodezik tayanch tarmoqlari 50-60 km2ga bir punkt to’g’ri keladigan qilib, 1:5000 masshtabli tasvirga olishda 20-30 km2 ga, 1:2000 masshtabli tasvirga olishda esa 5-15 km2 ga bir punkt to’gri keladigan qilib hosil qilinadi. Davlat planli tayanch tarmoqlari burchak va masofani o’lchash aniqligiga, uchburchak tomonlarining uzunligiga va tarmoqlarni hosil qilish tartibiga qarab 1, 2, 3 va 4 – klasslarga bo’linadi. D Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling