Tashkilotlarda kommunikatsiyani takomillashtirish:
Informatsion oqimlarni tartibga solish. Rahbar o`z informatsion ehtiyojlarining sifat, miqdor tomonlarini baholashni o`rganishi kerak.
Ma`muriy harakatlar. Rahbar vaqti-vaqti bilan o`z xodimlari bilan bevosita aloqada bo`lishi kerak, masalan, yangi rejalar, strategiyalar variantlari, maqsadlarni hamda mo`ljallarni aniqlab olish va muhokama qilish uchun alohida suhbatdan tashqari umumiy majlis o`tkazish.
Teskari aloqa tizimi. Teskari aloqa tizimlaridan biri – bu aniq masalalarni
muhokama qilish maqsadida odamlarni tashkilotning bir qismidan boshqa qismiga o`tkazish.
Takliflarni to`plash tizimi. Ko`pincha bu tizim takliflar uchun mo`ljallangan yashiklar variantida amalga oshiriladi, unda firma ishlovchilari o`z takliflarini anonim tarzda berishadi. Bundan tashqari telefon tarmog’ini ham o`tkazish mumkinki, u orqali ishlovchilar anonim tarzda telefon qilib, lavozimni tayinlash to`g’risidagi savollarni berish imkoniyatini oladilar. Liniyada esa berilgan savollarga tezda javob bera oladigan menejerlar ishlashlari mumkin.
Informatsion byulletenlar (nashriyotlar, videotasmalar).
Zamonaviy axborot texnologiyalari. Axborot texnologiyalari sohasidagi oxirgi yutuqlar ham tashkilotlarda axborot almashinuvini takomillashtirishga yordam berishi mumkin, ya`ni kop’yuterlar, elektron pochta, telefon orqali bir vaqtning o`zida bir necha kishiga axborot uzatish, videokonferentsiyalar va hokazo.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |