Osiyo xalqaro universiteti mavzu: Anatomiya fanining tarixi. Anatomiyani o’rganish usullari. Shakl va vazifaning birligi. Suyaklar tuzulishining umumiy prinsiplari. Tana suyaklarning funksional anatomiyasi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1464152
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
anatomiya 1-ma\'ruza



OSIYO XALQARO UNIVERSITETI
Mavzu:
Anatomiya fanining
tarixi.Anatomiyani o’rganish
usullari.Shakl va vazifaning
birligi.Suyaklar tuzulishining umumiy
prinsiplari.Tana suyaklarning
funksional anatomiyasi.
Ma’ruzachi:
Komiljonova Oygul
Olimjonovna


Ma’ruza rejasi:
• Anatomiyaga kirish.
• Tana skeleti suyaklari:umurtqa
pog’onasi,qovurg’alar,to’sh suyagi.
• Yelka kamari suyaklari:o’mrov,kurak.
• Qo’l suyaklari:yelka,bilak-tirsak,qol panjasi.
• Oyoq sohasi suyaklari:chanoq suyagi,son
suyagi, katta boldir,kichik boldir,oyoqning
panja suyaklari.


Anatomiyani bilmagan shifokor, foydasizgina
emas, balki zararlidir.
proffesor.Ye.O.Muxin.
• Odam anatomiyasi odam organizmining shakli va
tuzulishini, uning rivojlanish jarayoni, ayni vaqtda
har bir a’zoning jinsiy jihatdan va yoshga qarab
bo’lgan tafovutlari, shuningdek tashqi muhitning
a’zolar tuzulishi hamda faoliyatiga ta’sirini
o’rganadi.
• Anatomiya (grekcha-Anatome)kesaman degan
ma’noni anglatadi.
• Anatomiya odam organizmini bir butun holda
o’rganadi, chunki organizm ko’pgina a’zolardan
iborat bo’lib, ular nerv va qon tomirlar tizimi
vositasida o’zaro bog’langan.


Sath
to’g’risida tushuncha
• Anatomiyada a’zolar va ularning qismlarini
bo’shliqdagi holatini aniqlashda o’zaro perpendikulyar
joylashgan
sagittal, frontal 
va
gorizontal
sathlardan
foydalaniladi.
• Sagittal sath – (grekcha
sagitta
-o’q-yoy)gavdani
oldindan orqaga qarab teshib o’tayotgan o’q yoy
yo’nalishida kesganda hosil bo’lgan yuzaga aytiladi
• Frontal sath-(grek.
frons
-peshona)gavdani peshonaga
parallel qilib kesganda hosil bo’ladigan yuza, u gavdani
oldingi va orqa qismlarga ajratadi.
• Gorizontal sath-gavdani sagittal va frontal sathlarga
to’g’ri burchak ostida kesganda hosil bo’ladigan yuza, 
u gavdani yuqori va pastki qismlarga ajratadi.


Gavda qismlari va a’zolarning joylashishini aniqlashda anatomik
atamalar tarkibiga kiruvchi quyidagi nomlardan foydalaniladi
.
• Medialis- medial, ichki
• Lateralis-lateral, yondagi, chetdagi
• Intermedius- oraliqdagi
• Internus- ichki
• Externus- tashqi
• Har xil chuqurlikdagi a’zolarning holatini aniqlashda:
• Profundus- chuqur
• Superficialis- yuzaki
• qo’l va oyoqning qismlarini tanaga nisbatan:
• Proximalis- proksimal, tanaga yaqin
• Distalis- distal, tanadan uzoq deyiladi.



Tana skeleti- umurtqa pog’onasi(columna vertebralis
va ko’krak qafasi(cavea thoracis)dan iborat.
• Umurtqa pog’onasi 5 qismdan iborat:
• Bo’yin-7ta ver.cervicalis-CI-CVII
• Ko’krak-12 ta v.thoracica-ThI-ThXII
• Bel-5ta v.lumbalis-LI-LV
• Dumg’aza-5ta v.sacralis-SI-SV
• Dum-1-3 ta v.coccygea-CoI-CoIII
• Umurtqa tanasi oldinga qaragan b.b, asosiy
og’irlikni ko’tarib, tayanch vazifasini bajaradi va
umurtqalararo disklar vositasida
birlashadi.Umurtqa tanasi o’lchami pastga tomon
gavdaning og’irligiga qarab kattalashib boradi va
bel sohasida eng katta o’lchamga ega bo’ladi.


• Umurtqa tanasining oldingi yuzasi qavariq, 
umurtqa ravog’iga qaragan orqa yuzasi bukilgan
b.b unda qon tomirlar o’tadigan oziqlantirish
teshigi (foramen nutricium) bor.
• Umurtqa ravog’i tananing orqasida joylashib, tana
b.n 2 ta umurtqa ravog’ining oyoqchasi
(pedunculus arcus vertebrae) vositasida birikib, 
umurtqa teshigi(foramen vertebrale) h.q.
• Barcha umurtqa teshiklarining o’zaro
qo’shilishidan (canalis vertebralis)h.b va u 
yuqorida kalla suyagi bo’shlig’i b.n qo’shiladi, bu
kanal ichida orqa miya va uning pardalari yotadi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling