Osiyo xalqaro universiteti


Download 241.86 Kb.
bet4/7
Sana11.03.2023
Hajmi241.86 Kb.
#1258616
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kompyuter grafikasida kameralar

Xromakey. Bu usuldan, misol uchun, film qahramonini olov ichida yurishi, turli-tuman asli mavjud bo‘lmagan joylarda, koinotdagi biror sayora sirtida yurishi tasvirlarini yaratish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun aktyorning alohida o‘zini rangli fonda tasvirga olishadi. Odatda bu fon yashil, ko‘k, qizil bo‘ladi. Asosiysi, aktyorning yuzi, sochi, kiyimlari fon rangi bilan bir hil bo‘lmasligi lozim. Keyin, tasvirga olingan materialdagi rangli fonni miksher1 yoki kompyuter montaj dasturlari yordamida olib tashlanadi va uning o‘rniga istalgan turdagi fon tasvirlarini qo‘yish mumkin bo‘ladi. TVda bu usuldan jonli efirlarda ham foydalaniladi.

Maketlar – narsalarning kichraytib yasalgan modeli, namunasi, nusxasi. Ulardan tasvirga olish jarayoni harajatlarini kamaytirish uchun foydalaniladi. Misol uchun, “2001: Samoviy odisseya” filmidagi “Orion” fazo kemasining uzunligi 1 metr edi. Bundan tashqari maket usulidan King-Kong kabi film qahramonlarini yaratishda ham foydalaniladi.

Osma maket. Xajm jixatdan juda katta bo‘lgan binolar, inshootlar dekoratsiyalarini qurish lozim bo‘lganda foydalaniladi. Bu usul katta mablag‘larni tejashga yordam beradi. Tasvirga olinadigan inshootning quyi qavatlari yoki pastgi qismlari quriladi va kameraning oldiga shu inshootning yuqori qismlarini ifodalovchi maket osib qo‘yiladi. Haqiqiy inshoot va uning yuqori qismining osma maketi perspektiv moslashtirish usulida birlashtiriladi. Buning natijasida maket huddi inshootning yuqori qismidek qabul qilinadi.

Virtual borliq2 (virtualnaya realnost) – kompyuter vositalari yordamida yaratilgan, unga kirish mumkin bo‘lgan, uni ichidan o‘zgartirish ya’ni unga ichki tomondan ta’sir o‘tkazish, o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, undagi transformatsiyalarni real hayotdagidek kuzatish mumkin bo‘lgan va mutlaq tabiiydek xis va sezgilarni tuyish mumkin bo‘lgan sun’iy makon. “Virtuallik” atamasi klassik mexanikada XVII asrda ilk bor matematik eksperimentning muayyan bir maqsadda amalga oshiriladigan, lekin ob’ektiv reallikka nisbatan cheklangan, xususan, miqdoriy va tashqi muhit bilan munosabatlardagi chegaralashlarni bildiradigan atama sifatida paydo bo‘lgan. “Virtual olam” tushunchasi o‘zida ikkita asosiy ma’noni aks ettiradi – faraz qilingan (xayoliy), tuyuladigan (zoxiriy), bo‘lishi mumkinlik va haqiqiylik. So‘nggi yillardagi texnologik yutuqlar virtual olamga o‘zgacha nazar bilan qarashga va uning klassik mazmun-mohiyatiga sezilarli tuzatishlar kiritishga majbur qildi.
Morfing – bu bosqichma-bosqich va uzluksiz deformatsiyalanish natijasida bir ob’ektning boshqa ob’ektga aylanishi usuli. Oxista kechadigan transformatsiyalar natijasida ko‘rinish (forma) o‘z klassik xususiyatlarini yo‘qotib, oquvchanlik, plazmasimonlik kasb etadi.

Download 241.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling