Osiyo xalqaro universiteti


Download 241.86 Kb.
bet5/7
Sana11.03.2023
Hajmi241.86 Kb.
#1258616
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kompyuter grafikasida kameralar

Kompouzing – maxsus va murakkab tasvirga olish ishlari o‘rnini bosa oladigan, tasvirdan tasvirga o‘tishda “choksizlik”, uzluksizlik illyuziyasini yaratish; xarakatni “muzlatib qo‘yish”; ikki o‘lchamli ob’ektni uch o‘lchamga o‘tkazish; namoyish etib bo‘lingan kadrning izini ekranda qoldirish, soyalarni yaratish va ularni xarakatlantirish va xokazolarning imkonini beradigan effektlar majmui.
Animatronika (animatroniks). – xarakatlanuvchi qo‘g‘irchoqlar, mulyajlar va boshqa xarakatlanuvchi texnik vositalar. Ulardan biror bir ob’ektni kadrma-kadr tasvirga olishning imkoni bo‘lmagan paytda foydalaniladi. Buning uchun ob’ektning murakkab maketi yasaladi. Robot-animatronik — barcha turdagi harakatlarni (mimikani ham) amalga oshirishga dasturlashtirilgan model. Modelni harakatga keltiradigan skelet va servomotorlar3 sun’iy teri ostida joylashgan bo‘ladi.

Pirotexnika – barcha turdagi portlashlar, tutunlar, yong‘inlar, mushaklar va boshqa portlovchi va yonuvchi moddalar bilan bog‘liq effektlarni o‘z ichiga oladi. Tasvirga olish maydonchasida mutahassislarning qattiq nazorati ostida amalga oshiriladi.

Maxsus grim. Aktyorlarning ko‘rinishini turli mahluqlarga (oborotenlarga, vampirlarga va xokazo) aylantirish uchun, shu bilan birga, aktyor yuzidagi, tanasidagi turli hildagi yaralarni, kuyish belgilarini va shunga o‘xshash boshqa holatlarni ko‘rsatib berish uchun qo‘llaniladi.

Bullet timeKadrda aktyor, yoki biror bir jismning havoda muallaq qotib qolishi. Mazkur maxsus effekt “Matritsa” filmini tasvirga olish jarayonida o‘ylab topilgan. Bunda, tomoshabin shunchaki stop-kadrni yoki sekinlashtirilgan tasvirni ko‘rmaydi. U kameraning havoda muallaq qotib qolgan aktyor atrofida aylana bo‘ylab harakatlanib tasvirga olishini (proezd) ham kuzatadi. Bu effektga kompyuter va mexanik qurilmalarning o‘zaro birga qo‘llanilishi natijasida erishiladi. Tasvirga olish maydoniga aylanasiga 120 ta kinokameralar o‘rnashtiradi va ular birvarakayiga tasvirga olishni boshlaydi. Keyin har bir kameradagi kinotasmadan navbatma-navbat bittadan kadrik (kadr) tanlab olinib ketma ket ulab chiqiladi. Tanlab olingan kadrlarning hammasi aynan bir vaqtda tasvirga olingan bo‘ladi va faqat tasvirga olish nuqtasi bilangina o‘zaro farq qiladi. Kadrlarni kompyuter orqali taxlab chiqiladi va xuddi aktyorning havoda muallaq qotib turgan tanasi atrofida kamera aylanib yurib tasvirga olgandek effektni yaratiladi.


Download 241.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling