Osiyo xalqaro unversiteti
Tarkibida lipid tutuvchi o'simliklar
Download 82.87 Kb.
|
o\'simlik lipid modda .mustaqil ish
2.Tarkibida lipid tutuvchi o'simliklar.
Kungaboqar moyi - kungaboqar magʻzidan olinadigan moy. Kungaboqar moyi och sariq tusli. Presslab yoki ekstraksiyalab olinadi. Zichligi 925–927 kg/m3 (20° da), yod soni 119—136, gidroksil soni 2—10,6. Qotish harorati —16—19°. Kungaboqar moyi tarkibidagi yogʻ kislotalari miqdori (%): stearin 1,6—4,6, palmittin 3,5—6,4, miristin 0,1, olein — 24—40, linol 46—62, linolen 1 gacha. Yogʻ kislotalarining oʻrtacha mol. m. 275— 286. Fosfatidlar, tokoferollar va mum miqdori moy olish va ishlov berish usuliga bogʻliq. Kungaboqar moyi xalq xoʻjaligi ahamiyatga ega boʻlgan eng muhim oʻsimlik moylaridan biri. Inson uchun foydali, yaxshi hazm boʻladigan oziq-ovqat mahsuloti. Asosan, ovqatga dogʻlanmasdan ishlatiladi, salatlarga solinadi, undan margarin va oziq-ovqat yogʻlari ishlab chiqariladi. Kunjara va shroti chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi. Kungaboqar – murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik, asosiy moyli ekinlardan biri. Vatani-Shimoliy Amerika. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi rivojlangan, poyasi tik o‘sadi, dag‘al, yuqori qismi shoxlanadi, bo‘yi 4 m ga boradi. Bargi oddiy, yirik, ketma-ket joylashgan, dag‘al tuklar bilan qoplangan. To‘pguli savatcha (diam. 35-40 sm). Chetdan changlanadi. Mevasi — lista, 4 qirrali, rangi oq, kulrang, 1000 ta urug‘i vazni 100-150 g. Kungaboqar urug‘i 4–6°Cda 10–15 kunda unib chiqadi. Maysasi – 6°C sovuqqa bardoshli (qisqa qorasovuqlarga chidaydi). Issiqlikka talabchan, yorug‘sevar, qisqa kunli, qurg‘oqchilikka chidamli, namsevar o‘simlik. Soya joyda yaxshi rivojlanmaydi. O‘suv davri 80-140 kun.Kungaboqar erta bahorda tuproq harorati 8-12°Cga yetganda va takroriy ekin sifatida kuzgi bug‘doy va arpadan keyin ekiladi. Ekishdan oldin yer tekislanadi. Yer haydashdan oldin go‘ng (20 t/ga), azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar solinadi. Ekishda makkajo‘xori ekiladigan seyalkalardan foydalaniladi. O‘suv davrida qator orasi 2–3 marta kultivatsiya qilinadi, 5–6 marta su-g‘oriladi. Gullash davrida ekinzorda asalari uyalari qo‘yilsa kungaboqar gullari yaxshi changlanadi. Gullash davrida ko‘p suv talab qiladi. Sug‘orish meʼyori 600-800 m3/ga. Kungaboqarning yetilganligini savatining sariq-jigarrangga kirganligiga qarab aniqlash mumkin. Hosil don kombaynlarida maxsus moslama bilan o‘rib olinadi.Hozirgi kunda O‘zbekistonda kungaboqarning 50 navi yetishtiriladi Paxta moyi — chigitni presslab yoki erituvchilar bilan ekstraksiyalab olinadigan moy. Toza Paxta moyi koʻpgina organik erituvchilarda eriydi, och sariq shaffof suyuqlik, yarim quriydigan moylar guruhiga kiradi. Paxta moyi trigli-seridlari tarkibiga, asosan, toʻyinmagan yogʻ kislotalar: linol (41,7— 53,69%), olein (23,0—35,2%), toʻyingan kislotalar: palmitin (19,6— 23,4%) araxin (0,1—0,7%), stearin (1,9—2,7%), miristin (0,3—2,0%) kiradi. Paxta moyining zichligi 905–930 kg/m3, nur sindirish koeffitsiyenti 1,472— 1,477, yod soni 102—111, sovunlanish soni 191 — 199. Paxta moyi tabiiy hamda gidrogenlangan holda margarin, isteʼmol qilinadigan yogʻlar, sovun, alif moy va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Kanakunjut – sutlamadoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik, asosan, moy olish uchun ekiladigan ekin. Vatani – Shimoliy-Sharqiy Afrika. Kanakunjutning poyasi o‘tsimon, ichi kovak, tik o‘sadi. Rangli barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25-60 sm), bo‘laklarga bo‘lingan. Guli mayda, yashil, gulto‘plami shingil, shakli ponasimon, 5 ta gultojibargdan iborat.Mevasi – uch uyali ko‘sakcha. Ayrim poyalarda ko‘sakchalar yetilganda chatnaydi. Urug‘i – tuxumsimon, yirik, 1000 ta urug‘i vazni 150-500 g, tarkibida 40-57% moy mavjud.Kanakunjut issiqsevar, yorug‘sevar, namsevar o‘simlik, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. O‘sish davri 120-150 kun. Moyi qurimaydigan (yod soni 82-86) guruhiga kiradi.Hozirgi kunda O‘zbekistonda kanakunjutning 1 navi yetishtiriladi. Yer yong‘oq – dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik o‘simlik, moyli ekin. Vatani Janubiy Amerika (Braziliya). Yer yeng‘oqning ildizi o‘qildiz, tuproqqa chuqur kirib boradi, azot to‘plovchi tuganaklar hosil qiladi. Poyasi o‘tsimon, balandligi 50-60 sm, shoxlangan, tik, yon shoxlari yer bag‘irlab o‘sadi. Har bir barg qo‘ltig‘ida gulto‘plam (shingil) joylashgan. Gullari ikki jinsli, rangi sariq, zarg‘aldoq. Yer tagidagi gullari ochilmaydi, o‘zidan changlanadi. Yer ustidagi gullari esa chetdan changlanadi. Guli changlangandan keyin tugunchasi avval tik, so‘ng pastga qarab o‘sadi, 8-10 sm chuqurlikda tuproqqa kirib boradi va meva (dukkak) tugadi. Dukkagida 2-4 tagacha urug‘i bo‘ladi. 1000 ta dona urug‘ining vazni 200-1500 g (o‘rtacha 400-500 g.) Dukkagi chatnamaydi. Bir tupda 700 gacha dukkagi bo‘ladi.Yer yong‘oq – issiqsevar, namsevar, yorug‘sevar va qisqa kun o‘simligi. Qumoq va unumli tuproqlarga talabchan, sho‘rlangan va botqoqlangan yerlarda yaxshi o‘smaydi. Urug‘i 12-15° da unib chiqadi, maysasi -1° sovuqda nobud bo‘ladi. O‘suv davri 150-170 kun. O‘zbekistonda yer yong‘oq sug‘oriladigan yerlarga ekiladi, hosildorligi 20-40 s/ga. Mevasi tarkibida 48-66% yog‘, 23-38% oqsil va 22% gacha uglevodlar bor. Urug‘i va yog‘i qandolatchilikda ishlatiladi. Yog‘i qurimaydigan yog‘larga kiradi, sifati jihatidan zaytun yog‘iga tenglashadi. Poyasi, bargi chorva va hayvonlari uchun yaxshi oziqa. Yer yong‘oq tuproqda biologik azot to‘plab, tuproq unumdorligini oshiradi. 2-3 marta haydalib boronalangan maydonlarga bahorda (aprel oxirida) tuproq harorati 14-15° ga ko‘tarilganda ekiladi. Fosforli va azotli o‘g‘itlarga talabchan. Gektariga 70-100 kg urug‘lik sarflanadi. O‘sish davrida 4-6 marotaba sug‘oriladi. Qator oralariga ishlov beriladi, o‘suv davrida 2-3 marta chopiq qilinadi, ildiz bo‘g‘zi tuproq bilan ko‘milsa, hosildorlik ancha oshadi.Hozirgi kunda O‘zbekistonda yer yong‘oqning 4 navi yetishtiriladi. Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan yer yong‘oq mahsuloti Avstriya,Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus Respublikasi, Gruziya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Latviya, Mongoliya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Tukmaniston va Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Maxsar.Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Maxsar qimmatli moyli o‘simlik hisoblanib, urug‘ida 17-37% yog‘ bo‘ladi. Sifati bo‘yicha kungaboqarga o‘xshaydi. Oziq-ovqat va texnik maqsadlar uchun ishlatiladi. Maxsarning yog‘i lak, bo‘yoq, olif ishlab chiqarish sanoatida ko‘plab ishlatiladi. Maxsarning kunjarasi chorva-mollari uchun yem-xashak hisoblanadi, ammo po‘chog‘i va mag‘zining po‘sti ajratilib tashlanishi kerak, aks holda kunjarasi achchiq bo‘ladi. Maxsar pichanini tuyalar va mayda mollar xush ko‘rib iste’mol qiladilar.Maxsarning vatani Afg‘oniston. Hindistonda, Birlashgan Arab amirligida, Eron Markaziy va Janubiy Amerikada qadimdan ekib kelinadi. O‘zbekistonda, Qozog‘istonda, Tojigistonda bahorikor yerlarda ekiladi. O‘rtacha hosildorligi gektariga 3-4 ts, 45-60 ts. ko‘kat yoki 15-23 ts. pichan olinadi.Botanik xususiyatlari. Maxsar murakkabguldoshlar-Asteraceae oilasiga, Carthamus tinctorius D. avlodi va turiga mansubdir. Bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Ildizi o‘q ildiz, yaxshi rivojlangan, uzunligi 1,5-2 m ga yetadi. Poyasi tik o‘sadi, dag‘al, oq rangda, sershox, tuksiz, balandligi 40-100 sm bo‘ladi. Poyasi pastdan yoki yarmidan boshlab shoxlaydi. Bargi bandsiz, tuksiz, cho‘zinchoq, ponasimon, cheti tishchali yoki tekis, tikanli yoki tikansiz bo‘ladi. Barglar yuqoriga borib maydalashib borib, to‘pgulning tashqi barg o‘ramasiga aylanadi. Gulto‘plami-savatcha, diametri 2-3 sm. Bitta o‘simlikda 10 dan 40-50 gacha savatcha hosil bo‘ladi. Savatchasi ko‘p gulli. O‘rtacha bitta savatchada 30-70 ta gul bo‘ladi. Guli ikki jinsli, naysimon, beshta gultojibargdan iborat bo‘lib, sariq, zarg‘aldoq, qizil ranglarda bo‘ladi. Chetdan changlanadi, hasharotlar orqali changlanadi. Mevasi-urug‘, kungaboqarning urug‘iga o‘xshaydi. 1000 ta urug‘ining og‘irligi 25-50 g.Biologik xususiyatlari. Issiqsevar o‘simlik, ayniqsa gullash va yetilish fazasida issiqlikni ko‘p talab qiladi. Turli tuproqlarda o‘sadi, hatto sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sadi. Lekin uning uchun eng yaxshi tuproq qoratuproq va boshqa unumdor tuproqlardir. Maxsarning urug‘i 3-50 C unib chiqadi, maysasi 3-50 C sovuqqa chidaydi, optimal harorat 22-250 C hisoblanadi. Maxsarning o‘suv davri 90-150 kundan iborat. Lalmi yerlarda Milutinskiy-114 navi ekilmoqda. Download 82.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling