Osiyo xalqaro
II BOB COVID-19 KELTIRIB CHIQARGAN IQTISODIY INQIROZ UNGA QARSHI CHORA TADBIRLAR
Download 0.53 Mb.
|
Doniyorov Ilhom IQN kurs ishi
II BOB COVID-19 KELTIRIB CHIQARGAN IQTISODIY INQIROZ UNGA QARSHI CHORA TADBIRLAR
2.1 Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik 2020 yilda pandemiya sabab iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Bu haqda iqtisodiyot fanlari doktori o‘z fikrlarini bildirdi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshib, YaIMga nisbatan 170 foizni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi 2020 yilda qarz inqirozidan o‘zgacha tusga ega bo‘lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini kuzatishga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning to‘xtalishi bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng asosiy vazifasi minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo‘lishi lozim. 2020 yil fevralidan boshlab ayrim Xitoy kompaniyalari “Koronavirus obligatsiyalari”ni emissiya qilishni boshlashdi. Shenzhen Airlines aviakompaniyasi 600 mln. yuan miqdoridagi obligatsiyalarni muomalaga chiqardi. Jalb etilgan mablag‘lar asosan bekor qilingan parvozlar uchun biletlarning qiymatini yo‘lovchilarga qaytarib berish va oziq-ovqatlarni transportirovka qilish uchun moliyalashtirish tadbirlariga yo‘naltirilishini ma’lum qilindi. Shunga o‘xshash holatlarni tahlil etsak, fevral oyidan buyon 25 ta Xitoy kompaniyasi 24 mlrd. yuan (3,4 mlrd. AQSh dollari) miqdorida korporativ obligatsiyalar hisobidan qarz mablag‘larini jalb etdi. Jahon bozorida esa, yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutalari vositasida o‘zaro iqtisodiy musobaqalar boshlanib ketdi. Ba’zi ekspertlarning xulosalari AQSh dollarining xalqaro valyuta bozoridagi o‘rni yuanning qadri oshishi ortidan xavf ostida qolishini aks ettirmoqda. Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda. Masalan, 2020 yil Rossiya moliya vazirligi “Milliy barqarorlik fondi”ning kapitali tarkibiga yuanni ham joylashtirishni boshlashini e’lon qildi. Hozir kunda ushbu fondning asosiy qismini AQSh dollari va yevro tashkil etadi. 2020 yil 1 mart holatiga YaIMning 7,3 foizini tashkil qiladigan fond valyuta tarkibini yanada diversifikatsiya qilish sanksiyalar va geosiyosiy vaziyatda iqtisodiyotni inqirozli holatlardan himoya qilishda muhim chora bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, yuanning ulushini 15-20 foiz, dollarning ulushini esa 20-25 foiz atrofida bo‘lishiga erishish nazarda tutilmoqda. Bu kabi salbiy oqibatlarni iqtisodiyotimiz tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi ayni muhim tadbir bo‘ldi. Ushbu hujjatga ko‘ra, makroiqtisodiy muvozonatni barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Natijada, belgilangan yo‘nalishlarda vazifalarni amalga oshirish quyidagi makroiqtisodiy muvozonat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Inqirozga qarshi jamg‘armaning tuzilishi pandemiya oqibatlarini aniq moliyalashtirish manbasini belgilab berdi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling