O’smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 66 Kb.
bet3/5
Sana16.04.2023
Hajmi66 Kb.
#1360259
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-maruza Osmirlar

I R O D A


O`smirning o`tish davri, yoshi irodaning o`sish davri bo`lib sanaladi. Bizga ma`lumki iroda, ma`lum belgilarga, maqsadga erishishdagi qiyinchiliklarni enga bilishda namoyon bo`ladi.
O`smirning oldida juda ko`p vazifalar turadi. Bunda o`smir qiyinchiliklarni engishga tayyor bo`lsagina ana shu vazifalarni to`la to`kis his qila oladi. Shuning uchun o`smirlarda irodani tarkib toptirishda shunday rahbarlik qilish kerakki, o`smir xar qanday maqsadga erishish mumkinligi to`g`risidagi ishonchni yo`qotmasligi kerak.O`smir o`z oldiga o`zining kuchi etadigan vazifalarni muvoffaqiyatli bajarganligini hamma vaqt qo`llab turish kerak. Irodani tarbiyalashda o`z-o`zini tarbiyalash katta rol o`ynaydi, unga extiyoj o`smirlik yoshida paydo bo`ladi. O`smirlar o`z oldiga ma`lum talablarni qo`yish mumkin. Ular o`zlariga tanqidiy ko`z bilan qarashga, o`zlari ideal deb hisoblagan hislatlarini tarbiyalashga intiladilar.
Biroq bu hislatlar o`spirinlik davrida bundan ham yaqqolroq namoyon bo`ladi. O`smirlarda extiyoj va qiziqishlar o`smirlik yoshining o`rtalarida paydo bo`ladi. Kattalarga taqlid qilish extiyojining yo`nalishi oila va maktabdagi tarbiya sharoiti bilan aniqlanadi. Katta bo`lishga intilish bilan bir qatorda. O`smirlar tevarak-atrofidagi kishilar, birinchi galda ota-onalari, O`qituvchilari bilan bo`ladigan munosabatlarni o`zgartirishga oid kuchli extiyojlarni boshdan kechiradilar. O`smir o`zining jinsiy va aqliy imkoniyatlarini anglay boshlaganda, unda katta kishilar bilan bo`ladigan munosabatni o`zgartirish extiyojlari vujudga keladi. O`smirda yangi xarakter hislati – mutsaqillik vujudga keladi.O`smirlarning mutsaqillikka intilishlariga befarq qarash aslomumkin emas.
Mutsaqillikning o`sishiga o`qish jarayoni juda katta yordam beradi. Irodaviy xarakter xislatlariga sabot, matonat, o`zini yo`kotmaslik, o`zini to`ta bilishlik kiradi. O`smirning o`zini yo`qotib qo`yishiga olib keluvchi xollarga yo`l qo`ymaslik kerak. Bunday xollarning takrorlanishi o`smirda salbiy odatlar paydo bo`lishiga olib keladi.

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling