O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Download 0.7 Mb.
bet23/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

17. Og’zaki ogohlantirish. Qarindoshingiz yoki tanishingiz o’z joniga qasd qilmoqchi bo’lsa hamda agarda quyidagi iborani aytsa:
- “Men o’zimni o’ldirmoqchiman”.
-“Jonga tegdi. Bunga qancha chidash mumkin?! Hiqildog’imga keldi!”
-“O’lim afzal”.
-“Shuncha yashadim, etadi”.
-“Hammani yomon ko’raman, tamom!”
-“Yashashni istamayman!”
-“Yagona yo’l o’lish!”
-“Boshqa chidolmayman!”
-“Meni boshqa ko’rmaysan!”
-“Agar biz boshqa ko’rishmasak, hammasi uchun rahmat!”
-“O’yindan chiqaman, jonga tegdi!”
18. Avvaldan faol tayyorgarlik: zaharlovchi modda va dorilar, jangovar patronlar yig’ish, tobut rasmini chizish, suitsid haqida engil o’limdek gapirish, qabristonga borish va u haqida hikoya qilish, narigi dunyo haqida gaplashish va boshqalar.


3.2. Ijtimoiy-psixologik diagnostikani amalga oshiruvchi mutaxassislar uchun odob-axloq qoidalari va tavsiyalar
Mutaxassisning odob-axloq qoidalari deganda ijtimoiy-psixologik diagnostikani amalga oshirishda umuminsoniy odob-axloq va psixologik-ma’naviy qadriyatlarga tayanish lozim.
Psixodiagnostik faoliyatni amalga oshirishda ma’lum qoida va tartiblarga amal qilish zarur. Odob-axloq qoidalariga rioya qilish muhitda bolaning xavfsizligini vujudga keltirishga yordam beradi. Psixodiagnostika tekshiruvida psixodiagnostik ishining asosiy qoidasi – “Zararing tegmasin!” ga bo’ysunadi. Mutaxassis (keyinchalik psixolog) ijtimoiy-psixologik ko’rikdan o’tkazadi, natijalar o’smirni keyinchalik, korrektsiya, reabilitatsiya yoki profilaktika ishlarida foydalaniladi.
1. Hurmatlash tamoyili
Psixolog O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi va inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan va kafolatlangan shaxsning qadr-qimmati, huquqi va erkini hurmat qilishi kerak.
Hurmatlash tamoyiliga quyidagilar kiradi:
1.1.Shaxsning qadr-qimmati, huquqi va erki
-psixolog yoshi, jinsi, jinsiy farqlar, millati, biror madaniyatga mansubligi, etnos va irq, mazhabi, tili, ijtimoiy-iqtisodiy statusi, jismoniy imkoniyatlari va boshqa asoslaridan qat’iy nazar, odamlarga teng hurmatda bo’lishi lozim;
-psixologning beg’arazligi mijozga oldindan yanglish munosabatda bo’lishga yo’l qo’ymaydi. Psixologning mijozga nisbatan hamma harakatlari ilmiy uslubda olingan ma’lumotlar asosida bo’lishi kerak. Psixologning mijoz bilan muloqotidan so’ng sub’ektiv taassurot paydo bo’lsa, mijozning ijtimoiy ahvoli psixologning harakatlari va xulosasiga ta’sir o’tkazmasligi zarur;
-psixolog har qanday asosda ham mijozni tahqirlashga olib keladigan faoliyatdan qochadi;
-psixolog o’z ishini shunday tashkil qilishi kerakki, bunda jarayon ham, natija ham mijoz va u bilan aloqador shaxslarning sog’lig’iga va ijtimoiy ahvoliga zarar keltirmasligi kerak.
1.2.Maxfiylik
-psixolog mijoz bilan ishonchli munosabat asosida ishlashi jarayonida olingan ma’lumotlarni shartlashilgan kelishuvlarsiz qasddan yoki tasodifan ovoza qilishi mumkin emas;
-tekshiruvlarning natijalari shunday ifodalanishi kerakki, ular mijozni ham, psixologni ham obro’sini to’kmasin;
-psixolog o’z ishining aniq hodisalarini namoyish qila turib, mijozining qadr-qimmatini va xotirjamligini himoyalanishini ta’minlashi zarur;
-psixolog professional vazifalari doirasidan chiqib, mijoz haqidagi ma’lumotlarni qidirmasligi zarur;
-mijoz uchinchi shaxsning ishtirokisiz psixologdan maslahat olishi va u bilan ishlash huquqiga ega.
-tekshiruvlar natijasida olingan ma’lumotlar saqlanishini nazorat qilinmasa, bu mijoz va psixologga zarar keltiradi. Tekshiruvlar natijasida olingan ma’lumotlarga munosabatda bo’lish va saqlash tartibi qat’iy olib borilishi zarur.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling