O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017
Download 0.7 Mb.
|
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halollik tamoyiliga quyidagilar kiradi: 4.1. Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlarning chegarasini anglash
- 4.2.To’g’rilik va oshkoralik
- 4-bOB. bolalar va o’smirlardagi suitsidal xulq-atvorIni profilaktika qilish ishlari 4.1.Profilaktika ishlarining asosiy tamoyillari
s)Axloqiy xulosa
–psixolog axloqiy muammolar qo’zg’alishi ehtimolini anglashi zarur va muammoni hal qilishda shaxsan javobgardir; – psixolog bu savollar bo’yicha o’z hamkasblari va boshqa muhim shaxslar bilan maslahatlashadi. 4.Halollik tamoyili -psixolog o’z faoliyatida halol, haqqoniy bo’lishi va o’z hamkasblarini hurmat qilishi zarur. Psixolog o’z kasbiy vazifalarini aniq bajarishi lozim. Halollik tamoyiliga quyidagilar kiradi: 4.1. Shaxsiy va kasbiy imkoniyatlarning chegarasini anglash Psixolog o’zi va o’z kasbiy imkoniyatlari chegarasini anglashi shart. Bu turli soha mutaxassislari o’rtasida muloqot olib borishga sharoit yaratadi. 4.2.To’g’rilik va oshkoralik – psixolog taqdim etgan ma’lumotlariga javobgar va tadqiqot hamda amaliy ishda yanglishmasligi lozim; – psixolog tadqiqot natijalarini psixologiya fanida qabul qilingan atama va tushunchalar, tadqiqotning ilk taqdim etilgan materiallarini o’z mulohazalari bilan tasdiqlashi, ularning matematik-statistik jihatdan qayta ishlanishi va malakali hamkasblarining ijobiy xulosalari bilan tuzadi. Har qanday psixologik vazifalarni echish uchun tadqiqot olib boriladi hamda doimo qo’yilgan vazifalar bo’yicha adabiyotlarda keltirilgan taxminiy ma’lumotlar tahliliga tayaniladi. –mabodo yanglish ma’lumotlar qo’zg’alsa, psixolog bu haqda qatnashchilarni xabardor qilishi va yangidan ishonch me’yorini belgilashi lozim. 4-bOB. bolalar va o’smirlardagi suitsidal xulq-atvorIni profilaktika qilish ishlari 4.1.Profilaktika ishlarining asosiy tamoyillari Mikroijtimoiy (ijtimoiy-psixologik) sabablar birikuvi va o’smirning shaxsiy individual-psixologik xususiyatlari qiyin sharoitlarda yuzaga kelgan suitsidal usullarning amalga oshishi, ayniqsa, xavfli guruhdagi bolalar bilan individual ishlarida taxmin qilinadi. O’smirda takroran suitsidal urinish va o’z joniga qasd qilish istagidan ogohlantirish – bu xavfli guruhdagi bolalar bilan psixologik-pedagogik jihatdan yaxshilash ishlarini amalga oshirish mutaxassislarning vazifasi hisoblanadi. Profilaktika ishlarini yuqori darajada samaradorligini oshirish uchun bir qator tamoyillarni hisobga olish tavsiya etiladi: – psixologik-pedagogik axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, ijtimoiy-psixologik-pedagogik madaniyat har bir tarbiyachi, o’qituvchi, psixolog, ijtimoiy pedagog va boshqalarning kundalik ishiga qo’yiladigan talablar; – o’smir suitsidi doirasida yoshga oid psixologiyadan kam bilimga ega bo’lish, shuningdek, individual psixokorrektsion ishlarda davolovchi pedagogika va psixoterapiyaga muvofiq usul; –xavf guruhidagi bolalar miqdorining ijtimoiy-psixodiagnostik muolajalar va tadqiqotlar asosida dastlab namoyon bo’lishi, shuningdek, uning tavsifnomasini bilish, o’z vaqtida psixologik-pedagogik yaxshilash ishlarini nazorat qilish; – oilaviy faol patronaj – bunda xavf guruhidagi bolalar yashayotgan oilalarga oilaviy psixoterapiya qabul qilishi, ota-onalarga maslahat va bolalarga psixologik-pedagogik yordamlar ko’rsatish; – bolalar jamoasida suitsidal voqealar omillarini oshkor qilmaslik; –o’z joniga qasd qilish xavfini yuqori darajadagi suitsidal xavf sifatida ko’rib chiqish; – ota-onalar va tartibni saqlash muassasalari xodimlarining dori vositalarini saqlash, shuningdek, suitsidogen psixologik omillarga diqqatini kuchaytirish; – zarur bo’lganda o’smir psixolog, psixoterapevt, psixiatrdan kerakli maslahatlarni olishi; – o’smirda “inson hayoti qadri”, “yashashdan maqsad”, shuningdek, hayotiy qiyin vaziyatlarda individual psixologik himoyani qabul qilishni shakllantirish; – o’smirning psixik zarbalarga chidamliligini oshirish, qiyin vaziyatlar va hozirgi zamon voqeliklariga psixologik jihatdan tayyorlash, hayotiy qiyinchiliklarni barataraf etishni shakllantirish; –oilaga va o’smirga ogohlantirish yoki harakat omillarini susaytirish maqsadida psixologik yordam berish; Yuqorida ta’kidlab o’tilgan jihatlarni amalga oshirish uchun: –o’qituvchilar, tarbiyachilar, ijtimoiy pedagoglar, psixologlar va ota-onalarning psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish; – muassasalarda yoshga oid psixologiya, inqiroz psixologiyasi va psixoterapiya bilimlariga ega psixologlar sonini ko’paytirish; –maktabdan tashqari psixologik yordamning turli shakllarini tashkil qilish, o’z tizimiga psixiatr, psixoterapevt, yurist va boshqa mutaxassislar, inqiroz holatida anonim psixologik yordam uchun “ishonch telefoni” va boshqalarni o’z ichiga olgan hududiy psixologik maslahatlar. O’smirlar va bolalarda suitsid profilaktikasi tizimini tashkil qilish uchun asosiy tamoyillarga rioya qilish zarur – mutaxassislarning majmuaviy o’zaro aloqalari tamoyili. Bu turli mutaxassislarning o’zaro aloqasi, ayniqsa, o’qituvchilar, tarbiyachilar, psixologlar, ijtimoiy, tibbiy xizmatchilar, voyaga etmaganlar bilan ishlash komissiyasi, ota-onalar profilaktikasi va o’smirlar o’rtasida takroriy suitsidni to’xtatish ishlarida samarali yordam beradi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling