3.Iqirozli vaziyat bo’limi ko’p profilli kasalxonalarda va suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaktsiyalarda statsionar davolash-diagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaktsiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi masalalarini echish uchun mo’ljallangan.
Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
-suitsidal moyillik aks etgan situatsion reaktsiyalarda statsionar davolash-diagnostik yordam, psixogen va nevrotik depressiya, psixopatik reaktsiyalar va psixopatiya dekompensatsiyasi;
-aholiga psixoterapevtik, tibbiy-psixologik va ijtimoiy yordamni tashkil qilish;
-og’ir klinik holatlarda differentsial-diagnostik choralar ko’rish;
-bemorlar uchun psixoterapevtik bo’lim tashkil qilish.
Suitsidal xulq-atvor profilaktikasi tuzilishi
Birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali profilaktika qilishni bir-biridan farqlash lozim. Dastlabki bo’g’in jamiyatga yo’naltirilgan bo’lib, suitsidal xavf omillarini profilaktika qilish maqsadini o’z ichiga oladi. Ikkinchi bo’g’in bevosita suitsidentga yordamni o’z ichiga oladi. Uchinchi profilaktika – bu suitsidentning tanqidiy holatdan chiqqandan keyingi reabilitatsiyasi, shuningdek, suitsidentning suitsidal xavf guruhidagi yaqinlari va qarindoshlariga yordam hisoblanadi.
2-jadval
SUITSIDAL XULQ-ATVOR PROFILAKTIKASI TUZILISHI
Birinchi profilaktika
|
Ikkinchi profilaktika
|
Uchinchi profilaktika
|
Maqsad – jamiyatda suitsidal moyillik rivojlanishidan ogohlantirish
|
Maqsad – suitsidal harakatlarning to’xtatilishi, yuqori darajadagi inqirozdan chiqarish
|
Maqsad – yaqinlarini yo’qotgach, suitsidga qo’l urgan odamlarning reabilitatsiyasi
|
Sub’ekt – ijtimoiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari
|
Sub’ekt – sog’liqni saqlash muassasasi tizimi
|
Sub’ekt– sog’liqni saqlash muassasasi tizimi va ijtimoiy xizmat ko’rsatish
|
Ob’ekt – hudud aholisi, yuqori suitsidal xavf guruhi
|
Ob’ekt – yuqori darajada vahima va depressiyaga uchragan suitsidentlar
|
Ob’ekt – suitsidentning atrofidagi yaqinlari, oila a’zolari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |