O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Download 0.7 Mb.
bet54/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

So’rovnoma matni



Ta’kidlar

Ko’rsatkichlar

1

Men tez-tez o’z kuchimga ishonmayman

2

1

0

2

Ko’pincha, hal bo’ladigan narsa, mushkuldek tuyuladi

2

1

0

3

Men ko’pincha oxirgi so’zimni aytib qolaman

2

1

0

4

O’z odatlarimni o’zgartirishim qiyin

2

1

0

5

Men tez-tez arzimagan narsalar uchun ham uyalib qolaman

2

1

0

6

Noxushliklar meni juda xafa qiladi va ruhan tushaman

2

1

0

7

Ko’pincha, suhbatda suhbatdoshimning gapini bo’laman

2

1

0

8

Bir ishdan ikkinchisiga qiyinchilik bilan o’taman

2

1

0

9

Men kechasi tez-tez uyg’onib ketaman

2

1

0

10

Katta noxushliklarda odatda, o’zimni ayblayman

2

1

0

11

Meni jahlimni chiqarish oson

2

1

0

12

Hayotimdagi o’zgarishlarga judayam ehtiyotkorman

2

1

0

13

Men tez umidsizlikka tushaman

2

1

0

14

Baxtsizlik ham, omadsizlik ham meni hech narsaga o’rgatmadi

2

1

0

15

Men tez-tez boshqalarga tanbeh beraman

2

1

0

16

Bahsda meni ishontirish qiyin

2

1

0

17

Hattoki tasavvur qilingan noxushliklar ham meni xavotirlantiradi

2

1

0

18

Foydasiz, deb o’ylab, tez-tez kurashishdan bosh tortaman

2

1

0

19

Atrofdagilar uchun avtoritet bo’lishni xohlayman

2

1

0

20

Ko’pincha, meni xayolimdan qutulish kerak bo’lgan fikr ketmaydi

2

1

0

21

Hayotimda duch keladigan qiyinchiliklar meni qo’rqitadi

2

1

0

22

Ko’pincha, o’zimni himoyasiz sezaman

2

1

0

23

Hamma ishda ko’proq narsaga erishishni istayman

2

1

0

24

Men odamlar bilan tez chiqishaman

2

1

0

25

O’zimning kamchiliklarimni tez-tez taftish qilaman

2

1

0

26

Ba’zida menda tushkunlik holati bo’ladi

2

1

0

27

Jahlim chiqqanda o’zimni ushlab turishim qiyin

2

1

0

28

Hayotimda kutilmagan o’zgarishlar ro’y bersa, judayam tashvishlanaman

2

1

0

29

Meni ishontirish oson

2

1

0

30

Qiyinchiliklar tug’ilsa, o’zimni yo’qotib qo’yaman

2

1

0

31

Bo’ysunishni emas, rahbarlik qilishni xohlayman

2

1

0

32

Ko’pincha, qaysarlik qilaman

2

1

0

33

Meni salomatligim bezovta qilyapti

2

1

0

34

Qiyin daqiqalarda o’zimni bolalarcha tutaman

2

1

0

35

Mening imo-ishoralarim keskin va qo’pol

2

1

0

36

Men istamaygina tavakkal qilaman

2

1

0

37

Kutish daqiqalarini qiyinchilik bilan o’tkazaman

2

1

0

38

O’z kamchiliklarimni hech qachon tuzata olmayman

2

1

0

39

Men qasoskorman

2

1

0

40

Meni hattoki arzimas rejalarimning buzilishi ham xafa qiladi

2

1

0



Kalit
1.Xavotirlik shkalasi 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29, 33, 37.
2.Frustratsiya shkalasi 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30, 34, 38.
3.Agressiya shkalasi 3, 7, 11, 15, 19, 23, 27, 31, 35, 39.
4.Keskinlik shkalasi 4, 8, 12, 16, 20, 24, 28, 32, 36, 40.
Natijalarni qayta ishlashda javoblar miqdoriga mos kelgan kalit bilan “1” va “2” ballar o’zaro hisoblanadi. Kalit bilan mos kelgan “2” javobiga 2 ball qo’shib yoziladi, “1” javobi uchun 1 ball qo’yib hisoblanadi. Keyin har bir shkala bo’yicha javoblar yig’iladi. Har bir shkala bo’yicha o’rtacha ball – 10 ni tashkil qiladi.


SUTSIDIAL XULQ-ATVORNI OLDINI OLISHNING TARBIYAVIY IMKONIYATLARI


Bolalar va daryo
Daryo bo’ylab ketayotgan yo’lovchi bolalarning nochor ovozlarini eshitib qolibdi. Qirg’oqqa yugurib borib, daryoda cho’kayotgan bolalarni ko’rdi va ularni qutqarishga otlandi. Yaqinlashayotgan odamni ko’rgach, uni ham yordamga chaqirdi. O’zi esa, qo’liga ilinganlarni qutqara boshladi. Uchinchi yo’lovchini ko’rgach, uni ham yordamga chaqira boshlashdi, lekin u e’tibor bermay, qadamini tezlatdi. “Bolalarning hayoti seni qiziqtirmaydimi?”– so’rashdi qutqaruvchilar. Uchinchi yo’lovchi shunday javob berdi. “Qarasam ikkalangiz qutqaryapsiz. Men muyulishgacha yugurib borib, bolalar nimaga daryoga tushib ketayotganini aniqlab, buni to’xtatishga harakat qilaman”.
2-hikoyat
Taqdir qo’lida
Nobunaga ismli buyuk yapon jangchisi raqibiga hujum qilishga qaror qildi. Vaholanki, dushman tomon o’n barobar ko’p edi. U g’alaba qozonishini bilardi, lekin askarlari shubhalanishardi. Yo’lda bir ziyoratgohda to’xtadi va o’z odamlariga shunday dedi:
Ziyoratgohni aylanib chiqqach, tanga tashlayman. Agar burgut chiqsa, biz g’alaba qozonamiz, panjara tushsa, mag’lub bo’lamiz. Taqdir bizning qo’lidamiz.
Nobunaga ziyoratgohga kirdi va ovoz chiqarmay duo qildi. U ziyoratgohdan chiqqach, tanga tashladi. Burgut tushdi. Uning askarlari shiddat bilan jang qildilar va jangda yutib chiqdilar.
Taqdirni hech kim o’zgartira olmaydi, – dedi jangdan so’ng uning xizmatchisi.
Albatta yo’q, –javob berdi Nobunaga va ikki yoqlama burgut surati bo’lgan tangani ko’rsatdi.
3-hikoyat
Hammasi sening qo’lingda
O’tgan zamonda qadimiy bir shaharda atrofida shogirdlari bilan bir usta yashardi. Bir kuni eng qobiliyatli bir shogirdi shunday deb o’yladi: “Bizning ustamiz javob bera olmaydigan shunday bir savol bormikan?”
U yashnab yotgan maysazorga bordi va eng chiroyli kapalakni tutdi hamda kaftining orasiga yashirdi. Kapalak tipirchilar, bundan shogirdning qitig’i kelardi. Kulimsirab ustaning oldiga bordi va undan so’radi:
-ayting-chi, qo’limda qanaqa kapalak: tirikmi yoki o’likmi? U kaftini qattiq yumib turardiki, o’zi haqligini isbotlash uchun istagan lahzasida uni qattiq siqishga tayyor turardi. Usta shogirdining qo’liga qaramasdan javob berdi:
-hammasi sening qo’lingda.


SUTSIDIAL XULQ-ATVORNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TAVSIYALAR
O’smirga yordam berish uchun nima qilish kerak?
1.Suitsidni echishga kalit toping. Suitsidal profilaktika nafaqat g’amxo’rlik va do’stlarning ishtirokidan iborat, balki yaqinlashayotgan xavf belgilarini aniqlash imkonini beradi. Sizning bilimlaringiz va bu ma’lumotlarga ega bo’lishingiz kimnidir hayotini saqlab qoladi. Buni boshqalar bilan bo’lishib, ko’pgina suitsidga sabab bo’lgan uydirma va xatoliklarga putur etkazishga qodir bo’lasiz.
Ehtimoli bor xavf belgilarini qidiring: suitsidal tahdidlar, o’z joniga qasd qilishga urinish, depressiya, inson shaxsidagi xulq-atvorning muhim o’zgarishlari, shuningdek, oxirgi xohish-istakka tayyorgarlik. Umidsizlik va yordamga muhtojlikni payqab, u odam yolg’iz va hammadan ajralganmi yo’qmi aniqlang. Qanchalik ko’p odam ehtiyotkorlik choralarini anglab etsa, shunchalik o’z joniga qasd qilishlar ro’yxati kamayib boradi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling