O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Download 0.7 Mb.
bet56/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

6.Savollar bering. Agar siz unga shamali savol bersangiz, ya’ni: “O’z joningga qasd qilmoqchi emassan, deb umid qilsam bo’ladimi?” u siz eshitmoqchi bo’lgan javobni qaytaradi. “Yo’q” desa, unda suitsidal inqrozni hal qilishga yordam berolmaysiz.
Inqroz vaqtida eng yaxshi usul, bu g’amxo’rlarcha to’g’ri savol berish: “Sen o’z joningga qasd qilmoqchimisan?” Unda boshqacha fikr uyg’onadi, ya’ni nihoyat kimnidir topadi, uning kechinmalari kimgadir befarq emasligi, kimdir bu mavzuni muhokama qilishga roziligini bilgach, engil tortadi, o’z tuyg’ularini tushunib etish imkoniyati tug’iladi.
Xavotirli vaziyat haqida xotirjam va tushunarli qilib so’rash mumkin: “Qachondan beri sen umidsizlikka tushding?”, “Nima deb o’ylaysan, nimaga senda bunday tuyg’ular paydo bo’ldi?”, “Senda o’lish haqida aniq tasavvur bormi?”, “ Agar ilgari ham o’lish haqida o’ylagan bo’lsang, nima seni to’xtatib qolgan?” Suitsidentga fikrlarini to’plab olishga yordam berish uchun ba’zida uning javoblaridan iboralar keltirish mumkin: “Boshqacha so’zlar bilan sening aytishingcha...” Sizning uni tinglashingiz va siz bilan bo’lishishni istagan mavzuda muhokama qilishingiz, qizishib turgan odam uchun engillik tug’diradi, uni muhokama qilayotganingizdan vahimaga tushadi.
7.Noo’rin taskin bermang. Psixologik himoyaning eng muhim mexanizmlaridan biri ratsionalizatsiya hisoblanadi. Mabodo kimdandir suitsidal tahdid haqida eshitsangiz, “Yo’q, aslida sen bunday deb o’ylamaysan”, deyish istagi paydo bo’lishi mumkin. Bunday xulosaga kelishga sizning shaxsiy xavotiringizdan tashqari, hech qanday asos ko’zga tashlanmaydi. Agarda siz qiziqish va rahmdillik ko’rsatmasangiz, depressiyaga tushgan odam “Sen aslida bunday deb o’ylamaysan”, degan mulohazani xo’rlanish va ishonchsizlik, deb baholaydi. Agar mehr va g’amxo’rlik bilan suhbatlashsangiz, unda o’z joniga qasd qilish tahdidi kamayadi. Aks holda, u samimiylik, g’amxo’rlikka muhtoj bo’lib turganda siyqasi chiqqan taskinlar bilan uni suitsidgacha olib borish mumkin. Suitsidal odamlar “Hechqisi yo’q, hammada ham senda mavjud bo’lgan shunaqa muammolar bor”, degan tanbehlardan nafratlanadilar. Bunday xulosalar ularni keraksizdek his qilishga majbur qiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling