O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


O’z joniga qasd qilish darajasini baholang


Download 0.7 Mb.
bet59/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

10.O’z joniga qasd qilish darajasini baholang. O’z joniga qasd qilish imkoniyatlari jiddiyligini aniqlashga harakat qiling. Chunki, birdaniga xayolga kelgan fikr bilan zaharlanish, yuqoridan o’zini tashlash, o’t ochuvchi qurol yoki arqondan foydalanish kabi rejalashtirilgan suitsidning farqi bor. Boshqa omillarni ko’rsatish ham muhim, ya’ni spirtli ichimliklar, narkotik iste’moli, emotsional buzilishlar darajasi va xulqdagi buzg’unchilik, umidsizlik va nochorlik va boshqalar. Rad qilib bo’lmaydigan dalil shundaki, o’z joniga qasd qilish uslubi qanchalik puxta ishlab chiqilgan bo’lsa, uning potentsial xavfi shunchalik katta bo’ladi. Vaziyatning jiddiyligiga shubha qoldirmaydigan holat, masalan, depressiyaga tushgan o’smir hech kimdan bekitmasdan, hech qachon ajralishni istamagan o’zining sevimli magnitofonini kimgadir sovg’a qilib yuboradi. Bunday hollarda dori, qurol yoki pichoqlarni ko’zdan nari qilish kerak.
11. Yuqori suitsidal xavfli vaziyatlarda odamni yolg’iz qoldirmang. U bilan toki inqiroz o’tmaguncha yoki yordam kelmaguncha ko’proq qoling yoki kimdandir iltimos qiling. Balki tez yordamga qo’ng’iroq qilish yoki poliklinikaga murojaat qilish kerak bo’lar. Yodda tuting, unga madad bo’lish sizga ma’lum javobgarlikni yuklaydi.
Atrofdagilarning unga g’amxo’rligini ko’rsatish va hayotga intilish hissini uyg’otish uchun u bilan suitsidal shartnoma tuzishingiz mumkin. Kelajakda suitsidal harakatga qo’l urishidan oldin yana bir marta ikkilanishlarini muhokama qilish imkoniyati tug’ilishi uchun sizga ma’lum qilsin. Qanchalik g’ayritabiiy tuyulmasin, bunday kelishuv samarali ta’sirga ega.
12.Mutaxassislardan yordam so’rang. Suitsidentlarning qarashlari tor bo’lib, o’ziga xos “tunnel” ongga egalar. Juda og’ir muammolarni qanday hal qilish mumkinligini tasavvur ham qilolmaydilar. Birinchi iltimos ularga yordam berilishidan iborat. Do’stlarning niyatlari yaxshi bo’lishi mumkin, lekin ularda tajriba etishmaydi hamda ular ortiqcha his-tuyg’ularga berilishga moyil bo’ladilar.
Suitsidal tahdidda psixiatr yoki klinik psixologlarning yordamlariga hech qachon etarlicha baho bermasligi mumkin emas. Hozirgi kunda xususiy va davlat muassasalari mavjud bo’lib, ular milliy yoki hududiy jamg’armalar tomonidan ta’minlanadi va ular juda past narxlarda turli ko’rinishdagi yordamlar ko’rsatadilar. O’z bilimlari va qobiliyatlari va psixoterapevtik nufuzlariga tayangan mutaxassislar insonning ko’nglida sir saqlangan hissiyotlarini tushunadilar. Psixoterapevtik maslahatlar davomida qizishib ketgan odamlar o’z tashvish va xavotirlarini fosh qiladilar. Agar depressiyaga uchragan odam hamkorlikni va mutaxassisning yordamini xohlamasa, unda yana bir boshqa uslub oilaviy terapiya hisoblanadi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling