Xulosa qilib, o’smirlarga xos xususiyatlarni ajratib ko’rsatamiz:
1.O’smirlarda o’lim haqida aniq tasavvur mavjud emas. Katta odam o’lim – bu hayotning tugashi, deb tushunadi, o’smir esa buni oxirigacha tushunmaydi. Ular uchun qaysidir darajada virtual o’yin hisoblanadi.
2. O’smir uchun eng muhimi 3 ta muhit: oila, maktab, tengdoshlar.
3. O’smirning o’z joniga qasd qilish sababi avvaliga arzimas, hatto tasodifiy bo’lishi mumkin.
4.O’smirda suitsidal xulq-atvorning shakllanishiga o’smirlarga xos submadaniyat ta’sir ko’rsatishi mumkin.
5.O’smirda suitsid fikri va urinish bosqichi bo’lmasligi mumkin.
6. O’smir o’zida nimalar bo’layotganini, butun holatini yoki muammolarini tushuntirib berolmaydi.
7. O’smir uchun, ko’pincha, o’limga nisbatan o’sha voqelikda yashash qo’rqinchli.
8. O’smir suitsidi – bu ko’p hollarda yordamga chaqiruv, o’ziga e’tibor qaratish, o’z muammolarini “kattalarga xos” echishga urinish bilan tavsiflanadi.
3-bOB. Bolalar va o’smirlardagi suitsidal xulq-atvor va suitsidal xavfni diagnostik tadqiq qilish amaliyoti
3.1. O’smirlarning suitsidal xulq-atvorini psixologik diagnostik tadqiq qilishning nazariy asoslari. Ijtimoiy-psixologik yo’riqnomalarning afzalliklarini asoslash
Hozirgi vaqtda bolalar va o’smirlarda suitsidal tahdidni aniqlash uchun universal psixodiagnostik metodlar ishlab chiqilmagan. Suitsidal xavfni baholash uchun foydalaniladigan test, so’rovnoma, anketalar keng tarqalgan diagnostik metodlar hisoblanadi. Suitsidal xavfni baholash uchun belgilangan maxsus so’rovnomalar 2 ta guruhga bo’linadi: 1–metodlar, suitsidal fikr va kechinmalarga tegishli savollarni o’z ichiga oladi. 2– shaxsning individual omillarini, xususan, suitsid sodir qilish ehtimoli yuqoriligini aniqlaydi. Shuningdek, klinik so’rovnomalar keng tarqalgan bo’lib, ko’pincha, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapevtik amaliyotda keng foydalaniladi.
Diagnostik materiallardan tuzilgan uslubiy tavsiyalardan maqsad – bolalar va o’smirlarda suitsidal xulq-atvor haqidagi ma’lumotlarni tezkor olishga imkon yaratish. Ayniqsa, diagnostik amaliyotni o’tkazish uchun vaqt sarflash yaxshi natija beradi.
Shu yo’l bilan diagnostik dalillar olish mezonlari shundayki, ular aniq, ixcham, informativ, oson ishlanadi, shaxsiy ko’rsatkichlarni qayta ishlashga kam vaqt sarflanadi. Metodik materiallar anketa, jadval va kichik so’rovnomalar ko’rinishida bo’ladi (1–11 ilovalarga qarang). Turli tashkilotlarning mutaxassislari ish davomida psixodiagnostik metodlardan voyaga etmaganlarni ko’rikdan o’tkazish masalalariga mos ravishda tanlab olib foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |