O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


Kettellning shaxsiy omilni so’rovnomasi


Download 0.7 Mb.
bet20/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

16. Kettellning shaxsiy omilni so’rovnomasi. O’smir va bolalardagi shaxs xususiyatlari, ijtimoiy adaptatsiya bosqichi, emotsional, shaxsiy muammolarini aniqlash imkonini beradi. Metodika bolalar (7–12 yosh) va o’smirlar (12–16 yosh) guruhi uchun mo’ljallangan.
Suitsidal xulq-atvorning diagnostik belgilari
1.Yakkalanish. Har bir odam uchun yakka o’zi qolishga intilishi tabiiy va normal holat. Ogoh bo’ling, odamovilik, yakkalanish uzoq davom etsa, odam o’zi bilan o’zi bo’lsa, do’stlari va o’rtoqlaridan chetlanib qoladi. Suitsidal o’smirlar tez-tez o’zi bilan o’zi qoladi, atrofdagilardan chetlashadi, uzoq vaqt o’z xonasidan chiqmaydi. Natijada ular musiqa tinglashadi, hayotdan butunlay uzilishadi.
2.Injiqlik, nozikta’blik. Har bir odam vaqti-vaqti bilan ma’yuslanib, injiq bo’lib qoladi. Bu holatga ob-havo, charchash, kayfiyat, ish yoki oiladagi noxushliklar sabab bo’lishi mumkin. Qachonki, odamning kayfiyati har kuni asabiylashishi va tushkunlik o’rtasida o’zgarib tursa, xavotirga sabab bo’ladi. Bundan emotsional o’zgaruvchanlik o’limdan xabar hisoblanadi.
3.Depressiya. Bu chuqur emotsional tushkunlik bo’lib, har bir odamda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Ba’zilar odamovi bo’lib, yakkalanib qoladilar, ular o’zlarining hissiyotlarini shunday yaxshi niqoblaydilarki, atrofdagilar ularning xulq-atvorlaridagi o’zgarishlarni sezmaydilar. Bunday hollarda yagona yo’l – to’g’ridan-to’g’ri va ochiqchasiga bu odam bilan gaplashish.
4.Agressivlik. O’z joniga qasd qilish aktiga, ko’pincha, tutoqish, g’azablanish, nafrat, shafqatsizlik sabab bo’ladi. Ko’pincha, bunday ko’rinish suitsidentning o’ziga e’tibor qaratishi, yordam so’rashi hisoblanadi. Biroq, bunday chaqiruv, odatda, aks natija beradi – atrofdagilar suitsidentni yoqtirmay qolishadi, undan uzoqlashishadi. Hamdardlik o’rniga o’rtoqlari tomonidan qoralanishga erishadi.
5. O’ziga zarar etkazish va xavfli xulq-atvor. Ba’zi suitsidal o’smirlar doim o’zlariga zarar keltirishga harakat qiladilar, o’zlarini “xavf chegarasida” dek tutadilar. Ular qaerda bo’lmasinlar – gavjum chorrahadami, tog’ yo’lidami, tor ko’prikdami yoki temir yo’ldami – tavakkal qilib katta tezlikda yuradilar.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling