O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017
Suitsidentning shaxsiy ta’sirchanlik chegarasi
Download 0.7 Mb.
|
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bOB. Bolalar va o’smirlarDa suitsidal xulq-atvorning yoshga oid xususiyatlari
- Kichik maktab yoshidagi bolalar
5.Suitsidentning shaxsiy ta’sirchanlik chegarasi. Bolalarning agressivligidagi qiziqqonlik, bir lahzada jahli chiqib ketishi, ta’sirchanlik o’ziga xos xarakterga ega. O’smir ta’sirchanligi quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi:
-test uslubida ta’sirchanlikning yuqori darajasi; -nerv-mushak bosmining yuqori darajasi; -ishontirishning yuqori darajasi; -murosasizlik (oq-qora dunyo, faqat “ha” va “yo’q” kategoriyasining mavjudligi, dunyoning haddan tashqari och rangda idrok qilish). O’smirlar uchun omadsizlik, g’azab, chiranish, chetlanish suronli kabi reaktsiya xos. 2-bOB. Bolalar va o’smirlarDa suitsidal xulq-atvorning yoshga oid xususiyatlari 2.1. Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar suitsidal xulq-atvorining o’ziga xos xususiyatlari “O’lim” tushunchasi bolalik davrida nihoyatda mavhum, xuddi vaqtincha, uyquga o’xshash, har doim ham o’zi bilan bog’liq emasdek qabul qilinadi. Bolalarda o’lim tushunchasi 2–3 yosh o’rtasida paydo bo’ladi va ko’pchilik uchun bu qo’rqinchli hodisa deb hisoblanmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu holat umrning tugashi deb hisoblanmaydi, aksincha, vaqtinchalik hodisa, uyqu yoki biron yoqqa ketish sifatida qabul qilinadi. Buning o’rniga yaqinlari, uy hayvonlari yoki tengdoshlarining o’limi fikrlashning o’ziga xos xususiyatiga ko’ra va tajribasizlik tufayli bola istagi amalga oshgani natijasi, deb qabul qiladilar va, ko’pincha, kuchli aybdorlik hissi tug’iladi. G’amginlik va qayg’urish holatini yuzaga kelishi shubhasiz, uzoqqa cho’zilmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o’lim haqida o’ylari o’ziga xos bo’lib, bu ularning e’tiborlari yaqiniga ham yaqinlashmaydi (ertaklar, hayotiy hodisalar). Kichik maktab yoshidagi bolalar o’lim ishonib bo’lmaydigan hodisa deb hisoblaydilar hamda o’zlarida ham bunday hol bo’lishini idrok qilmaydilar shu bilan birga hamma narsani ham abadiy deb o’ylamaydilar. O’smir yoshga yaqinlashganda o’lim ob’ektiv hodisa ekanligi xayoldan ko’ra, haqiqat ekanligini, shuningdek, tiriklik va o’lim o’rtasidagi farqlarni tushunib boradilar. 10–12 yoshda o’lim vaqtinchalik hodisa sifatida qabul qilinadi. Shu tariqa hayot va o’lim orasidagi chegaralanish tushunchasi namoyon bo’ladi, lekin o’limga doir emotsional munosabatlar o’z shaxsida mavhumlashadi. Yosh bolalarda o’lim tushunchasi yo’qligi tufayli o’limdan qurquv kuzatilmaydi. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, bolalarning o’limi 11–14 yoshdagi kattalarning o’lim tushunchasiga yaqinlashadi. O’lim tushunchasi bolalarda qanday shakllanadi? U bir necha bosqichlardan iborat: o’lim haqida to’liq tasavvurning yo’qligidan to u haqida rasman xabardorlikkacha. Bola uchun o’lim mavhum tushuncha, u o’zi yoki yaqinlari bilan hech ham bog’lay olmaydi. Shu bois, bolada o’lim abadiyligi haqidagi tasavvur shakllanmagan. Uning fikricha, o’lgan odam qanchadir vaqtdan keyin yana qaytib keladi. Bundan tashqari, bu yosh uchun maqsadga muvofiq bo’lmagan va suitsidal xulq-atvor xos bo’lib, ba’zida o’lish istagida kattalar nuqtai nazaridan xavfsiz vositalar tanlanadi va, aksincha, namoyishkorona urinishlar qo’llanayotgan vosita va uslublar xavfini o’ylamay, ko’pincha, “oshirib yuboriladi”. Hayotiy tajribaning yo’qligi va g’o’rlik natijasida arzimagan ixtilofli vaziyatlar chorasizdek ko’rinadi, shuning uchun suitsid xavfi haddan tashqari ortadi. Bu yosh uchun og’ir oilaviy anamnez katta ahamiyatga ega. Suitsiogenlar oilasida yuzaga kelgan tarbiya – giperopeka, ota-onalarning qattiqqo’lligi, avtoritarligi, ota-onalarning madaniyat va bilim darajasi pastligi bilan belgilanadi. Oilada yuzaga keladigan mojarolar, ko’p hollarda, yoshlarning katta avlodni qadrlamasligi bilan bog’liq bo’ladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling