O`smirlik davriga umumpsixologik tavsifnoma Glassariy O`smirlik davri


Download 14.1 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi14.1 Kb.
#1031371
Bog'liq
Glassariy

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Davri

O`smirlik davriga umumpsixologik tavsifnoma
Glassariy

O`smirlik davri O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish psixologik nuqtai nazaridan ham pеdagogik nuqtai nazaridan ham muximdir. Bu davrni biz yana o`tish davri ham dеb ataymiz. O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya’ni 5-8 sinf o`quvchilarini.
O`smir o`quvchilarni ta’lim va tarbiya bеrish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba’zan еtarli darajada bilmaslikdan yoki inkor qilishdan kеlib chiqadi.
Davri - jamiyat taraqqiyotida muhim voqea, hodisa yuz bergan, hukm surgan yoki oʻziga xos xususiyati bilan ajralib turadigan maʼlum vaqt oraligʻi
Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻrisidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, tafakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kategoriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraqqiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda psixologiya bir tomondan, biologiya fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Xususiyat — biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini kursatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari. Xususiyat narsalarning uzaro taʼsir va munosabatlari jarayonida uzini namoyon etadi. Xossa Xususiyatni bilishda pogʻona boʻlib xizmat qiladi. Xususiyat barcha narsaga tegishli bulib, uziga xos va umumiy, asosiy va asosiy bulmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sunʼiy va sh.k. xossalarga ajratiladi. Xususiyat narsalarning ichki mohiyatini belgilab, inson ongiga boglik boʻlmagan holda mavjud. Har qanday Xususiyat nisbiydir. Narsa va hodisalar Xususiyatlarini oʻrganish ularning sifatini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 14.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling