Osmotik bosim haqida tushuncha hosil qilish. Model membranalar. Shtaube usulida aktivlanish energiyasini hisoblab topish Reja


Download 72.5 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi72.5 Kb.
#1407808
  1   2   3   4
Bog'liq
Osmotik bosim haqida tushuncha hosil qilish. Model membranalar. Shtaube usulida aktivlanish energiyasini hisoblab topish


Osmotik bosim haqida tushuncha hosil qilish. Model membranalar. Shtaube usulida aktivlanish energiyasini hisoblab topish
Reja



  1. Polimer tarkibidagi funktsional gruppalarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish.

  2. Eritmalarning qovushoqlignini aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish.

  3. Yuqori molekulyar birikmalar hosil qilishning umumiy qoidalari.

  4. Polimerlanish jarayonlari.

Polimerlarning suyultirilgan eritmalariosmotik bosimini o’lchash orqali o’rtacha soniy molekulyar massani aniqlash keng tarqalgan usullaridan biridir.


Polimer eritmalari osmotik bosimning tenglamasi quyidagicha ifodalanadi:
RT π RT
π = —— C + bc2 yoki ―― = —― + bc
M C M
Bunda: π  osmotik bosim; C  kontsentratsiya; M  erigan moddaning molekulyar massasi; R  universal gaz doimiyligi; T  absolyut temperatura; b  erituvchining tabiatiga bog’liq bo’lgan doimiylik.
Bu tenglama grafik usulda polimerning molekulyar massasini osonlikcha aniqlashga imkon beruvchi to’g’ri chiziq tenglamasidan iborat.
Osmotik bosimni o’lchashning bunday usuli odatda dinamik muvozanat usuli deb ataladi. Boshqa bir usulda yarim o’tkazgich membrana orqali erituvchining eritmaga o’tishi bilan naylardagi suyuqlikning balandligi o’zgarishi kuzatiladi. Bu balandliklar orasidagi farqqa to’g’ri keluvchi gidrostatik bosim eritmaning osmotik bosimiga teng. Osmotik bosimni o’lchashning bu usuli s t a t i k m u v o z a n a t u s u l i deb ataladi.
Osmometriyada ishlatiladigan membranalar to’la ma‘nodagi yarim o’tkazgich membranalar emas.
Ular faqat polimerlar makromolekulalarini o’tkazmay, erituvchini kerakli tezlikda o’tkazadi. Ammo bunday membranalarni tanlash nihoyatda qiyin. Polimerning membrana orqali diffuziyalanishi osmometriya usulini chegaralaydi. Bu usul qo’llanishi mumkin bo’lgan molekulyar massaning quyi chegarasi 30 000 atrofida bo’ladi.
Shunday qilib, o’rtacha soniy molekulyar massani topishning osmometrik usuli 40 000 — 1 000 000 gacha intervalda qo’llanilishi mumkin. Molekulyar massani aniqlash usullaridan hozirgacha mavjud bo’lgan eng anig‘i osmometrik uslubdir.



Download 72.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling