Osmotik bosim. Turgor va plazmoliz


Download 78 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi78 Kb.
#1152292
1   2   3   4
Bog'liq
O’simlik hujayrasining osmotik xususiyatlari

Turgor va plazmoliz. Tirik hujayraga moddalarning kirishida protoplazmaning plazmolemma qavati asosiy vazifani bajaradi. Bu qavat yarim o’tkazuvchi bo’lib, suvni yaxshi o’tkazadi. Suvda erigan moddalarning ba’zilarini oson yoki yomon o’tkazsa, ayrimlarini umuman o’tkazmaydi.
Agar o’simlik hujarasini toza suv ichiga tushirsak hujayra shirasining konsentrasiyasi eritma bo’lgan va protoplazma suvni osonlik bilan o’tkazganligi sababli, hujayra suvni tortib ola boshlaydi. Hujayra shirasining osmotik bosimi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kuch bilan suv vakuolaga tortiladi. Suv hujayra po’sti, plazmalemma, mezoplazma va tonoplast orqali diffuziyalanib, hujayra shirasiga qo’shila boshlaydi. Bu jarayon hujayrada po’stning qarshiligi bilan shiraning osmotik bosimi tenglashgancha davom etadi. Ya’ni, suvning ichkariga kirishi to’xtaydi. Chunki hujayraning turgor holati sodir bo’ladi. Tirik hujayra po’sti to’la suv bilan taminlanishi natijasida tarang turishiga turgor deyiladi. Hujayra po’stining taranglanishi natijasida hosil bo’lgan va ichqariga itaradigan kuch turgor bosim deyiladi.
Hujayralarning turgor holatidan yuzaga kelgan umumiy taranglik butun o’simlik organizmining tarang holda turishini, barglar, novdalarning tik turishi holatini, umuman o’simlikning normal fizik holatini taminlaydi.
Agar hujayra hujayra shirasining konsentrasiyasidan yuqori bo’lgan eritmaga (osh tuzi yoki shakar eritmasi) solinsa, turgorning aksini kuzatish mumkin.
Tashqi eritmaning konsentrasiyasi yuqori bo’lganligi sababli, hujayra shirasidan suv tashqi eritmaga chiqa boshlaydi. Buning natijasida vakuolaning hajmi kichrayib, hujayra shirasining konsentrasiyasi ortib boradi. Vakuola qisqargan sari uni o’rab turgan sitoplazma ham qisqarib, oxiri u hujayra po’stidan ajrala boshlaydi. Tashqi eritma esa po’st bilan protoplazma o’rtasida hosil bo’lgan bo’shliqni egallay boshlaydi. Protoplazma qisqarib, hujayra po’stidan ajralishiga plazmoliz deyiladi. Plazmolizlangan hujayra yana toza suvga solinsa, u yana suvni shimib olib turgor holatiga qaytishi mumkin. Bu jarayonga deplazmoliz deyiladi.
Hujayralarda sodir bo’ladigan plazmoliz ikki xil shaklda uchrashi mumkin. Dastlab protoplazma hujayra burchaklaridan ajrala boshlaydi. So’ngra hamma devorlaridan ajraladi. Lekin ancha vaqtgacha hujayraning ayrim joylarida protoplast po’st bilan birikkan holda qoladi va botiq chegarali shaklga kiradi. Bunga botiq formali plazmoliz deyiladi. Agar protoplast hujayra po’stidan to’la ajralib, to’planib qolsa, dumaloq shaklga kiradi, plazmolizning bunday formasiga qavariq plazmoliz deyiladi.
Umuman o’simliklar hujayra shirasining osmotik bosimi ular yashayotgan muhit eritmasining osmotik bosimidan yuqoriroq bo’lishi shart. Shundagina o’simlik hujayralarining turgor holati saqlanadi.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling