Основы пакета
– rasm. 10 BASE-FL ga adapter va konsentratorlarni ulash
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
4.29– rasm. 10 BASE-FL ga adapter va konsentratorlarni ulash.
Shisha tolali transiver FOMAU deb nomlanadi (Fiber Optic MAU). U ham oddiy (MAU) transiverining hamma vazifalarini bajaradi, lekin undan tashqari uzatish uchun elektr signalini optik signalga o‗zgartiradi va teskarisiga o‗zgartirishni signalni qabul qilish jarayonida amalga oshiradi. FOMAU ham aloqa yo‗lini butunligini nazorat qiluvchi signal ishlab chiqaradi va nazorat qiladi (axborot uzatilish to‗xtagan vaqtlarda). 10BASE-T uskunasidagidek aloqa yo‗lini butunligini yorug‗lik tarqatuvchi diodlar ―Link‖ yordamida nazorat qilish (ko‗rish) mumkin. Transiverni adapterga ulash uchun 10BASE5 uskunasidagidek AUI standart kabeli ishlatiladi, lekin uning uzunligi 25 metrdan oshmasligi kerak. Ethernet adapteri Shisha tolali konsentrator TX RX TX RX TX RX FOMAU TX RX Shisha tolali kabellar 15 ta kontakli AUI razyomlar Transiverli kabel 306 Transiver va konsentratorlarni ulash uchun ishlatiladigan shisha tolali kabellarning uzunligi hech qanday signallarni qayta hosil qilish qurilmasini ishlatmasdan 2 kmgacha yetkazishi mumkin. Shunday qilib mahalliy tarmoqqa turli binolarda joylashgan kompyuterlarni ham ulash imkoniyati paydo bo‗ladi. Dastlabki vaqtlarda shisha tolali aloqa repiterlar o‗rtasidagi aloqani hosil qilishga ishlatilgan. Shuning uchun birinchi standart FOIRL (Fiber Optic Inter- Repeater Link) 1980-yillarning boshida ishlab chiqilgan bo‗lib, u 1000 metr masofadagi ikki repiter oralig‗idagi aloqani amalga oshirish uchun mo‗ljallangan. Shundan so‗ng shisha tolali transiver ishlab chiqildi, uning yordamida repiterga alohida kompyuterlarni ulash amalga oshiriladi va 10BASE-F standarti ham qabul qilindi, u o‗z tarkibiga uch turdagi segmentni qabul qilgan: 10BASE-FL uskunasi FOIRL eski standart o‗rnini egalladi. U hozirgi vaqtda eng ko‗p tarqalgandir. U ikkita kompyuter o‗rtasidagi aloqani amalga oshiradi, shuningdek ikki repiterlar o‗rtasidagi aloqani yoki kompyuter va repiter o‗rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Maksimal masofa 2000 metrgacha; 10BASE-FV tarmoq bo‗lagi repiterli taqsimlangan asos tizim hosil qilish maqsadida bir necha repiterlar o‗rtasida axborotni sinxron almashish uchun foydalaniladi, maksimal uzunligi 2000 metr, bu uskuna keng miqyosda tarqala olmadi; 10BASE-FR tarmoq bo‗lagi - 33 tagacha kompyuterni repiter ishlatmasdan ―passiv yulduz‖ topologiyasiga birlashtirish uchun mo‗ljallangan (buning uchun maxsus optik taqsimlagichlar (razvetvitel) ishlatiladi). Kompyuterdan taqsimlagichgacha bo‗lgan eng uzun masofa 500 m. Ruxsat etilgan uzunlikni bunchalik kamayish sababi, signalni taqsimlagichda kuchli so‗nishidir. Bu tarmoq bo‗lagining turi ham keng tarqala olmadi. 10BASE-FL standart shisha tolali kabel ikkala uchida shisha tola uchun mo‗ljallangan abonentli ST – razyomi bo‗lishi kerak (4.30-rasmda ko‗rsatilgan BFOS/2.5 standartli). Bu razyomni transiver yoki konsentratorga ulash, 10BASE2 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling