Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
33 - boshqa kompyuterlar bilan apparat va dasturiy mosligi; tarmoqni quvvatlashi va boshqalar. An‘anaviy meynfreymning tashqi ko‗rinishi 1.8-rasmda keltirilgan. Kichik kompyuterlar. Kichik kompyuterlar (mini-EHM )-ishonchli, uncha qimmat bo‗lmagan, foydalanishda qulay kompyuterlar, meynfreymlarga qaraganda bir muncha kam imkoniyatlarga ega. Mini-kompyuterlar (ulardan eng quvvatlilari supermini-kompyuterlar) quyidagi ko‗rsatkichlarga ega bo‗ladi: unumdorligi – 1000 MIPS gacha; asosiy xotira sig‗imi – 8000 Mbaytgacha; diskli xotira sig‗imi – 1000 Gbaytgacha; qo‗llanadigan foydalanuvchilarning soni–16–1024. Mini-kompyuterlarning barcha modellari 32, 64 va 128–razryadli mikroprotsessorlar to‗plamlari asosida loyihalashtiriladi. Ularning asosiy xususiyatlari: aniq tatbiq sohasidan kelib chiqqan holda unumdorlikning keng oralig‗i; axborotni kiritish-chiqarish tizimli vazifasining ko‗pchiligini apparatli joriy etilishi; ko‗p protsessorli va ko‗p mashinali tizimlarni oddiy joriy etilishi; uzilishlarga ishlov berishning yuqori tezligi; turli uzunlikdagi axborotlar o‗lchami bilan ishlash imkoniyati; 34 1.8-rasm. Katta hisoblash mashinasining tashqi ko„rinishi. Mini-kompyuterlarning afzalliklariga quyidagilar kiradi: - yuqori modulli o‗ziga xos arxitekturasi; - meynfreymlarga qaraganda unumdorlik/narx nisbatining yaxshiligi; - hisoblashlarning yuqori aniqligi. 35 Mini-kompyuterlar boshqaruvchi hisoblash majmua sifatida ishlatilishga mo‗ljallangan. Ushbu majmualarga xos bo‗lgan tashqi qurilmalarning ko‗p turliligi protsessorlararo aloqa bloklari bilan to‗ldirilgan, uning sharofati bilan tarkibi o‗zgaruvchan hisoblash tizimlarini joriy etilishi ta‘minlanadi. Mini-kompyuterlarni texnologik jarayonlarni boshqarishda ishlatishdan tashqari, ko‗p foydalanuvchilar uchun mo‗ljallangan hisoblash tizimlarida, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida, murakkab bo‗lmagan obyektlarni modellashtirish tizimlarida va sun‘iy intellekt tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. Hozirgi zamonaviy mini-kompyuterlar avlodining boshlovchisi DEC firmasining (AQSH) PDP-11 kompyuterlari hisoblanadi va Rossiyada ishlab chiqarilgan SM EVM (Sistema Malix EVM-EHM Kichik Tizimi): SM-1, -2, -3, -4, -1400, -1700 va hokazo. Hozirgi vaqtda PDP-11 mini-kompyuterlar oilasi ko‗p sonli modellarni o‗z tarkibiga oladi, VAX-11 dan VAX-3600 gacha; mini- kompyuterlarning quvvatli guruh modellariga 8000 (VAX-8250, -8820); supermini-kompyuterlarning guruh modellariga 9000 (VAX-9410, -9430) kiradi va hokazo. VAX modellari keng oraliqdagi ko‗rsatkichlarga ega: protsessorlar soni–1 dan 32 tagacha; unumdorligi–10 dan 1000 MIPS gacha; asosiy xotira sig‗imi–512 Mbaytdan 2 Gbaytgacha; diskli xotira hajmi–50 Mbaytdan 500 Gbaytgacha; kiritish-chiqarish kanallar soni–64 tagacha. VAX mini-kompyuterlari shu guruh kompyuterlari ko‗rsatkichlarining to‗liq oralig‗ini qoplaydi va ular orasidagi chegarani hamda meynfreymlar o‗rtasidagi chegarani yuvib yuboradi. Boshqa mini-kompyuterlar o‗rtasidagi quyidagilarni qayd qilib o‗tishimiz kerak: bir protsessorli: IBM 4381, HP 9000; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling