Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
30 taalluqli bo‗lishi mumkin, superserverlar esa superkompyuterlarga yaqinlashib qolmoqdalar. Server-bu kompyuterlarni ishlatilish sohasi bo‗yicha turlanishi bo‗lib, mikrokompyuterlar, kichik kompyuterlar, meynfreymlar, superkompyuterlar deb nomlanishi esa o‗lchami va vazifasi bo‗yicha guruhlarga ajratishdir. Oxirgi bir necha o‗n yillar mobaynida bu guruh mashinalari rivojlanib kelayotgan standart, hozirgi zamon katta kompyuterlari avlodining boshi IBM firmasining mashinalari hisoblanadi. IBM 360 va IBM 370 model kompyuterlarining arxitekturasi va dasturiy ta‘minoti Rossiyada ishlab chiqarilgan YES EVM mashinalarini loyihalashtirishda ham asos sifatida olingan. Eng yaxshi meynfreymlar loyihalariga birinchi navbatda Amerikada ishlab chiqarilganlarini kiritsa bo‗ladi: IBM 3090, IBM 4300 (4331, 4341, 4361, 4381), IBM 380 o‗rniga 1979- yili yaratilgan (meynfreymlarning 2-avlodi); IBM ES/9000, 1990-yili yaratilgan (meynfreymlarning 3-avlodi); S/390 AS/400 (4-avlodi); System z9 (5-avlodi). IBM ES/9000 (ES–Enterprise System) meynfreymlar oilasi katta kompyuterlarning oilasini boshlab berdi, ular o‗z ichiga 18 kompyuter modelini olib, IBM 390 arxitekturasi asosida joriy etilgan: ES/9221 model 120 kichik modellari asosiy xotirasining sig‗imi 256 Mbaytga ega, unumdorligi o‗nlab MIPS va 12 ta kiritish-chiqarish kanali mavjud; ES/9221 model 900 katta modellari 6 ta vektorli protsessorlarga ega, asosiy xotiraning sig‗imi 9 Gbaytga teng, unumdorligi minglab MIPS, shisha tolali kabeldan foydalanuvchi 256 ta kiritish-chiqarish kanali mavjud. 1997-yili IBM firmasi o‗zining katta kompyuterlarini bipolyar mikrosxemalarni qo‗llash orqali, KMOYA-mikrosxemalari ishlatiladigan, kichik o‗lchamli S/390 meynfreymlarga o‗zgartirish dasturini davom ettirdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling