Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
31
S/390 oilasi o‗z tarkibiga 14 ta kompyuter modelini oladi. Yangi 
modellarning ko‗rsatkichlari 3-avlod meynfreymlar ko‗rsatkichlariga nisbatan 1,3 
marta yaxshilangan (operativ xotira hajmi taxminan ikki hissa oshgan–16 Gbayt 
gacha). S/390 oilasiga bir protsessorli 50 MIPS tezlikka ega bo‗lgan meynfreymlar 
modelidan to 10 protsessorli 500 MIPS tezlikkacha bo‗lgan modellar kiradi. S/390 
modelini G4 va G5, S/390 Multiprice 2000 protsessorlarida ishlab chiqarilgan. 
Unumdorligini va boshqa ko‗rsatkichlarini oshirish maqsadida 32 tagacha S/390 
mashinasini S/390 Parallel Sysplex texnologiyasi bo‗yicha klasterlarga 
birlashtirish mumkin (asosan superkompyuter yaratib). 
S/390 oilasi dunyoning ko‗pgina davlatlarida ishlatiladi. 
1999-yili o‗rtacha unumdorlikdagi AS/400 meynfreymlar oilasi ishlab 
chiqarildi, u o‗z tarkibiga 12 modelni olgan. Operativ xotiraning maksimal sig‗imi 
16 Gbayt, diskdagi xotira esa 2,1 Tbaytni tashkil etadi. AS/400 modellarining 720, 
730 va 740 seriyalarida 12 ta PowerPC va Pentium II protsessorlari ishlatilgan. 
2004-yili AS/400 ―biznes-kompyuterlari‖ dunyoda eng tanilgan kompyuterlardan 
bo‗lgan. Tizimning keng miqyosida tanilishining sababi unumdorlik/narx 
nisbatining yaxshiligi, ishonchliligining juda yuqoriligi (bir soat davomida 
buzilmasdan ishlash ehtimoli 0,9994 ni tashkil etadi) va yaxshi dasturiy 
ta‘minotining mavjudligidir. 
2005-yili IBM firmasi System z9 (5-avlod) meynfreymini havola qildi, u 
samarali virtuallashtirish texnologiyasini quvvatlagan va xavfsizlikni ta‘minlagan. 
Bu texnologiyalar uni eng ochiq, ishonchli va himoyalangan hisoblash tizimlaridan 
biriga aylantirdi. 
System z9 tizimi bir sekund davomida 1 milliard tranzaksiyagacha ishlov 
bera olgan, unumdorligi bo‗yicha 4-avloddan bir necha marotaba yuqori bo‗lgan. 
Yaponiya Fujitsu firmasining M 1800 kompyuterlari va shuningdek 
Germaniya Comparex Information Systems firmasining 8/*, 9/*, M2000 va S2000 
meynfreymlari dunyoda ko‗p tarqalgan. Fujitsu firmasining M 1800 meynfreymlar 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling