Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
89
haqqoniyligi uzoq vaqt o‗tgachgina o‗z tasdig‗ini topishi mumkin. Qaror qabul 
qilish mas‘uliyati juda katta. Bu matematik va maxsus apparatlardan foydalangan 
holdagi tahlil natijalari bilangina emas, shuningdek, menejerlarning kasbiy 
intuitsiyasi bilan ham belgilanadi. 
Boshqaruvning uchta darajasidagi faoliyat mazmuni 1.2-jadvalda keltirilgan. 
Boshqaruvning har bir darajasidagi ma‘lum bir mehnat taqsimoti boshqaruv 
qismining alohida elementlariga rejalashtirish, tashkillashtirish, hisobga olish va 
nazorat, bayon etish, tahlil va boshqaruv kabi alohida vazifalarni biriktirishga olib 
keladi. Bu vazifalar turli hajmda va boshqaruvning turli darajasida amalga 
oshiriladi. Ularning ayrimlari hatto boshqaruvning biror bir darajasida ham amalga 
oshmasligi mumkin. 
Tashkilotning boshqaruv qismida vazifa elementlarining mavjudligi axborot 
tizimlarida tegishli kenja tizimlar paydo bo‗lishiga olib keladi. 
Masalan, boshqaruv vazifasi sifatida rejalashtirish va nazoratning namoyon 
bo‗lishi tashkilotning tashkiliy tarkibiga tegishli tarkibiy elementlarini, uning 
axborot tizimi doirasida esa rejalashtirish yoki nazorat kenja tizimlarini hosil 
qiladi. Ularning birinchisi biznes-reja ishlab chiqarish, marketing tadqiqotlari, 
rejalar, moliyaviy rejalar va hokazolar shakllanishini, ikkinchisi-nazoratning 
axborot ko‗magini ta‘minlaydi. 
Tashkilot faoliyat yuritayotgan iqtisod tarmog‗i va boshqaruv qismi 
darajasiga ko‗ra, boshqaruv obyektidagi o‗zgarishlar to‗g‗risidagi axborot ushbu 
boshqaruv qismiga turli tezlik bilan kelib tushadi. Olaylik, mashinasozlikda zavod 
direktori ishlab chiqarish to‗g‗risida har kuni sex boshlig‗idan har smena haqida 
ma‘lumot oladi, master esa ushbu ishlab chiqarishni kuzatadi. Qurilishda axborot 
olish chastotasi pastroq. Masalan, neft-kimyo tarmog‗idagi texnologik jarayonlarni 
boshqarish to‗g‗risida gapiradigan bo‗lsak, u yerda axborot doimiy ravishda kelib 
tushadi. 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling