Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
120 qurilmalarida o‗chirish to‗ch va tiklash (regeneratsiya) vaqti treg kiradi. Tajribada xotira qurilmalari tezkorligini yaxlitlashtirilgan vaqt xarakteristikalari–murojaat vaqti (tanlash vaqti) va to‗la sikl vaqti orqali ifodalash qulaydir. Murojaat vaqti tm–xotira qurilmalariga kerakli katak adresini yuborish vaqtidan xotira qurilmalari chiqish yo‗liga bu katakda saqlangan sonni olish paytigacha (o‗qishda) bo‗lgan vaqt oralig‗idan iborat: tm=tq+to‗q Xotira qurilmalari tezkorligi sikl vaqti ts oralig‗i orqali yanada to‗laroq xarakterlanadi. ts=tq+to‗q+(tregyoki tyoz) va bu vaqt murojaat vaqti tm dan doimo katta bo‗ladi. Tezkorlikni xotira qurilmalariga murojaat chastotalari bo‗yicha ham xarakterlash mumkin. Xotira qurilmalari ishonchliligi konstruktiv va axborot ishonchliliklari bilan belgilanadi. Xotira qurilmalarining konstruktiv ishonchliligi tushunchasi radioelekron qurilmalarining ishonchliligi ta‘rifiga mos bo‗lib, ma‘lum ishlatish shart-sharoitlarida berilgan vaqt oralig‗ida xotira qurilmalarining hamma elementlari va komponentlarining buzilmasdan ishlashining ehtimolligini anglatadi. Xotira qurilmalarining axborot ishonchliligi ishlatish shart-sharoitlarini o‗zgarishini keltirib chiqaradigan holatlar ta‘sirida qurilmaning axborotni buzmasdan qabul qilish, saqlash va uzatish qobilyatini belgilaydi. Masalan, axborot ishonchliligi uni yozish va o‗qishda axborot signallarining nisbatlari orqali baholanishi mumkin. Signal va xalaqit amplitudalarini katta nisbati qurilmaning axborot ishonchliligi yuqori ekanligini bildiradi. Xotira qurilmalarining narxi butun qurilma narxi yoki axborot birligini saqlashning keltirilgan narxi (so‗m/bit) orqali aniqlanadi. Ba‘zan asosiy parametrlar qatori xotira qurilmalarining boshqa ko‗rsatkichlari ahamiyatga molik bo‗ladi. Bunday ko‗rsatkichlar umumlashtirilgan parametrlar deb yuritiladi va ular xotira qurilmalarini bir–biriga taqqoslashda qulaylik tug‗diradi. Umumlashtirilgan parametrlardan axborot quvvatini hamda sifatlilikni ko‗rsaish mumkin. Axborot quvvati W=M*F ifoda orqali aniqlansa, sifatlilik fizik hajm V, og‗irlik G va iste‘mol qilinuvchi quvvat P kabi muhim ko‗rsatkichlarni hisobga olgan holda Q=W / VGP =MF/VGP ifoda yordamida aniqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling