Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
119 elementlari ma‘lum uzunlikdagi mashina so‗zini saqlovchi xotira katagiga birlashtiriladi. Xotira katagiga joylashtirish mumkin bo‗lgan ikkili xonalar (bitlar) soni xotira xonaliligini belgilaydi. Xotira kataklari xotira blokiga birlashtiriladi. Har bir paytda xotira blokining faqat bir katagiga murojaat amalga oshiriladi. Murojaat berilgan adres bo‗yicha xotira blokidagi kerakli katakni qidirib topib, unga axborotni yozishni yoki undan axborotni o‗qishni bajara oladigan sxemalar yordamida amalga oshiriladi. Bu sxemalar xotira qurilmasining boshqaruvchi sxemalari deb yuritiladi. Bitta yoki bir nechta bir xil xotira blogi hamda adresni qabul qiluvchi bitta umumiy kanaldan hamda mashina so‗zlarini qabul qiluvchi va uzatuvchi bir xil kanallardan iborat boshqaruvchi sxemalar xotira qurilmasini tashkil etadi. Xotira qurilmasi quyidagi uchta rejimda ishlashi mumkin. 1. Katakka axborotni yozish. 2. Katakdan axborotni o‗qish. 3. Axborotni saqlash. Ba‘zi bir fizik muhitlarda qurilgan xotira qurilmalarida o‗qish katakda saqlanayotgan axborotni buzilishiga olib keladi. Bu holda har bir o‗qishdan so‗ng o‗qilgan axborotni o‗zining katagiga qayta yozish lozim. Bu jarayon tiklash yoki regeneratsiya deb yuritiladi. Xotira qurilmasining sifati va uning biror hisoblash mashinasida yoki sxemasida ishlatilishining maqsadga muvofiqligi qator parametrlar bilan belgilanadi. Bu parametrlarning ichida eng muhimlari hajm, tezkorlik, ishonchlilik va qiymatidir. Xotira qurilmalari hajmi unda bir vaqtda saqlanishi mumkin bo‗lgan axborot birliklarining eng katta soni bilan aniqlanadi hamda bitlarda, Kbitlarda va Mbitlarda ifodalanadi. Ba‘zida xotira qurilmasi hajmi baytlarda, Kbaytlarda va Mbaytlarda ifodalanadi. Xotira qurilmasi hajmining har biri n xonali so‗zni saqlay oluvchi xotira kataklari soni N orqali baholash keng qo‗llaniladi. (M=n*N). N kattaligi so‗z, Kiloso‗z va megaso‗zlar soni orqali ifodalanadi. Xotira qurilmasi tezkorligini uning vaqt xarakteristikalari yordamida ifodalash mumkin. Xotira qurilmasi vaqt xarakteristikalariga kerakli katakni qidirib topishga ketgan vaqt–qidiruv vaqti tq, yozish vaqti tyoz, o‗tish vaqti to‗q, o‗qish katagida saqlanayotgan axborotning buzilishiga olib keladigan xotira |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling