Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
122
Faylning to‗liq nomi-deb faylning quyidagi ko‗rinishiga aytiladi: Disk:/ Yo„l 
/ Fayl nomi. Demak, faylning to‗liq nomi-disk nomi, fayl joylashgan kataloggacha 
bo‗lgan yo‗l va fayl nomidan tashkil topadi. Disk nomi, fayl joylashgan 
kataloggacha bo‗lgan yo‗l va fayl nomi bir-biridan ―/‖bilan ajratiladi. Bu yerda 
disk nomi ko‗rsatilmasa, joriy disk, agar yo‗l ko‗rsatilmasa joriy katalog 
tushuniladi. Masalan, A:\ informatika. txt–A diskning tub katalogidagi 
informatika. txt fayli. 
Kompyuterda ma‘lumotlarni saqlash strukturalarini boshqarish va ko‗rib 
chiqishni ikki usulda bajaradi: «Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) va 
«Provodnik» (Boshlovchi) ilovalari yordamida. 
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasi kompyuterning faylli 
strukturasini va disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan, «Panel upravleniya» 
(Boshqarish paneli) va «Printeri» (Chop etish qurilmalari) ilovalari faoliyatini 
muvofiqlashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi. «Moy kompyuter» 
fayllarni o‗chirish, qayta nomlash, joyini o‗zgartirish, ulardan nusxa olish uchun 
ishlatilishi ham mumkin. 
Ish stolidagi «Moy kompyuter» obyektida sichqonchani ikki marta 
bossangiz, ilova oynasi ochiladi. «Moy kompyuter» oynasi ochilganda, unda 
fayllar strukturasining yuqori pog‗onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo‗lgan 
disklar kulrang obyektlar bo‗lib, qolgan resurslar—sariq jild ko‗rinishida namoyish 
etiladi. 


 
123
1.13-rasm. Moy kompyuter papkasi. 
 «Moy kompyuter» (Mening kompyuterim)da obyektlar tasvirlanishi tartibini 
o‗zgartirishning ikki usuli mavjud: 
«Vid» (Ko‗rinish) menyusidagi «Uporyadochit znachki» (Belgilarni 
tartiblash) ro‗yxatida obyektlar saralanishining shartlarini tanlash kerak. 
«Tablitsa» rejimida har bir ustunning tepasida «Imya» (Nom), «Razmer» 
(Ulchov), «Tip» (Tur) va «Izmenyon» (O‗zgartirilgan) tugmachalari aks ettirilgan. 
—Ustunning sarlavhasiga mos o‗sib borish yoki kamayish tartibida 
obyektlarni saralash uchun kerakli tugmachani bosish kerak. 

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling