Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


Download 323 Kb.
bet1/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY


URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY-SIYOSIY AHVOL.
Birinchi jaxon urushi tugashi bilan xalqaro imperializm yangi urushga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Imperialistik davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchilik ikkita qarama-qarshi blokning shakllanishiga olib keldi: Germaniya, Italiya a’zo bo‘lgan fashistlar blogi va AQSH qo‘llab-quvvatlagan Angliya-Fransiya ittifoqchilik blogi. SHu vaqtda xalqaro imperializmning butun xarakati boshlanishi muqarrar bo‘lgan yangi urushda birinchi sotsialistik davlat-SSSRni tor-mor etishga yo‘naltirildi.
Angliya-Fransiya koalitsiyasi va AQSH bu maqsadlariga fashizm agressiyasini SSSRga qarshi gij-gijlab erishmoqchi bo‘ldilar. Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSH xukumatlari Germaniyaning Avstriyani bosib olganiga e’tibor bermadilar.
G‘arb davlatlari xukumron doiralari o‘zlarining jirkanch maqsadlari bilan fashizmni jilovlashni va shu bilan birga yangi jaxon urushining oldini olishni xoxlamadilar. Gitlerchilar Germaniyasining «tinchlikni saqlash» siyosati 1938- yilning martida Avstriyani o‘z davlati tarkibiga, keyin 1938-yilning oxiri va 1939-yilning boshlarida CHexoslovakiya davlatining jaxon kartasidan yo‘q qilinishi va uni Germaniya tarkibiga kiritilishiga olib keldi.
Urushning boshlanishi muqarrar edi. O‘z xususiyatiga ko‘ra Ikkinchi jaxon urushi murakkab xodisalardan iboratdir. Uning murakkabligi shundan iboratki, unda ikki g‘arb militaristik guruxlarining bosqinchilik maqsadlari va xalq ommasining fashizmdan ozod bo‘lishga intilishlari jipslashib ketgan edi.
Ammo shuni esda tutmoq lozimki, AQSH, Angliya xukumron doiralari butun urush davomida o‘zlarining monopolistik munosobatlariga amal qilib keldilar.
Ikkinchi jaxon urushi - rivojlangan kapitalistik davlatlar orasida dunyoni qaytadan bo‘lishdagi qarama-qarshiliklari sabab bo‘ldi. Siyosiy va iqtisodiy notekis rivojlanib kelayotgan davlatlarni qarama-qarshiliklari ikki harbiy guruxga bo‘linib ketdi. Birinchi gurux fashist davlatlar bloki, ularni asosini Germaniya, Italiya va militaristik YAponiya tashkil etdi, Ikkinchi guruxga AQSH, Fransiya kirib ularni maqsadi bosib olingan koloniyalarni saqlab qolib o‘z xukumronligin kuchaytirish.
AQSH. Fransiya va Angliya raxbarlari Germaniyani Sovet Ittifoqiga qarshi jangovar harakatlarini olib borishga harakat qildi. Biroq Ikkinchi jaxon urushi kapitalistik davlatlar orasida boshlandi. Germaniya 1938-39 yillarda Avstriya, CHexoslovakiya, Polshaga qarshi xujumga tayyorgarlikni boshladi.
Uzoq SHarqda YAponiya - SHimoliy, Manjuriya, Janubiy Xitoyni bir qancha xududini okupatsiya qildi.
Sovet Ittifoqi urushdan oldin tinchlik siyosatini olib borib, kutilayotgan xavfni kollektiv xavfsizlik tizimini tuzish bilan chiqdi, biroq AQSH, Angliya, Fransiya reaksion doiralari agressiyani insoniyatni yangi urushni oldini olishda Sovet Ittifoqini ko‘magiga tayanmadilar.
Birinchi jaxon urushidan keyin g‘olib davlatlar-Angliya, Fransiya va AQSH Evropa qit’asida, YAqin SHarqda va mustamlaka Afrikasida siyosiy va iqtisodiy xukmronlikni qo‘lga kiritdilar. Germaniya esa urushda chekkan mag‘lubiyati natijasida jiddiy iqtisodiy inqirozga uchradi. Ammo Germaniya militarizmining ijtimoiy-iqtisodiy bazasi xali but bo‘lib, xam siyosatda, xam iqtisodiyotda monopolistik kapital xukmron edi. Bundan tashqari Germaniya o‘z qurolli kuchlarining asosini xam saqlab qoldi.
Ikkinchi jaxon urushi g‘arbiy davlatlarning jaxonga xukumronlik qilish uchun, bozorlarni, xom ashyo manbalarini zabt etish va kapital boyliklarga egalik qilish uchun kurashlari natijasida kelib chiqdi. Uning aybdorlari xamma davlatlarning militaristlari bo‘ldi. Ikki gurux-birinchi tomondan Angliya, Fransiya va AQSH, ikkinchi tomondan – Gitler Germaniyasi, fashistlar Italiyasi va YAponiya militaristlari jaxonga xukumronlik qilish uchun qurolli kurashga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Urushdan oldingi, AQSH, Angliya va Fransiyaning Myunxen siyosati atalmish butun siyosati, Gitlerchilar Germaniyasini va u bilan birga YAponiya militaristlarini va fashistlar Italiyasini, Sovet Ittifoqiga qarshi gij-gijlashga yo‘naltirildi. SHu maqsadlar bilan Angliya, Fransiya va ayniqsa Amerika militaristlari, Germaniyaga xarbiy-sanoat potensialini tiklashga yordam berib, unga Evropaning sharqida erkin xarakatlanish imkoniyatini berdilar, YAponiya militaristlari Osiyoda shunday erkin xarakatlanish imkoniyatini oldi.
Myunxen kelishuvi - Germaniyaning qo‘li bilan Sovet davlatini bo‘g‘ishni orzu qilgan AQSH, Angliya va Fransiya xukumron doiralarining antisovet siyosatining kulminatsion punkti bo‘ldi.
Sovet xukumati tinchlik siyosatini olib bordi va birgalikda xavfsizlikni ta’minlash tizimini yaratishga, agressorga xamkorlikda barxam berish taklifini ko‘tarib chiqdi. Lekin, AQSH, Angliya va Fransiya, Sovet xukumatining xamma konkret takliflarini rad etdi.
G‘arb davlatlari xukumron doiralari o‘zlarining jirkanch maqsadlari bilan fashizmni jilovlash va shu bilan birga yangi jaxon urushining oldini olishni xoxlamadilar. Gitler Germaniyasining «tinchlikni saqlash» siyosati 1938- yilning martida Avstriyani o‘z davlati tarkibiga, keyin 1938-yilning oxiri va 1939-yilning boshlarida CHexoslovakiya davlatining jaxon kartasidan yo‘q qilinishi va uni Germaniya tarkibiga kiritilishiga olib keldi.
Urushning boshlanishi muqarrar edi. O‘z xususiyatiga ko‘ra Ikkinchi jaxon urushi murakkab xodisalardan iboratdir. Uning murakkabligi shundan iboratki, unda ikki g‘arb militaristik guruxlarining bosqinchilik maqsadlari va xalq ommasining fashizmdan ozod bo‘lishga intilishlari jipslashib ketgan edi.
Faqatgina Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasining bostirib kirishi oqibatida urushga kirishi, Ikkinchi jaxon urushini xaloskorlik, antifashist urushiga aylantirishga muxim omil bo‘ldi.
Ammo shuni esda tutmoq lozimki, AQSH, Angliya xukumron doiralari butun urush davomida o‘zlarining monopolistik munosobatlariga amal qilib keldilar.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling