Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


QIZIL ARMIYANING UMUMIY HUJUMLARI


Download 323 Kb.
bet14/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

QIZIL ARMIYANING UMUMIY HUJUMLARI.
(1942- y.8.01.-20.04.y)
Moskva ostonalaridagi qarshi hujum bilan bir vahtda Volxov fronti qo‘shinlari dushmanning Tixvin guruhlariga zarbalar berib, dekabrning boshlariga uni Volxov daryosining narigi qirg‘og‘iga uloqtirib tashladilar.
Sevastopol himoyachilari ham qahramonona jang qilib, fashistlarning ikkinchi hamlasini ham qaytardilar. Fashistlar bu erda ikki hafta mobaynida 7-10 km ga olg‘a siljishga muvaffaq bo‘ldilar.
Dekabr oxirida qora dengiz floti va Azov flotiliyasi, Kavkazorti fronti qo‘shinlari, Kerch-Feodesiya desant operatsiyasini o‘tkazdilar. Uning natijasida qrimdagi yirik platsdarmlar qo‘lga kiritildi, shu bilan birga sovet-german frontining janubiy hududlarida vaziyat qizil Armiya foydasiga ancha yaxshilandi.
Tashabbusni qo‘lga kiritib, qizil Armiya 1942- yil yanvar oyi boshlarida hamma strategik yo‘nalishlarda frontning 2000 km. li masofasida umumiy hujumni olib bordi. Bu hujumning boshida Stavka, birinchi hujum operatsiyalari tajribalari asosida dushmanning tayyorlangan mudofaasiga hujum qilish to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqdi va ularni 1942- yil 10-yanvarda chiqqan Direktivada aks ettirdi. Dushman mudofaasini yorib o‘tish tor uchastkalarda qudratli artilleriya qo‘llab-quvvatlashida amalga oshirilishi talab etildi. YOrib o‘tish artilleriya tayyorgarligi bilan cheklanmasdan, artilleriya hujumining olib borilishi, piyodalar va tanklarning yorib o‘tish oxiriga etkuzilgunga qadar olib borilishi kerak edi. Bu talablar bir necha operatsiyalarda muvaffaqiyatga erishishda o‘z rolini uynadi.
Qizil Armiyaning qishgi kampaniyadagi asosiy janglari g‘arbiy yo‘nalishlarda avj olib ketdi. Bu erda Kalinin fronti qo‘shinlari «Markaz» armiya guruhini shimoliy-g‘arb tomondan o‘rab oldilar va unga Rjev yo‘nalishida yangi zarbalar berdilar. Harbiy frontning o‘ng qanot armiyalari dushman qarshiligini engib, Zubkovo va Gjatsk yo‘nalishlarida 50-70 km ga olg‘a siljidilar. Frontning chap qanot qo‘shinlari YUxnovo rayonida qattiq janglarni olib bordilar. YAnvarning 2- yarmida Vyazmaga qat’iy hujumlar boshlandi. Oyning oxirida Sovet qo‘shinlari shahar bo‘sag‘alariga chiqdilar. Lekin shaharni egallash va «Markaz» Armiya guruhini oxirigacha tor-mor etish nasib etmadi.
Harbiy yo‘nalishda Sovet Armiyasining umumiy hujumlari natijasida 1942- yilning yanvar-aprel oylarida «Markaz» Armiya guruhining 16 ta diviziyasi va 1 ta brigadasi tor-mor etildi. Dushman 100-150 kmga uloqtirib tashlandi.
SHimoliy-g‘arbiy strategik yo‘nalishda Leningrad va Volxov fronti qo‘shinlari 1942- yil apreligacha «SHimol» Armiya guruhini yakson etish va Leningrad qamalini yorib o‘tish uchun hujumlarni olib bordilar. Lekin bu vazifa amalga oshmadi.
Janubiy - G‘arbiy va Janubiy frontlar qo‘shinlari hujumlar davomida Xarkov yo‘nalishida dushman mudofaasini yorib o‘tib 90 kmga olg‘a siljidilar. Keyinchalik olib borilgan hujumlar muvaffaqiyat keltirmadi.
SHunday qilib, umumiy hujumlar natijasida qizil Armiya dushmanni yana 100-250 kmga uloqtirib tashlab, ancha g‘alabalarni yo‘lga kiritdi.
Lekin jangovar texnika, qurol-yarog‘ va o‘q dorilarning etishmovchiligi sababli asosiy yo‘nalishlarda operatsiyalarni oxirigacha etkazishning imkoni bo‘lmadi. Qo‘mondonlik safining hujum harakatlarini tashkil etish va olib borishda etarli tajribaga ega emasligi ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatdi.
1941-1942 y. qishgi kampaniya davomida qizil Armiya ayovsiz janglarda nemis-fashist bosqinchilarini Moskva ostonalarida tor-mor etishi katta harbiy-siyosiy ahamiyatga egadir. Ikkinchi jahon urushida Germaniya birinchi katta zarbaga uchragan edi. Qizil Armiya 50 tagacha dushman diviziyalarini tor-mor etdi. Fashistlar Germaniyasi quruqlikdagi qo‘shinlari 400 mingdan ortiq odamini yo‘qotdi.
Urush yillarida birinchi marta Sovet aviatsiyasi Moskva ostonasida havoda qukumronlikni qo‘lga kiritdi. Gitlerchilar armiyasining engilmasligi tug‘risidagi afsona yo‘liga chiqdi, blitskrig strategiyasi inqirozga uchradi. Fashistlar Germaniyasi uzoq urush olib borish kerakligi omilini tan oldi.
1941-1945 y. urushning ikkinchi davrida sobiq Sovet Qurolli kuchlari ikkita xujum kampaniyasi o‘tkazdilar: 1942-43 yillardagi qishgi va 1943 yildagi yozgi kampaniyalar. Qishgi kampaniya Stalingrad ostonasidagi qarshi xujum bilan boshlandi.
1941-1945 y. urushning ikkinchi davrida xarbiy-siyosiy vaziyat dushmanning vaqtinchalik ustunligini yo‘q qilishi, Qizil Armiya o‘zining jang olib borish tajribasini orttirishi, xalq bilan armiyaning yakdilligini mustaxkamlanishi bilan xarakterlandi. Sobiq Sovet davlati iqtisodiy axvolining xali xam qiyinchiligiga qaramasdan butun xalq xo‘jaligi va ishlab chiqarishni xarbiy relslarga o‘tkazishni yuqori sur’atlarda olib borildi.
Xukumat Qurolli Kuchlar qudratini mustaxkamlash va ishlab chiqarishni oshirish bo‘yicha moddiy va odam zaxiralarini safarbar etishni tashkil etishda juda katta ishlarni amalga oshirdi. 1942 yilda, 1941 yildagiga nisbatan samolyotlar ishlab chiqarish 60 % ga, tanklar ishlab chiqarish 3,7 martaga, minomyotlar ishlab chiqarish qariyib 3 martaga oshdi. Bular xammasi 1942 yil noyabrida Qizil Armiyaga sovet-german frontida kuchlar nisbatini oshirishga imkon berdi. Xarakatdagi armiyada 6,1 mln kishiga, 385 ta diviziyaga, 72,5 mingta orudiya va minomyotlarga, 6 mingdan ortiq tank va O‘YUAQ ga, 3088 ta jangovar samolyotlarga va 233 ta jangovar kemalarga ega bo‘lindi. SHu vaqtga kelib sovet-german frontida dushman 6,2 mln kishiga, 258 ta diviziyaga, 70980 ta orudiya va minomyotlarga, 6600 ta tanklar va shturmchi orudiyalarga, 3500 ta jangovar samolyotlarga va 194 ta kemalarga ega bo‘ldi. SHuni ta’kidlash lozimki dushman diviziyalari o‘zining jangovar safi bo‘yicha sovet diviziyalaridan 1,5 marta ustun edi.
Frontda xali xam vaziyat keskin bo‘lishiga qaramasdan, 1942 yil noyabr oyi o‘rtalarida sovet-german frontining janubiy qanotida dushmanni tor-mor etish uchun qulay vaziyat yuzaga keldi.
Kavkazning neft manbalarini va quyi Volga rayonlarini egallashga xarakat qilgan dushman katta talofatlar ko‘rib, uning xujum olib borish qobiliyati sustlashib ketdi va keng frontda cho‘zilib qoldi.
Butun front bo‘ylab mudofaaga o‘tishga majbur bo‘lgan dushman, 1942 yil yozi va kuzidagi mag‘lubiyatlari natijasida janubda yaqin vaqt oralig‘ida yirik xujum operatsiyalarini amalga oshira olmaydi, deb xisobladi.
YUzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib sobiq Sovet qo‘mondonligi 1942-43 yilgi qishgi jangovar xarakatlar rejasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra Qizil Armiyaga faol xujum xarakatlar bilan urushning borishida tubdan burilishga erishish, dushmandan strategik tashabbusni tortib olish va davlat xududidan dushmanni ommaviy quvib chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Kampaniyalarning asosiy voqealari Stalingrad ostonalaridagi qarshi xujum va Kursk jangi bo‘ldi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling