Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


SOVET ARMIYASINING MOSKVA OSTONALARIDAGI QARSHI HUJUMI


Download 323 Kb.
bet13/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

SOVET ARMIYASINING MOSKVA OSTONALARIDAGI QARSHI HUJUMI
(1941- y. 5- dekabr – 1942- y. 7- yanvar)
YAratilgan vaziyatda Sovet qurolli Kuchlari oldida Leningrad, Moskva va Kavkazdagi xavfni bartaraf etish va urushning borishida burilish yasash vazifasi qo‘yilgan edi. Bu vazifalarni qizil Armiya 1941--1942- yilgi qishgi kampaniyalar davomida hal etishi kerak edi. Asosiy zarba Moskva yo‘nalishiga berilishi ko‘zda tutildi. Moskva ostonalarida qarshi hujumni amalga oshirish uchun Kalinin, G‘arbiy, Janubiy-G‘arbiy frontlar qo‘shinlari jalb etildi. Ular 1100 ming odamga, 7652 ta orudiya va minomyotlarga, 744 ta tankka va 1000 ta jangovar samolyotga ega edilar. Bu frontlarga qarshi 1708 ming odam, 18500 ta orudiya va minomyolar, 1170 ta tank va 615 ta samolyotlarga ega bo‘lgan «Markaz» armiya guruhi turar edi.
qarshi hujumning maqsadi, dushmanning Moskva yo‘nalishidagi asosiy guruhlarini tor-mor etish va Moskva shahri va Moskva ishlab chiqarish rayonlari ustidagi xavf-xatarni bartaraf etishdan iborat edi.
Qarshi hujumning rejasi-G‘arbiy frontning hujumlari, Kalinin frontining chap qanoti va Janubiy-G‘arbiy frontning o‘ng qanoti bilan hamkorlikda amalga oshirilib Moskvaning janubi va shimolida dushmanning zarbdor guruhlarini yakson etish va ularni Moskvadan uloqtirib tashlash edi. Qarshi hujumni to‘satdan berish uchun operativ to‘xtalishsiz, mudofaa davrida shakllangan qo‘shinlar bilan berilishi kerak edi. Asosiy rol G‘arbiy frontga berildi. Front qo‘shinlari oldida dushmanning qanotdagi guruhlarini Klin, Solnechnogorsk, Stalinogorsk, Tula rayonlarida tor-mor etish vazifasi qo‘yilgan edi.
5-dekabrda Kalinin fronti qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tdilar. 6- dekabrda G‘arbiy, Janubiy-G‘arbiy frontlarning qarshi hujumlari boshlandi. 9-dekabrda 30-armiya qo‘shinlari Moskva–Kalinin temir yo‘lini egallab, Klindagi dushman guruhini shimoliy-g‘arb tomondan qurshovga ola boshladilar. Harakatlanish surati hali past edi.
Sovet qo‘shinlari hali urush olib borish tajribasiga ega emas edilar. Ular o‘z saflarida kam sonli artilleriya va tanklarga ega bo‘lib, qalin tushgan qor ham manyovr qilishni qiyinlashtirar edi.
Dushman qarshiligini engib, Sovet qo‘shinlari 15 dekabrda Klin rayonida dushman guruhini qurshab oldilar. 1941- yil 15 dekabrda Klin shahri dushmandan ozod etildi.
Istra yo‘nalishida ham janglar avj olib ketdi, bu yo‘nalishda dushman Kryukovo rayonida kuchli mudofaa yaratishga ulgurdi. 8-dekabrda 8- gvardiyachi o‘qchilar diviziyasi Kryukovoni egallab, Istra yo‘nalishiga hujumni rivojlantirdi.
Kryukovo jangida mag‘lubiyatga uchragan dushman Istra suv ombori ortiga o‘tib, kuchli mudofaani tashkil etdi. Frontdan uning mudofaasini yorib o‘tishga bo‘lgan harakatlar muvaffaqiyat keltirmadi. 16-Armiya qo‘mondoni general K.K.Rokossovskiy qo‘shinlarining bir qismi bilan shimoldan va janubdan dushman mudofaasini aylanib o‘tishga qaror qildi. qurshovga tushib holish xavfi ostida fashistlar shoshilinch ravishda Volokolamsk tomonga o‘tishga qaror qildilar. Sovet qo‘shinlari dushmanni ta’qib etib, 1941- yil 25 dekabrda frontning o‘ng qanot qo‘shinlari Lama va Ruza daryolari marrasiga o‘tdilar. Lekin bu erda ular avvaldan tayyorlangan pozitsiyalarda to‘xtatib qolindilar. Dushmanni ta’qib etish harakatchan guruhlar va chang‘ichilar batalonlari bilan olib borilib, ular ko‘p hollarda dushmanning front ortiga yorib kirib, uning ortga qaytish yo‘llarini to‘sib, to‘satdan zarbalar berdilar. Moskvaning shimoliy-g‘arbidagi hujumlar davomida Sovet qo‘shinlari dushmanga katta talofatlar etkazib, uni 90-100 kmga uloqtirib tashladilar.
Kalinin fronti, G‘arbiy frontning o‘ng qanot armiyalari bilan birgalikda, dushmanning Kalinin guruhlariga zarbalar berdi va 16 dekabrda Tverni egalladi.
G‘arbiy frontning chap qanot qo‘shinlari Uzlovoy yo‘nalishiga hujum qilib nemislarning 2-tank armiyasini mag‘lubiyatga uchratdilar. 1942- yil 7- yanvarda ular 220 km olg‘a siljib «Markaz» Armiya guruhini shimoldan qamrab oldilar.
SHunday qilib, 1942- yil yanvar oyi boshlarida qizil Armiyaning Moskva ostonalaridagi hujumi qat’iy g‘alaba bilan tugadi. Dushmanning zarbdor guruhlari tor-mor etildi va g‘arbga tomon 100-150 kmga uloqtirib tashlandi. Poytaxtga solinib turilgan tahdid bartaraf etildi.
Mudofaadan hujumga o‘tilishi va Bosh strategik yo‘nalishda yirik g‘alabalarga erishilishi bilan qizil Armiya dushman qo‘lidan tashabbusni tortib oldi. Moskva ostonalarida nemislarning tor-mor etilishi bilan urushning borishida tubdan burilish boshlandi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling