Kirish reja; Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi
Download 34 Kb.
|
Oqava suvlarini tozalash texnalogiyasi; Abdukarimov Boburjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat oqava suvlarini tozalash
- KIRISH Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi eng dolzarb muammolar
- . Suvning xossalari va ishlatilishiga ko‘ra sinflarga bo‘linishi
KIRISH Reja; Suvning ishlab chiqarishda qo’llanilishi Suvning hossalari va ishlatilishiga ko’ra siniflarga bo’linishi Oqava suvlarning hosil bo’lishi, tarkibi va xossalari Sanoat oqava suvlarini tozalash 2.1 Sanoat oqava suvlarini tozalash usullari 2.2 Oqava suvlarini mehanik usulda tozalash 2.3 Suzish va tindirish 3. Oqava suvlarni tozalashning fizik-kimyoviy usullari 3.1 Koagullash va flokullash 3.2 Flotatsiya 3.3 Adsorbsiya 3.4 Ion- almashinishi XULOSA. KIRISH Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi eng dolzarb muammolar Ekologik, biologik xavfsizlik muammosi milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylanganiga yarim asrdan oshdi. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘larkan, bu qonuniyatlarni buzish o‘nglab bo‘lmas falokatlarni insoniyat boshiga solishi hozirgi kunda aslo sir bo‘lmay qoldi. Dunyoning qaysi burchagiga nazar tashlamang, turli xil ekologik muammolarga duch kelish tabiiy holga aylanib bormoqda. Markaziy Osiyo mintaqasini ham ekologik m uam m olardan xoli zona deb b o ‘lm aydi. P rezidentim iz I.A.Karimov global ekologik tahdid va m uam m olar haqida to'xtalib, «Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosidagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir»' deb ta’kidlagan edi. Haqiqatan ham insonning tabiiy jarayonlardan noto‘g‘ri foy dalanishi natijasida XX asrning o‘rtalariga kelib ekologik muam molar juda avj olib ketdi. Tabiatdagi muvozanatning buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Global ekologik muammolar. 2. Mintaqaviy ekologik muammolar. 3. Mahalliy ekologik muammolar. Global ekologik muammolar dUnyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen va sof antropogen ta’sirlar natijasida yuzaga kelib, umumbashariyatga tegishlidir. Ana shunday ekologik muammolarga quyidagi muammolarni kiritish mumkin. 1. Biosfera biotasining kambag‘allashuvi. Biota o‘z faoliyati uchun zarur boigan energiyaning barchasini Quyoshdan oladi. Jami organik mahsulotning esa 89 %ini mikroorganizmlar, It) % dan kam rog‘ini hasharotlar va mayda hayvonlar, 1% dan kamrog‘ini yirik hayvonlar va insonlar o‘zlashtiradi. Keyingi 100 yil ichida odamlar tomonidan yo£q qilingan organik mahsulotlar miqdori yuz million yillar davomida tabiat tom onidan hosil qilingan organik moddalar miqdoridan ko‘pdir. Biotaning odam tomonidan juda ko‘p miqdorda iste’mol qilinishi biomassaning keskin kamayishiga, yerlarning bo‘shab qolishiga, bu esa o ‘z navbatida yowoyi hayvonlar va o'simliklar turlarining kamayib yoki qirilib ketishiga sababchi bolmoqda. M a’lumotlarga qaraganda ekologik fazoning 50 % yo‘qolishi turlarning 10 % ga kamayishiga olib kelar ekan. Biotaning yo‘qolib borishiga yorqin misol o'rmonlaming kesib yo‘qotilishidir. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha juda katta maydondagi o‘rmon kesib yo‘qotilgan. Ming afsuski, kesib yo‘qotilgan o'rm on hajmi qayta tiklanmayapti. 2. Atmosferaning ifloslanishi. Hozirgi kunda kimyoviy usul bilan 5 mingga yaqin modda sintez qilinib, ulardan 80 %ining insonga va atrof-muhitga ta ’siri haligacha o'rganilgan emas. Atmosferaga zararli moddalarni asosan metallurgiya va kimyo sanoati korxonalari, energiya ishlab chiqarish korxonalari hamda transport chiqaradi. Bunda atmosferaga asosan inson salomatligi uchun o ‘ta zararli boigan moddalar: uglerod oksidi (CO), azot oksidlari (NO, N 0 2), oltingugurt qo‘sh oksidi (S 0 2), uglevodorodlar (CnH n), o g lr va radioaktiv elementlar juda katta miqdorda chiqariladi. Dunyo bo‘yicha, bir yilda atmosferaga chiqarib tashlanadigan qattiq chiqindilar (zararli chang, qurum) 150 mln. t. ni, uglerod oksidi 400 mln.t.ni, azot oksidi esa 100 mln. t. ni tashkil etadi. Atmosferani asosiy ifloslantiruvchi soha bu avtomobil transportidir. Bunda yoqiladigan yoqilgining 25 % i avtomobil transportiga to ‘g‘ri keladi. Bitta avtomobil «umri» davomida atmosferaga 10 t. C 0 2 chiqaradi. Hozirgi kunda yer yuzida 800 mln. ga yaqin avtomobil borligi e’tiborga olinsa, uning atmosferani buzishdagi hissasini aniqlash qiyin emas. Yuqorida tilga oligan zaharli gazlar ichida eng xavflisi oltingugurt qo'sh oksididir. U namlik bilan qo‘shilib, davlatlarva qit’alarga kislotali yomg‘ir yog‘diradi, o ‘rmon va ко‘llardagi tirik organizmlarning qirilib ketishiga sababchi bo‘ladi. Kislotali yomg'irlar Kanada, Shimoliy Yevropa mamlakatlari va Uralda tcz-tcz yog'ib turadi. 3. Iqlimning о ‘zgarishi. XX asr boshidan atmosferada issiqlik gazlarning (ayniqsa C 0 2) keskin ko‘payishi natijasida Yerning issiqlik balansi buzildi. Shu sababli ham hozirgi kunda Yer sirtida o'rtacha temperatura 1°C ga oshgan, yana 100 yil ichida esa atmosferada C 0 2 ning miqdori ikki barobar, o‘rtacha harorat esa 3°C ga ko‘tarilishi kutilmoqda. Mutaxassislar XXII asrga kelib Yer atmosferasi harorati o‘rtacha 5—10°C ga ko‘tarilishini aytishmoqda. Bu holat qaytmas bo‘lishi mumkin. XX asrda boshlangan iqlimning salbiy o£zgarish jarayoni, agarda keskin chora-tadbirlar ko‘rilmasa, insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkin. 4.Cho ‘llanish muammosi. Yer kurrasi quruqligining 40 mln km2 maydoni qurg‘oqchilik mintaqasi boiib, dunyo aholisining 15% dan ortig‘i ushbu hududda yashaydi. Qishloq xo'jaligining tezkor rivojlanishi, sug£oriladigan yerlar va yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish hamda o ‘rmonlarning betartib kesilishi natijasida cho‘llanish darajasi yil sayin ortmoqda. Inson tasirida vujudga kelgan chollar 9,1 mln. km2 ga yetdi. Hozir sayyoramizda yiliga 6 mln. ga yer cholga aylanmoqda. SUVNING ISHLAB CHIQARISHDA Q O ‘LLANILISHI 1.1. Suvning xossalari va ishlatilishiga ko‘ra sinflarga bo‘linishi Suv tabiatda sodir bo‘ladigan asosiy jarayonlarda, shuningdek, inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoatda suv xomashyo va energiya manbayi, sovituvchi yoki isituvchi, erituvchi, ekstragent, xomashyo va materiallarni tashuvchi vosita sifatida va boshqa qator ehtiyojlar uchun ishlatiladi. Suv resurslari. Sayyoramizda tabiiy suvning umumiy hajmi 1386 mln. km3 ni tashkil qiladi. Ko‘rsatilgan hajmning 97,5 % dan ko‘prog‘ini dengiz, okean va ko‘l suvlari tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyoj yiliga 3900 mlrd. m3 ni tashkil etadi. Shu ko‘rsatkichning taxm inan yarmi ishlatilib qaytarilmaydi, qolgan yarmisi esa oqova suvlarga aylanadi. Tabiiy suv bu hech qanday antropogen ta’sir ishtirokisiz tabiiy jarayonlar natijasida sifat va miqdoriy jihatdan shakllangan suvdir. Suvlar minerallashish darajasiga qarab (g/1 da) chuchuk (tuzlarning umumiy miqdori < 1), sho‘rroq (1... 10), sho‘r (10...50) va namakob (>50) ga ajratiladi. 0 ‘z navbatida chuchuk suvlar kam mineral aralashmali (200 mg/1 gacha), o'rtacha minerallashgan (200—500 mg/1) va yuqori minerallashgan suvlarga bo‘linadi. Tarkibidagi anionlar miqdori bo‘yicha suvlar gidrokarbonatli, sulfatli va xloridli bo‘ladi. Tabiiy suvlarning qattiqligi, ularning tarkibida kalsiy va magniy tuzlar borligi bilan belgilanadi. Suvlar tarkibidagi Ca2+, Mg2+ ionlarining konsentratsiyasini mg-ekv/1 larda ifodalanadi. Suvning qattiqligi umumiy, karbonat va nokarbonat turlarga ajratiladi Um um iy qattiqlik karbonat va nokarbonat qattiqliklarning yig‘indisidan iborat. Karbonat qattiqlik — suvda kalsiy va magniy bikarbonatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Karbonatsiz qattiqlik esa kalsiy va magniy sulfatlari, xloridlari va nitratlari miqdoriga bog'liq. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling