Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


NEMIS QO‘SHINLARINING ARDENDAGI QARSHI XUJUMI


Download 323 Kb.
bet24/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

NEMIS QO‘SHINLARINING ARDENDAGI QARSHI XUJUMI.
Ittifoqchilar dekabrda Zigfrid chizig‘ini yorib o‘tish uchun operatsiya o‘tkazishga tayyorlana boshladilar. Lekin, nemis-fashist qo‘mondonligi ulardan oldin operatsiyaga kirishdi. Nemis-fashist qo‘mondonligi Arden o‘rmonlarida yashirincha, 21 ta diviziya va ikkita brigadadan iborat zarbdor guruxni jamlashga muvaffaq bo‘ldi.
1945- yil 1 yanvarda SHimoliy Elzasda nemislarning qarshi xujumi boshlandi. Uch kunda ular 30 km ga xarakatlandilar. 1944- yil 16 dekabrda nemis qo‘shinlari 8-armiya korpusiga Arden rayonida kuchli zarba berdilar va tayanch punktlari chiziqlaridan osonlik bilan o‘tib, mudofaa chuqurligiga xarakatlanib ketdilar. Lekin Maas orqali Antverpinga shiddat bilan yorib o‘tish amalga oshmadi. Amerika qo‘mondonligi frontning boshqa uchastkalaridan diviziyalarni olib, ularni jangga kiritishga ulgurdi. Dekabr oxirida ittifoqchilar qo‘shinlari uchun vaziyat og‘irlashib qoldi. Ularning fronti 80 km li uchastkada 100km chuqurlikda yorib o‘tildi.
SHu sharoitlarda U. CHerchill, I. Stalinga murojaat etib, ittifoqchilarga yordam berish uchun sovet-german frontida Sovet Armiyasining yirik xujumlarini boshlashni iltimos qildi. Oradan bir xafta o‘tgan 12 yanvarda sovet qo‘shinlari Boltiqdan Karpatgacha, rejadagi muddatdan anga oldin kuchli xujumni boshladilar. Bu nemis qo‘mondonligini g‘arbda faol jang g‘arakatlarini olib borishdan voz kechishga majbur etdi. SS ning 6-tank armiyasi, keyinchalik yana 16 ta diviziya tezkorlik bilan g‘arbiy frontdan sovet-german frontiga tashlandi. Gitlerchilar Ardenda va Elzasda xujumni to‘xtatdilar va yanvar oxirida dastlabni marraga chekindilar.
ITTIFOQCHILAR QO‘SHINLARINING GERMANIYA
ICHKARISIDAGI XUJUMLARI.
Ardendagi mag‘lubiyatidan so‘ng ittifoqchilar qo‘shinlari xujumni faqat 1945- yilning fevralida yangitdan boshladilar. 8-fevraldan 10- martgacha ular bir necha operatsiyalar o‘tkazdilar, ularning natijasida Reyn daryosining g‘arbiy qirg‘oqlariga chiqdilar. Reynni xarakatlanish mobaynida kechib o‘ta olmadilar.
1945- yil mart oyining oxirida vaziyat ittifoqchilar uchun juda qulay, Germaniya uchun esa juda og‘ir bo‘ldi.
1945- yil mart oyining oxirida ittifoqchilar qo‘mondonligi Rurni egallash uchun katta operatsiyalardan birini tayyorladilar va o‘tkazdilar. Ittifoqchilar qo‘shinlari 51 ta diviziya va 14 ta aloxida brigadalardan tashkil topdi.
Rur marrasidagi xujumning maqsadi, Rur ishlab chiqarish rayonining shimolidan va janubidan, umumiy yo‘nalish Kasselga xujum qilish, Rurda dushmanning asosiy guruxini qurshab olish va tor-mor etishdan iborat edi. Keyinchalik asosiy kuchlar bilan Germaniya ichkarisida xujumni rivojlantirish rejalashtirildi.
1945- yil 24-martga o‘tar kechasi 21-armiya guruxi qo‘shinlari Reyn daryosini kechib o‘tdilar va 1aprelda 12-armiya guruxi bilan xamkorlikda Rur rayonida dushmanning 325-minglik guruxini qurshovga oldilar va u 18 aprelda kapitulyasiya qildi.
SHundan so‘ng ittifoqchilar qo‘shinlari xech qanday qarshiliksiz Elbaga tomon ildam xarakatlanib ketdilar.
25-aprelda 1-Amerika armiyasining ilg‘or qismlari Torgau rayonida, Elbada 1-Ukraina fronti qo‘shinlari bilan uchrashdilar. Aprel oxirida butun janubiy Germaniya va YUqori Avstriya ittifoqchilar qo‘shinlari bilan band bo‘ldi. Bir necha kundan keyin Italiya xalqining faol yordamida, Italiyaning shimoliy qismi to‘lig‘icha fashistlardan ozod etildi. 1945- yil 8 mayda Sovet qo‘shinlari tomonidan Berlin rayonida gitlerchilar qo‘shinlarining asosiy kuchlari tor-mor etilgandan keyin fashistlar Germaniyasi kapitulyasiya qildi.
SHunday qilib, 1944- va 1945- yillarda ittifoqchilarning ekspeditsion kuchlari g‘arbiy Evropada katta muvaffaqiyatlarga erishdilar va bu bilan umumiy vazifa, fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘z xissalarini qo‘shdilar. Evropada Ikkinchi front ochildi, urush davridagi eng katta desant operatsiyasi o‘tkazildi. Lekin shuni esda tutmoq lozimki, Germaniya Bosh qo‘mondonligi urushdan yutqizganini tushunib, asosiy kuch va vositalarini sovet-german frontida ushlab turganligi ittifoqchilar jangovar xarakatlari uchun qulay imkoniyat yaratdi. Bu, qit’ada ittifoqchilar desantini tushurulishini engillashtirib, ularning keyingi xarakatlari uchun yo‘l ochib berdi.
Amerika-Angliya koalitsiyasining strategiyasi dushmanni xoldan toydirish urushidan iborat bo‘ldi. Bu strategiyaning asosiy negizi muntazam ravishda, xam Germaniyaga qarshi, xam YAponiyaga qarshi xarbiy xarakatlarning olib borilganligi bo‘ldi.
Bunday strategiya AQSH va Angliya xukmron doiralarining siyosatidan kelib chiqib, Sovet Ittifoqini urush davrida kuchsizlantirishga va jaxon bozoridan o‘zlarining asosiy raqiblari Germaniya va YAponiyani yo‘q qilishga yo‘naltirildi.
Ikkinchi jaxon Urushida ittifoqchilarning Qurolli Kuchlari, vaziyatning xar xil sharoitida, xar xil xarbiy-xarakatlar teatrida xujumkor va mudofaa janglarini olib borish tajribasiga ega bo‘ldilar. Angliya-Amerika qo‘mondonligining, maqsadlarni, vazifalarni, qo‘shinlar safini va operatsiyalarni o‘tkazish usullarini uzoq muxokama qilish xarakteriga ega ekanligi, rejalarni ishlab chiqish uzoq vaqt davom etishi va ulardagi ortiqcha mufassalliklar, xarakatlar buning isbotidir.
Urush tajribasi shuni kqo‘rsatdiki, Amerika qo‘mondonligi xar qanday operatsiyani, dushman ustidan kuch va vositalar bo‘yicha ustunlik yaratmasdan, xavoda aviatsiya xukumronligiga erishmasdan oldin boshlamaslikka xarakat qilardi. Armiyalar va armiya guruxlarining xujum operatsiyalari dastlabki va bevosita aviatsiya va artilleriya tayyorgarligidan so‘ng boshlanar edi.
Umuman ittifoqchilar qo‘shinlarining g‘arbiy Evropadagi jangovar xarakatlari, xar tomonlama, ayniqsa yirik dengiz-desant operatsiyasini tayyorlash va o‘tkazishda, xamda xavo-desant birlashmalarini qo‘llashda tajribaga ega ekanliklaridan darak beradi.
Ikkinchi frontning ochilishidan boshlab ittifoqchilar qo‘shinlari bir-nechta operatsiyalarni o‘tkazdilar, bunda Fransiyada, Belgiyada, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniyada va Germaniyaning g‘arbiy qismida fashistlarga katta talofatlar etkazdilar. Umuman ittifoqchilarning qurolla kuchlari Fashistlar Germaniyasining tor-mor etilishida ma’lum xissalarini qo‘shdilar. Lekin AQSH va Angliya xumkron doiralarining reaksion siyosati Evropada ikkinchi frontni kamida ikki yilga kechiktirib, fashistlar Germaniyasining taqdiri sovet-german frontida butunlay xal qilingan paytda ochdilar. Sovet armiyasiga qarshi urushning oxirigacha Germaniyaning bosh kuchlari xarakatlanib, ularning safiga dushmanning jang olib borish qobiliyati o‘ta yuqori bo‘lgan qo‘shinlar va aviatsiya birlashmalari xarakat qildilar.
G‘arbiy Evropa xarbiy xarakatlar teatrida 1944 yilning yozigacha ittifoqchilarning strategiyasi kutish xarakateriga ega bo‘ldi, bu o‘z navbatida xarbiy maqsadlar bilan emas, balki Sovet ittifoqini maksimal kuchsizlantirishga va Germaniyaning dunyoga xukmronlik qilish uchun da’vogarligiga qarshi yo‘naltirilgan AQSH va Angliya xukmron doiralarining siyosatlari bilan aniqlandi. Bu maqsadlar urushning oxirigacha ittifoqchilarning xarakatlarida asos bo‘lib qoldi. 1944 yilning yozidan, Sovet ittifoqi bosqinchilarni o‘z xududidan xaydab chiqargan va Evropa xalqlarini fashizm qulligidan ozod etishga kirishgan paytda, ittifoqchilarning xarbiy strategiyalari ancha faollashib qoldi.
Qurolli kurashning aynan mana shu davrida AQSH va Angliya xukmron doiralari sovet qo‘shinlarining yo‘llarini to‘sishga va Germaniyaning va boshqa Evropa davlatlarining erlarini imkon qadar ko‘proq bosib olishga xarakat qildilar, bundan maqsad, egallangan ushbu xududlarda urushdan keyingi yillarda o‘z xukmronliklarini o‘rnatish edi.
Xarbiy san’at nuqtai-nazaridan ittifoqchilar qo‘shinlarining yirik dengiz desant operatsiyalarini tayyorlash va o‘tkazish tajribalari katta qiziqish uyg‘otadi. Ularning muvaffaqiyatlarga erishishlari quyidagi omillar bilan xarkaterlandi: desantlarni tushirish rayonlarini to‘g‘ri tanlash; kuch va vositalarni ushbu rayonlarda qat’iy ommalashtirish; dushmanni chalg‘itish bo‘yicha olib borilgan maskirovka tadbirlari; desant operatsiyalarini xar tomonlama xavodan va xavo-desant qo‘shinlarini keng masshtabda qo‘llash bilan ta’minlash.
Xujum operatsiyalarini o‘tkazishdagi katta muammo-bu dushman mudofaasini yorib o‘tish bo‘ldi. YOrib o‘tish tor frontda (3-8 km )odatda, armiya korpusi kuchlari bilan amalga oshirildi (Sen-Loning janubiy-g‘arbiy, Gollandiya operatsiyasi). Dushmanni tor-etishdagi asosiy rol aviatsiyaga berildi. Dushmannig taktik mudofaa zonasini yorib o‘tish sur’ati juda past bo‘ldi. Bu avvalom bor, bosh zarba berish yo‘nalishida xujumni olib borayotgan birlashmaning ko‘p xollarda boshqa yo‘nalishlarda xarakatlanayotgan qo‘shinlarning faol xarakatlari bilan ta’minlanmaganli bilan tushintiriladi. Buning natijasida dushman frontning xali xujumga kirmagan guruxlarini olib, ittifoqchilarning bosh zarba berish yo‘nalishlariga tashladi va ularning xujumlarini to‘xtatib qoldi. Ittifoqchilarning xujumni olib borayotgan qo‘shini dushmanning kichik bir qarshiligini sezishi bilan to‘xtab qolgan. Aviatsiya jalb qilingan, faqat uning ommaviy zarbalaridan keyingina ittifoqchilar xujumni yana davom ettirganlar. Dala artilleriyasining taktik qalinligining kamligi (frontning xar km da 50-130 ta orudiya) xam dushman mudofaasini yorib o‘tishda qiyinchiliklarni to‘g‘dirgan. Ayrim operatsiyalarda yorib o‘tishni tezlatish uchun xavo desantidan foydalanilgan (Gollandiyadagi xujum, Reyinni kechib o‘tishdi).
Armiya guruxlar va ikkinchi eshelonlar armiyalarining, xamda kuchli zaxiralarning operativ safda bo‘lmaganliklari (Normandiya desant operatsiyasi bundan istisno) taktik muvaffaqiyatni operativ muvaffaqiyatga aylantirish vazifasi, dushman mudofaasi taktik zonasini yorib o‘tishda ishtirok etgan armiya korpusining kuchlari bilan xal qilindi. O‘z safida 1-2 ta zirxli tank, 1-2 ta, ayrim xollarda esa undan ko‘p bo‘lgan piyodalar diviziyalariga ega bo‘lib, ular o‘z jangovar tartiblarini ikki eshelonda qo‘rganlar. Ikkinchi eshelonda odatda, zirxli tank guruxlari ajratilib, ularga xam taktik mudofaa zonasini yorib o‘tishni tugatish, xam muvaffaqiyatni operativ chuqurlikda rivojlantirish vazifasi yuklatilgan. Xarakatlanish sur’ati bir sutkada 10 km dan oshmagan, faqat urushning oxirgi davradagi jangovar xarakatlarda sutkada 20 km ga etdi (1945 yilning aprelida). 
Mudofaa operatsiyalari odatda, dushmanni to‘satdan berilgan xujumini qaytarish bilan boshlangan, bu razvedkaning noto‘g‘ri ma’lumoti, dushman mudofaasini va uning kuch-vositalari va imkoniyatlarini pisand qilmaslikning oqibatidir. Mudofaa kam chuqurlikda tayyorlanib, kerakli muxandislik inshootlari bilan jixozlanmagan. SHu bilan birga mudofaani operativ chuqurlikda olib borishning ijobiy tomonlari xam bor edi: dushman mudofaasini yorib o‘tish uchastkasiga tezkorlik bilan qo‘shin guruxlarini to‘plash, xamda dushman xujumini barbod etish uchun aviatsiyadan keng foydalanish.
Umuman ittifoqchilarning g‘arbiy Evropadagi jangovar xarakatlari ularning turli tajribalarga ega ekanliklarini, ayniqsa dengiz desant operatsiyalarini tayyorlash va olib borishda va xavo-desant birlashmalarini qo‘llashda katta ko‘nikmalarini ko`rsatadi.
Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling