Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol


O’RTA ER DENGIZIDA HARBIY HARAKATLAR TAKTIKASI


Download 323 Kb.
bet18/24
Sana26.02.2023
Hajmi323 Kb.
#1233736
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY

O’RTA ER DENGIZIDA HARBIY HARAKATLAR TAKTIKASI.
ITALIYADA HARBIY HARAKATLAR VA UNING URUSHDAN CHIQISHI.
SHimoliy Afrikada xarbiy xarakatlar, 1940-yil 13 sentyabrda Italiya qo‘shinlarining Liviyadan Egipetga bostirib kirishi bilan boshlandi. Lekin italiyaliklar armiyasi katta muvaffaqiyatga erisha olmadi. Dekabrda ingliz qo‘shinlari qarshi xujumga o‘tdilar va italiyaliklarga katta talofatlar etkazib, ularni chegaradan g‘arbga tomon 800 kmga uloqtirib tashladilar. 1941-yil fevralida qarama-qarshi guruxlar El-Egeyleda va Liviyada turib qoldilar.
Nemis-fashist qo‘mondonligi 1941- yil boshida, general Rommel qo‘mondonligidagi tank va engil piyodalardan iborat ekspeditsion korpusni Liviyaga tashladi.
31 martda italiya-nemis qo‘mondonligi xujumga o‘tdi, inglizlarga zarbalar berib, ularni yana Misr chegaralariga uloqtirib tashladi. Lekin Rommelning korpusi boshqa oldinga xarakatlana olmadi. Iyul o‘rtalarida u mudofaaga o‘tdi, bu sovet-german frontida urush xarakatlarining boshlanishi bilan bog‘liq edi.
Faol jang xarakatlari faqat 1941- yil noyabrida, 8- Britaniya armiyasining (7 ta diviziya, 5 ta brigada, 655 ta tanklar va 700 ta samolyotlar) xujumga o‘tishi bilan yangitdan boshlandi. Ikki oylik janglar davomida ingliz qo‘shinlari yana dushmanni 800 kmga El-Egeylega uloqtirib tashladilar. Lekin dushmanning bosh kuchlarini inglizlar tor-mor eta olmadilar.
1942- yil yanvar oyi o‘rtalarida ingliz qo‘shinlari butun Kiriniekada tarqalgan xolda turgan edi. Bundan Rommel foydalanishga xarakat qildi. 21 yanvarda ingliz-nemis qo‘shinlari xujumga o‘tdilar, ular 8- inglizlar armiyasiga katta talofatlar etkazib, 600 km olg‘a xarakatlanib, yana Liviyaning katta qismini egalladilar. Lekin Suvaysh kanaliga tashlanish uchun ularga kuchlar va zaxiralar etmadi, chunki asosiy kuchlar sovet-german frontidagi og‘ir janglarga tashlangan edi.
Fevral oxirida frontda vaqtinchalik tinchlik xukm surdi va u may oyining oxirigacha davom etdi. 27 mayda Rommel yana xujumni boshladi. YAna Britaniya armiyasiga katta talofatlar etkazildi. Lekin bu armiyani general Rommel bu safar xam tor-mor eta olmadi. Iyun oyi oxirida ingliz qo‘shinlari oldindan tayyorlangan El-Alameyndagi marralarda mustaxkamlandilar. Bu vaqtga kelib italiya-nemis qo‘shinlarining jang olib borish imkoniyatlari tugab bo‘lgan edi. Etib kelishi kerak bo‘lgan kuchlarni kutgan Rommel xujumni to‘xtatdi va yana frontda tinchlik xukm surdi.

Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling