Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
SSSR, AQSH VA BUYUKBRITANIYA XUKUMATLARI RAXBARLARINING TEXRON KONFERENSIYASI
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- SOVET QO‘SHINLARINING 1942-43 YILLARDAGI QISHKI UMUMIY XUJUMLARI
SSSR, AQSH VA BUYUKBRITANIYA XUKUMATLARI RAXBARLARINING TEXRON KONFERENSIYASI.
1943 yilning oktyabrida Moskvada bo‘lib o‘tgan uch mamlakat tashki ishlar vazirlarining konferensiyasi ushbu mamlakatlar raxbarlarining birinchi uchrashuvini tayyorladi. U 1943 yilning 28 noyabridan 1 dekabriga kadar Eron poytaxti — Texronda bulib o‘tdi. Konferensiyada I. V. Stalin, F. Ruzvelt, U. CHerchill qatnashdilar. Kun tartibidagi markaziy urinni urush muddatlarini qisqartirish va G‘arbiy Evropada ikkinchi frontni ochish masalasi egalladi. Ittifoqchilarni sovet-german frontida yirik xujumlar bilan qo‘llab-quvvatlashi xakidagi SSSR tomonning kat’iy va’dasi 1944 yilning mayida ittifoqchilar qo‘shinini Fransiyaga tushirish xaqida qaror qabul qilinishiga olib keldi. SHunday qilib, birinchi marta antigitler koalitsiyasining umumiy harbiy strategiyasi ishlab chiqildi. Konferensiyada qabul qilingan deklaratsiyada xar uchala davlatning gitlerchilar Germaniyasiga qarshi urushda birgalikdagi xarakati va urushdan keyingi xamkorlik o‘z ifodasini topdi. Texron konferensiyasining qarori antigitler koalitsiyasini mustaxkamladi va xalklar ongiga g‘alabaga bulgan kat’iy ishonchni jo etdi. SOVET QO‘SHINLARINING 1942-43 YILLARDAGI QISHKI UMUMIY XUJUMLARI. Urushni dastlabki yarim yilida Qurolli Kuchlar safiga 1 mln. 100 mingdan ko‘proq vatanparvarlar kelib qo‘shildi. Ular Qurolli Kuchlarni jipislashtiruvchi buyuk kuch edi. 1941 yil iyulda armiya, flot va aviatsiyada siyosiy prapoganda (tashviqot) organlari qayta tashkil etish va siyosiy-tarbiyaviy ishlarda muxim axamiyatga ega bo‘ldi. Mamlakat ichida xalq xo‘jaligini harbiy izga ko‘chirish asosiy vazifalardan biri edi. 23 iyunda qurol-yarog‘lar ishlab chiqish bo‘yicha safarbarlik plani amalga oshirish boshlandi. 24 iyunda evakuatsiya bo‘yicha tuzilgan kengash korxonalar, tashkilotlar, o‘quv yurtlari, odamlarni SHarqga evakuatsiya qilish ishlariga raxbarlik qildi. Tez fursat mamlakat ichkarisiga sanoat korxonalari, kolxozlar, sovxozlar, MTSlar, fan va madaniyat markazlari, 10 mln ortiq kishilarni ko‘chirib joylashtirishi tarixda misli ko‘rilmagan jasorat bo‘ldi. 1941 yil O‘zbekistonda ishlab turgan 1346 sanoat korxonalaridan ko‘pchiligi qayta jixozlanib, harbiy maxsulotlar ishlab chiqarila boshladi. Iyul-sentyabrda Sovet – German frontning barcha uchastkalarida strategik mudofaaga o‘tishga majbur bo‘lgan Sovet qo‘shinlari tashabbusni qo‘lga kiritish uchun kurashni davom ettirdi. Armiya uchun noqulay bo‘lgan axvolga qaramay, Sovet qo‘shinlari dushmanga qarshi mardonavor qarshilik ko‘rsatdi. Armiya, aviatsiya va flot uchun bu chiniqish maktabi bo‘ldi. Qo‘shinlar Estoniya va Leningrad ostonalarida (1941-1944 y.) qattiq mudofaada turdilar. G‘arbiy yo‘nalishdagi nemis-fashist qo‘shinlari «Markaz» gruppasi 10 iyulda Smolenskga xujum boshlandi. Katta talofatlarga qaramay dushman 16 iyulda Smolenskni egalladi. Dushmanga qator zarbalar berish (Vitebsk, Velikie, Luki, Rogachev, Orsha, Jolobin va boshqa shaharlar ostonalarida) natijasida G‘arbiy front qo‘shinlarini kuchi bilan nemis zarbdor gruppirovkasi to‘xtatildi. Oqibatida nemis-fashist «Markaz» armiyalari gruppasi 30 iyulda mudofaaga o‘tdi. Iyul-sentyabrdagi janglar davomida janubiy-g‘arbiy va janubiy front qo‘shinlari nemis fashistlarining»Janub» armiyalari grupasi zarbalarini qaytarib turdi Arimya, aviatsiya va flotni qa’ramonligi va qattiq qarshilik ko‘rsatishi natijasida dushmanning bir kunlik siljish surati 2-6 km ga tushirildi. Dushman aviatsiya xamda tanklar nisbatidagi ustunligi bilan Sovet qo‘shinlarga jiddiy talofat etkazdi. Nemis fashistlar Leningradni quriqlikdan qamal qilishga, Moskva ostonalariga YAqinlashishga Kiev, Odessa, Donbasni bosib olishga erishdi. Dushman Kareliya ko‘p qismi, Boltiq bo‘yi respublikalari, Rossiyani, Leningrad va G‘arbiy oblastlar, Belorussiya, Ukraina, Moldaviyani katta qismini okkupatsiya qilishga erishdi. Urushgacha aholining 40 % dan ortig‘i yashagan, eritilgan cho‘yanning 68 % ini, po‘latni 58% ini, alyuminiyni 60% ini, donning 38% ini, ko‘mirni 63 % ini bergan muxim iqtisodiy rayonlarini vaqtincha qo‘ldan berdi. Okkupatsiya qilishgan territoriyalarda gitlerchilar terroristik tartiblar, vaxshiyona rejimlar o‘rnatdilar. Harbiy asirlarni yalpi qirish, xalq mulkini talash va qarshiliq harakatlarini shavqatsiz bostirishga kirishdi. 1941 yil yozi va kuzida Sovet tashqi siyosatni ozodlikga intilgan jaxon xalqlarini jipislashtirish, atigitlerchilar koalitsiyasini barpo qilishga qaratildi. 12 iyulda Buyuk Britaniya avgust oyida esa AQSH xukumati Sovet davlatiga xar tomonlama yordam berishga qaror qildilar. Urushni birinchi yili yakunida Sovet qo‘shinlari Moskva jangi (1941-42 y.) da nemis-fashist qo‘shinlarini tor-mor keltirib (38 diviziya yakson qilindi.) muxim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu esa, ikkinchi jaxon urushida birinchi yirik fashistlarni yirik mag‘lubiyati bo‘lib nemis armiyasini «engilmasligi» xaqidagi afsonani puchga chiqardi. Sovet qo‘shinlarini Moskva ostonasidagi erishgan g‘alabasi siyosiy va xalqaro axamiyatga ega bo‘lib, antigitlerchilar koalitsiyasini yanada ko‘payishiga va mutaxkamlashishiga olib keldi. 1942 yilni 19 yanvarida (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy) to 1942 yilni yoziga kelib antifashiyat koalitsiyasini soni 28 taga etdi. Evropada ikkinchi front ochalmaganidan foydalangan nemis-fashist qo‘mondonligi yangi xujumga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1942 yil mayida gitlerchilar 6,2 mln kishi (226) diviziya, 3230 ortiq tank va to‘plar, 3400 ta samolyot, 43 ming to‘p va minamyot mavjud bo‘lib Sovet frontida esa, 5,5 mln kishi, 43642 to‘p va minamyot, 1223 reaktiv artileriya qurilmasi, 4065 tank, 3164 samolyot bor edi. nemis-fashist qo‘mondonligining asosiy maqsadi Sovet qo‘shinlarini tor-mor keltirib 1942 yilda urushni tomonlash edi. Asosiy zarbani janubdan borish ya’ni Sovet qo‘shinlarini Don daryosidan g‘arbroqdan yo‘q qilib, Kavkazdagi neftg‘ rayonlarini va Kavkaz tog‘laridan dovonlar orqali Stalingradni bosib olish bilan Volga atrofidagi barcha kommunikatsiyalarni kesib tashlash shart edi. tashabbusni qo‘lga olgan dushman Stalingrad va Kavkaz yo‘nalishida xujum boshladi. 23 avgustda dushman Volgaga qadar etib kelgan Stalingrad qa’ramona mudofaa qilish boshlandi (19 noyabrgacha) mamlakat xavf ostida qoldi. Dushman mamlakatni urushgacha 80 mln aholi yashagan, jami sanoat maxsulotini undan bir qismini bergan, barcha ekin maydonini 47 % ini tashkil etadigan 1 mln. 795 ming km2 territoriyasini bosib oldi. 1942 yilni oxiriga kelib nemis-fashist qo‘mondonligi yozgi kompaniyasidagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi barbod bo‘ldi. Germaniyani strategik axvoli yomonlashdi. 1941-42 yilda dushman barcha frontida 2 mln soldat va ofitser, 4652 samolyot, 290 ortiq kema va ko‘p jangovar texnikasi ekson bo‘ldi. Urushni birinchi davrida frontda xam mamlakat ichkarisida ham eng og‘ir davr bo‘ldi. 1942 yilni oxiriga kelib qurolli kuchlar nisbati biroz ustunlikka erishldi. 1942 yilda 23 ming ortiq samolyot, 24 mingdan ortiq tank, 57 ming to‘p, 125 ming katta kalibrdagi minomyot ishlab chiqarildi. 1942 yil noyabr boshida harakatdagi armiya va flotda 6.1 mln kishi, 72,5 ming to‘p va minomyot, 1724 reaktiv artilerya qurilmasi (katyusha), 6014 (2745 og‘ir, O‘rta) tank, 3088 samolyot, 233 jangovar kema bor edi. Qurolli Kuchlar gitlerchilar koalitsiyasiga qarshi yakka kurash olib borishni davom ettirdi. AQSH, Buyuk Britarniya o‘z majburiyatlarini bajarmadi bu bilan, Evropada ikkinchi frontni ochmadilar. Bu esa fashistlarga qo‘l keldi frontda 6,2 mln kishi, 71 ming to‘p va minomyot, 6600 ming tank, 3500 samolyot, 194 jangovar kema to‘pladilar. 1942-43 yilgi qishki kompaniyada Bosh qo‘mondonlik nemis-fashist qo‘shinlarini frontning Voronejdan Qora dengizgacha bo‘lgan janubiy qanotni tor-mor etish rejasini ishlab chiqdi. SHuningdek, Moskva va Leningrad strategik axvolni yaxshilash uchun bir necha operatsiya o‘tkazish xam ko‘zda tutilgan bo‘lib qarshi xujumga o‘tish rejasini xam ishlab chiqdi. 1942 yil 20 noyabrda Stalingrad frontidagi qo‘shinlar xujumga o‘tib 23 noyabr kuni nemis-fashist armiyasini katta qismi o‘rab olishi bilan yakunladi. Bu muvaffaqiyat strategik tashabbus dushmandan tortib oldinda va Sovet qo‘shinlarini umumiy qarshi xujumga o‘tish uchun sharoit yaratildi. Stalingradda nemis-fashist qo‘shinlarni yakson etilishi ikkinchi jaxon urushidagi yirik harbiy-siyosiy voqea, ikkinchi jaxon o‘rushida ham tub burilish yasagan jang bo‘ldi. Fashist qo‘shinlari Stalingrad ostonalarida tor-mor etilganidan so‘ng, Sovet qo‘shinlari yanvar – fevralda Leningraddan Kavkazgacha bo‘lgan frontda xujumga o‘tdi. Qishki kompaniyada Sovet qo‘shinlari dushmanni Volga va Terek bo‘ylaridan 600-700 km masofada uloqtirib tashladi, 490 ming km2 territoriya ozod etildi. 1942 yilni noyabridan 1943 yilni mart oyiga qadar fashist qo‘shinlarini 100 dan ortiq diviziyasi tor-mor etildi. Dushman 1,7 mln kishi, 24 ming to‘p, 3,5 ming tank, 4,3 ming samolyot yo‘qotdilar. Nemis qo‘mondonligi Stalingrad ostonalaridagi va qishki kompaniyadagi talofatlari uchun qasos olish uchun yozgi kompaniyaga qattiq tayyorgarlik ko‘rib 1943 yilni yarmida «yalpi» safarbarlik o‘tkazildi: 5 mln 325 ming kishi (232 diviziya), 54330 to‘p va minomyot, 5850 tank, 2980 samolyot, 277 jangovar kema to‘pladi. Dushman 1943 yilni yozida Kursk rayoni (Kursk yoyi) yirik xujum operatsiyasini (Qal’a)ni o‘tkazishni qaror qildi, asosiy zarbalarni Kursk yo‘nalishida Oryolning janubrog‘ida (Markaz armiyalar gruppirovkasi) va Xarkovning shimolrog‘ida (janub armiya gruppirovkasi) berish va bu rayonlarda Sovet qo‘shinlarini qurshab olib tor-mor keltirish mo‘ljallangan edi. 1943 yilning yoziga qadar muxim g‘alabalarni qo‘lga kiritishga imkon beradigan vositalar bilan ta’minlandi. Harakatdagi armiyaga 6,4 mln kishi, 98790 to‘p va minomyot, 2172 reaktiv artileriya qurilmasi, 9580 tank, 8293 jangovar samolyot bor edi. Dushman rejasidan xabardor bo‘lgan Sovet qo‘mondonligi Kursk yoyini aylanib mudofaaga o‘tish, dushmanni zarbdor gruppirovkalarini xoldan toydirib, so‘ngra shiddatli qarshi xujum boshlab, uni butunlay tor-mor keltirish rejasi ishlab chiqdi. Dushman 5 iyulda Oryol va Belgrad rayonlaridan Kurs yo‘nalishi bo‘ylab xujumga o‘tdi. 5-9 ilyuda davom etgan og‘ir mudofaa janglaridan so‘ng, Sovet qo‘shinlari dushman xujumini to‘xtatdi va 12-15 iyulda xal qiluvchi qarshi xujumga o‘tdi. 5 avgust Oryol Belgrad 23 avgustda esa Kavkaz ozod qilishdi. Kursk jangida Sovet qo‘shinlarini qozongan g‘alabasi nemis qo‘mondonligini xujum strategiyasini batamom barbad etdi bu esa Stalingrad jangidan keyin sovet qo‘shinlarini qo‘lga kiritgan strategik tashabbus tamomila mustaxkamlandi. 1943 yil avgust-sentyabrda 2 ming km li frontda umumiy yozgi-kuzgi xujumga o‘tishga qulay sharoitlar yaratdi. 1943 yilda 1942 yilga nisbatan maxsulot ishlab chiqarish samolyotlar 38%, zenit artileriyasi 65%, yirik kalibrli pulemetlar 74%, o‘q-dori 25% ortdi. 1943 yil qozonilgan g‘alabalar urushni borishida tub burilish yasadi va g‘arbga qarab 500 - 1300 km siljib, okkupatsiya qilingan xududni 2/3 qismini ozod etildi. Urushni ikkinchi davrida dushmanni 218 diviziyasi tor-mor keltirildi, 14300 samolyot, 7 ming YAqin tank, 50 ming YAqin to‘p, 296 kema yakson qildi. Dushman quruqlikdagi bergan talofati 2,3 mln. kishini tashkil etdi. Dushman butun front bo‘ylab strategik mudofaaga o‘tishga majbur bo‘ldi. Sovet qo‘shinlarini Stalingrad ostonasidagi g‘alabasi urushdagi tub burilish bo‘lib ikkinchi jaxon urushini borishida o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. nemis-fashist qo‘mondonligi o‘z strategik tashabbusni qo‘ldan boy berdi. . Sovet qo‘shinlari Leningraddan to Kavkazgacha bo‘lgan keng frontda xujumga o‘tdi. Sovet qo‘shinlarini tarxiy g‘alabasi natijasida Evropa davlatlaridagi fashist blokiga kiruchi ittifoqchilari asta sekin parchalana boshladi. SHu bilan birga fashistlar okkupatsiya qilgan xududlarda milliy-ozodlik va mustaqillik uchun kurash harakatlari kuchayib ketdi. Stalingrad ostonasidagi janglarda harbiy sa’atni rivojlanishida zarbani asosiy yo‘nalshiga kuch, vositalari to‘g‘ri taqsimlash, dushman ustidan ustunlik xar tomonlama, vaziyatni to‘g‘ri baxolab, qayta xujumni o‘tishi bilan xarakterilanadi. Dushman mudofasini yorib o‘tishda, bir qancha yo‘nalishlarda zarbalar berilib, yorib o‘tish uchastkasida piyoda qo‘shinlarn 50-70% artleriya, tank, aviatsiya 70-80% jalb qilindi. Xujumni dushman mudofasi ichida muvaffaqiyatga erishishda Bronetank va mexanizatsiyalashgan qo‘shinlarni yuqori tezkorligida amalga oshirildi. Xujumni O‘rtacha kuchlik tempi 30-35 km ba’zi xollarda 70 km ga bordi. Qayta xujumga o‘tishda asosiy yo‘nalishida ommaviy artileriya qo‘shinlarini qo‘llash birinchi bor qo‘llanildi. Injener qo‘shinlari: piyoda, tank va artileriya qo‘shinlari bilan xamkorlik qilishni yo‘lga qo‘ydi. Jang davomida quruqlik qo‘shinlari uchun dushman to‘siqlarini razvedka qilish ulardan o‘tish uchun yo‘llar va qo‘lga olingan marrada to‘siqlar barpo etish yo‘llarini o‘tkazdilar. Aloqa qo‘shinlari xujum davomida qat’iy ravishda qism va qo‘shinlarni, radio va harakat vositalari orqali keng boshqarib turdi. Radioaloqani tartibga solishda asosiy e’tiborni yo‘nalish aloqasiga qaratldi. Jangovar operatsiyalarni bajarishda aviatsiya, quriuqlik qo‘shinlarini xujumiga ta’minlab, xavoda esa mutloq xukmronlikga erishdi. Xujumlar natijasida Sovet qo‘shinlari harbiy san’ati xujum taktikasi yanada rivoj topdi. Nemis fashist qo‘shinlari Stalingrad ostonalarida tor-mor etilgandan so‘ng, Sovet qo‘shinlari umumiy xujumga o‘tdi. Kavkaz orti va janub fronti xamkorligida 1 yanvardan 4 aprel 1943 yilda fashistlarni «A» armiyasi yakson etilib SHimoliy Kavkaz va Taman yarimoroli ozod etildi. 12-18 yanvar 1943 yili Leningrad va Voloxov fronti xujumi xamkorligi natijasida Leningrad blokadasi yorib chiqiladi. 13-27 yanvar 1943 yil Voronej fronti «Ostrochojsk - Rossashansk» operatsiyasi natijasida 2 veter va 8 Italiyan qo‘shinlarini o‘rab so‘ng tor-mor etildi. 24 yanvardan 17 fevral oralig‘ida Bryansk va Voronej fronti «Voronej Kastornesk » operatsiyasi amalga oshirilib 2 nemis armiyasini mag‘lubiyatga uchratib, Kursk, Xarkov yo‘nalishi xujumga o‘tishga imkon yaratdi. 1943 yil fevralini O‘rtalariga kelib janubiy g‘arbiy fronti Donbaschi SHarqiy qismi, Xarkov oblasti janubiy qismini ozod etib Poltava, Dnepropetrovsk va Zaporojg‘e yo‘nalishi bo‘yicha xujum davom ettirdi. Fevral oyini ikkinchi yarmida va 27 mart 1943 yili Markaziy, Bryansk, G‘arbiy fronti chap qanoti Bryansk yo‘nalishi bo‘yicha operatsiyalar uyushtirib dushmanni Orlov grupperovkasini tor-mor etdi. SHu davrda janubiy g‘arbiy yo‘nalishda yirik janglar bo‘lib o‘tdi. Voronej, Janubiy, G‘arbiy va Janubiy frontlar Xarkov xujum yo‘nalishida, nemis-fashistlarni Donbassdagi «Don» gruppirovkasi qamal xavfi ostida qoldi. Gitler qo‘mondonligi xavfini oldini olish uchun qattiq xujum rejasini tuzib chiqdi. 19 fevral kuni dushman Janubiy G‘arbiy fronti chap qanoti, Voronej frontini chap qanoti orqali Poltava, Xarkov yo‘nalishi bo‘ylab xujumga o‘tib Stalingrad uchun «revansh» olmoqchi bo‘ldilar. Voronej va Janubiy G‘arbiy frontlar qaqshatqich mudofaa janglari olib borib 23 mart kuni Xarkovni SHarqiy qismi va SHimoliy Donetssk daryosiga chekinib mudofaaga o‘tdilar. 1943 yilni mart oyini oxiriga kelib axvol yaxshilana boshlandi. Voronej, Janubiy G‘rabiy va Markaziy frontlarni qaqshatqich madofaa janglari natijasida nemis-fashist qo‘shinlarini ancha xolidan toydirib unga katta talofatlar etkazib, Stalingrad uchun «revansh» olish rejasi puchga chiqdi. 1942-43 yil qishki kompaniya natijasida partizan harakati, umumomma harakati tus oldi. SHunday qilib Sovet qo‘shinlari 1942-43 yillarda qishki kompaniyada g‘alaba bilan chiqishdi. Ular dushmanni 100 ortiq diviziyasini yakson qilib, ularni Volga va Terek daryosidan 600-700 km uloqtirib tashladi. Sovet qo‘shinlari 1942 yilda bosib olgan barcha xududlarni ozod etib, nemis qo‘shinlarini o‘z xududidan quvib chiqara boshladi. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling