Urush boshlanishidagi harbiy-siyosiy ahvol
Fransiyaning tezlik bilan mag‘lubiyatga uchrashining sabablari
Download 323 Kb.
|
URUSH BOSHLANISHIDAGI HARBIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Angliya va Fransiya armiyalarining zamonaviy urush olib borishga tayyor emasliklari. 4. Ularda yirik aviatsiya, tank va motorlashgan birlashmalarning y o‘q
Fransiyaning tezlik bilan mag‘lubiyatga uchrashining sabablari:
1. Fashizm oldida kapitulyasiya qilgan Fransiya burjuaziyasining sotqinligi. 2. Fransiya xarbiy tizimi va xarbiy doktrinasining eskirganligi. 3. Angliya va Fransiya armiyalarining zamonaviy urush olib borishga tayyor emasliklari. 4. Ularda yirik aviatsiya, tank va motorlashgan birlashmalarning yo‘qligi. 5. Dushmanning bosh zarba berish yo‘nalishini aniqlashdagi xatolik. 6. Nemis - fashist qo‘mondonligining asosiy kuch va vositalarini bosh zarba berish yo‘nalishlarida moxirona jamlashi. 7. Nemis- fashist qo‘mondonligining tank va mexanizatsiyalashgan birlashmalarini muvaffaqiyatni rivojlantirish uchun qo‘llaganligi. GERMANIYANING ANGLIYAGA QARSHI KURASHI. Fransiyaning mag‘lubiyatidan so‘ng fashistlar Angliyaga tinchlik sulxini tuzishni taklif etdilar. Taklif qabul qilinmadi. SHundan so‘ng gitlerchilar Angliyaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar. Xavodan xujumni amalga oshirib, ular Britaniya qarshiligini engib, uni tinchlik sulxini tuzishga majbur qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Xavodan berilayotgan zarbalar Britaniya orollarini suvdan qamal qilish bilan birgalikda olib borilishi kerak edi. Avgust boshlarida Angliya qiruvchi samolyotlarining soni nemislarnikidan ortiq bo‘lib (700 ta inglizlar qiruvchi samolyotlari, 578 ta nemislar qiruvchi samolyotlari), bombardimonchi aviatsiya bo‘yicha ustunlik nemislar tomonida edi (1600 ta nemislarda, 436 ta inglizlarda). Inglizlar zaxirasida yana 300 ta qiruvchi samolyotlar mavjud edi. Germaniya Angliyaga urush ochish uchun dengizda xukumronlikka erishmagan edi. Norvegiya operatsiyasi davomida flotdagi yo‘qotishlari oqibatida Germaniya 1940- yil yozida va kuzida etarli darajadagi kemalarni to‘play olmadi. Buning ustiga Angliya qo‘mondonligi tez orada, flot, aviatsiya, qirg‘oq bo‘yida eshelonlashtirilgan pozitsiyalarning va quruqlikdagi kuchlarning xamkorligida qudratli mudofaani yaratdi. Fashistlar Xarbiy Xavo kuchlari va armiyani Angliya bilan kurashda kuchsizlashtirishni xoxlamasdan, o‘zlarining asosiy kuchlarini Sovet Ittifoqiga qarshi to‘play boshladilar. Mana shu vaziyatni e’tiborga olib, 1940- yilning kuzida Angliyaga bostirib kirish rejasi bekor qilindi va u Sovet Ittifoqining e’tiborini chalg‘itish uchun niqobli tadbirga aylandi. SHu bilan bir vaqtning o‘zida 1940- yil avgust-noyabrida Germaniya Xarbiy Xavo Kuchlari (XXK) (2, 3, va 5 xavo flotlari) Angliyaning xarbiy-iqtisodiy potensialini izdan chiqarish uchun mustaqil operatsiya o‘tkazdi («Angliya uchun kurash»). Britaniya shaxarlariga anchagina talofat etkazishlariga qaramasdan, Germaniya XXK o‘z maqsadalari-Angliyani urushdan chiqarishga erisha olmadilar. Germaniya XXK olib borgan strategik operatsiyaning muvaffaqiyatga erisholmaganining sababi, Germaniya XXK qo‘mondonligining ingliz qiruvchi aviatsiyasining sonini noto‘g‘ri baxolaganligi, XXM kuchlarining, xamda Britaniya aviatsiya ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqarish qobiliyatini va tezkorlik bilan uchuvchilarni tayyorlay olish imkonimyatlarini xisobga olmaganlidir. Nemis XXK lari xavoda o‘z xukumronliklarini saqlab qolish uchun birinchi zarbani to‘satdan bera olmadilar. Germaniya qo‘mondonligi aviatsiya kuchini bir necha ob’ektlar bo‘yicha noto‘g‘ri sarflab, zarba berish tartibini buzdi: eski nishonlarga zarba berishni oxirigacha etkazmasdan, zarbani yangi nishonlarga ko‘chira boshladi. Angliya aviatsiyasi shaxsiy tarkibi asta-sekin tajriba orttirib, dushmanga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Germaniya XXKlari strategik opreatsiyasining va umuman Britaniya orollariga qilingan xujumning inqirozga uchrashining asosiy sababi-bu nemis fashistlarining SSSRga qarshi urush ochishga qaror qilganliklaridir. Sovet Ittifoqining agressiyani qaytarish uchun ko‘rayotgan tayyorgarlik omilining o‘zi Angliyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Download 323 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling