Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
197 bo‗lishi mumkin bo‗lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya‘ni tarmoqning boshqaruvchisi ma‘mur (administrator) bo‗lishi kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan ko‗chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar o‗tkazish lozim bo‗ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta eʻtibor berilishi lozim. Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bo‗lgan server va mijoz tushunchalarini ham ko‗rish darkordir. Server – tarmoq abonenti bo‗lib, u o‗z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin o‗zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya‘ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bo‗lishi mumkin. Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat ko‗rsatishdan tashqari boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin. Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o‗z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya‘ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko‗pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter bir vaqtning o‗zida ham mijoz va shuningdek, server bo‗lishi mumkin. Ko‗pincha server va mijozni kompyuterni o‗zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa o‗z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir. 198 3.1.1. Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi Kompyuter tarmog‗ining topologiyasi (joylashtirilishi, tuzilishi, tarkibi) deganda odatda biz bir-biriga nisbatan kompyuterlar tarmoqda joylashganligi va aloqa yo‗llarini ulash usullarini tushunamiz. Muhimi shundaki, topologiya tushunchasi avvalambor mahalliy tarmoqlargagina tegishlidir, chunki bu tarmoqlarda aloqaning tuzilishini osongina kuzatish imkoni mavjud. Global tarmoqlarda esa aloqaning tuzilishi foydalanuvchidan berkitilgan va bilish juda ham muhim emas, chunki har bir ulanish o‗zining alohida yo‗li bilan amalga oshirilishi mumkin. Tarmoq topologiyasi qurilmalariga qo‗yiladigan talablarni, ishlatiladigan kabel turini, axborot almashishning bo‗lishi mumkin bo‗lgan va eng qulay boshqarish usulini, ishonchli ishlashini, tarmoqni kengaytirish imkoniyatini belgilaydi. Foydalanuvchida har doim ham tarmoq topologiyasini tanlash imkoniyati bo‗lmasada, asosiy topologiyalarning xususiyatlarini, afzallik va kamchiliklarini, balki hamma bilishi kerakdir.[10],[11] Tarmoqni uch xil topologiyasi mavjuddir. shina (bus) hamma kompyuterlar bitta aloqa yo‗liga parallel ulangan va axborot har bir kompyuterdan bir vaqtning o‗zida qolgan kompyuterlarga uzatiladi (3.1 – rasm); yulduz (zvezda, star) bitta markaziy kompyuterga qolgan hamma tashqi kompyutrlar ulanadi, har bir kompyuter alohida o‗z aloqa yo‗llaridan foydalanadi (3.2 – rasm); halqa (kolso, zing), har bir kompyuter har doim axborotni faqat bitta zanjirda joylashgan keyingi kompyuterga uzatadi, axborotni esa zanjirda bitta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling