Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash. «Yulduz»
202 topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko‗pincha bir necha segmentlar ishlatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu sigmentlar o‗zaro maxsus signalarni tiklovchi qurilma–repiterlar, yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi (3.4– rasmda ikki segment ulanishi ko‗rsatilgan). Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini cheksiz oshirib bo‗lmaydi, chunki aloqa yo‗lida signalni tarqalish tezligining chegarasi mavjuddir. 3.4-rasm. Repiter yordamida segmentlarni «Shina»ga ulash. «Yulduz» topologiyasi - bu markazi aniq mavjud topologiya bo‗lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy kompyuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko‗rsatadi va bu kompyuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy kompyuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nisbatan keskin ko‗p bo‗ladi. Abonentlarning bu hol uchun teng huquqligi haqida so‗z ham yuritib o‗tirilmaydi. Odatda aynan markaziy kompyuter eng ko‗p quvvatga ega bo‗ladi, sababi axborot almashish vazifasini boshqarish faqat shu kompyuter orqali amalga oshiriladi. «Yulduz» topologiyali tarmoqlarda hech qanday konflikt holat bo‗lishi mumkin emas, chunki boshqarish markazlashtirilgan. Konflikt holatga o‗rin yo‗q. Yulduzni Repiter 203 kompyuterlarning buzilishiga barqarorligi haqida so‗z yuritadigan bo‗lsak, taʻshqi kompyuterlardan birining buzilishi tarmoqda ishlayotgan kompyuterlarga ta‘sir qilmaydi, lekin markaziy kompyuterning har qanday buzilishi tarmoqni butunlay ishdan chiqishiga olib keladi. Kabellardan birortasida uzilish yoki qisqa to‗qnashuv ro‗y bersa, «Yulduz» topologiyasida faqat bitta kompyuterda axborot almashinuvi to‗xtaydi, qolgan hamma kompyuterlar odatdagicha ishini davom ettirishi mumkin. Shinadan farqli yulduzda har bir aloqa yo‗lida faqatgina ikkita abonent bo‗ladi: markaziy va tashqi kompyuterlardan biri. Ko‗pincha kompyuterlarni ulash uchun ikkita aloqa yo‗li ishlatiladi, ulardan har biri axborotni faqat bir tarafgagina uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa yo‗lida faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma ishlatiladi. Bu holat tarmoq qurilmalarini «Shina» topologiyasiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirishga olib keladi va qo‗shimcha tashqi terminatorlardan foydalanishga ham hojat qolmaydi. «Yulduz»da signallarni aloqa yo‗lida so‗nish muammosi ham «Shina»ga nisbatan oson hal bo‗ladi, chunki har bir signalni qabul qiluvchi qurilma bir xil amplitudali signalni qabul qiladi. «Yulduz» topologiyasining jiddiy kamchiligi shundan iboratki, unga ulanadigan abonentlar soni chegaralangan. Odatda markaziy abonent 8–16 tadan ko‗p bo‗lmagan tashqi abonentlarga xizmat ko‗rsata oladi. Ko‗rsatilgan cheklanish oralig‗ida qo‗shimcha abonentlarni ulash ancha oddiy bo‗lsa, qo‗yilgan cheklanishdan ortiq bo‗lgan hollarda abonent ulash imkoni yo‗q. Ba‘zi hollarda yulduzsimon ulanishni kengaytirish imkoni mavjud, agarda tashqi abonentlardan birining o‗rniga markaziy abonent ulansa, natijada o‗zaro ulangan bir necha yulduzlardan tashkil topgan topologiya hosil bo‗ladi. 9.2– rasmda keltirilgan «yulduz» topologiyasi aktiv «yulduz» deb ataladi, 9.5– rasmda keltirilgan rasm passiv «yulduz» topologiya bo‗lib, u faqat tashqi ko‗rinishdangina yulduzga o‗xshashdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling