Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
201 chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay emas. Mumkin bo‗lgan konfliktlarni hal qilish har bir abonentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin, «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarning (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. Shinadagi kompyuterlarning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishi ham qo‗rqinchli emasdek tuyuladi, chunki biz uzilish bo‗lganda ikkita ishga layoqatli alohida shinaga ega bo‗lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo‗lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda, shina oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya‘ni terminator ulanishi lozim (9.1–rasmda to‗rtburchak shaklda ko‗rsatilgan). Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo‗lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo‗lishi natijasida tarmoqda aloqa amalga oshishi mumkin bo‗lmay qoladi. Shunday qilib, kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil bo‗lganda aloqa yo‗lining moslashuvi buziladi va hattoki o‗zaro ulangan kompyuterlar o‗rtasida ham axborot almashinuvi to‗xtaydi. Shina kabelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to‗qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faoliyati to‗xtaydi. Shinadagi tarmoq qurilmalaridan birortasi buzilgan taqdirda uni ajratib qo‗yish qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali tarmoqning aloqa yo‗lidan axborot signallari o‗tish davomida so‗nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo‗yiladi. Bundan tashqari abonent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog‗liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qo‗yiladigan qo‗shimcha talablarni oshiradi. «Shina» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling