Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
220 Markazdan tarqatilgan boshqarish usullari, bu holda markazdan boshqarish bo‗lmaydi. Bu usullarni asosiy afzalligi: buzilishlarga barqarorligi va boshqarish vaziyatdan kelib chiqilgan holda amalga oshirilishi. Lekin konflikt hollar bo‗lishi mumkin, ularni hal qilish kerak. Axborot almashish usullarini turlarga ajratishga boshqacha yondashish ham mavjud: Determinatsiyalangan usul aniq qoidalar orqali abonentlarni tarmoqqa egalik qilishi almashib turadi. Abonentlarni tarmoqqa egalik qilish o‗rinlarining u yoki bu sistemasi mavjud, bu tarmoqqa egalik o‗rinlari (prioritet) turi abonentlar uchun turlichadir. Bu holda konflikt odatda to‗liq o‗rinsizdir (yoki ehtimoli kam), lekin ba‘zi abonentlar o‗z navbatini ko‗p kutishiga to‗g‗ri keladi. Bu usulga, masalan, tarmoqqa markerli ega bo‗lish, ya‘ni axborot uzatish huquqi estafeta singari abonentdan abonentga o‗tadigan usul ham kiradi. Tasodifiy usullar – axborot uzatuvchi abonentlarga navbat tasodifiy ravishda beriladi deb qabul qilingan. Bu holda konflikt bo‗lish ehtimoli mavjud, lekin uni hal qilish usuli taklif qilinadi. Tasodifiy usullar tarmoqda axborot oqimi ko‗p bo‗lganda determinatsiyalangan usulga nisbatan yomon ishlaydi va abonentga tarmoqqa ega bo‗lish vaqtiga kafolat bermaydi (abonentda axborot uzatishga xohish bo‗lgan vaqtdan, o‗z paketini uzatguncha bo‗lgan vaqt oralig‗i). Tasodifiy usulga misol – CSMA/CD. Uchta ko‗p tarqalgan boshqarish usulini ko‗rib chiqamiz, bu usullar uchta asosiy topologiyaga tegishlidir. «Yulduz» topologiyasiga markazlashtirilgan boshqarish usuli ko‗proq mos tushadi, chunki bu holda markazda nima joylashganining ahamiyati yo‗q: kompyuter (markaziy abonent) 9.2 – rasmdagidek yoki maxsus konsentratorli almashinuvni boshqaruvchi lekin o‗zi axborot almashishda ishtirok etmaydi (9.5 – rasm). Aynan ikkinchi holat 100VG AnyLAN tarmog‗ida tatbiq etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling