Основы пакета
Aloqa o‗tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
Aloqa o‗tkazish vaqtini boshqarish bosqichi (Session, seansoviy uroven)
aloqa o‗tkazish vaqtini boshqaradi (ya‘ni aloqani o‗rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi). Bu bosqichda abonentlarni mantiqiy nomlarini tanish, ularga ega bo‗lish huquqini nazorat qilish vazifalari ham bajariladi. Transport bosqichi (Transport) paketni xatosiz va yo‗qotmasdan, kerakli ketma-ketlikda yetkazib berishni amalga oshiradi. Shu yerda yana uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborot qayta tiklanadi. Tarmoq bosqichi (Network, setevoy uroven) bu bosqich paketlarni manzillash, mantiqiy nomlarni jismoniy tarmoq manziliga o‗zgartirish, teskariga ham va shuningdek, paketni kerakli abonentga jo‗natish yo‗nalishini tanlashga (agarda tarmoqda bir necha yo‗nalish mavjud bo‗lsa) javobgar. Kanal bosqichi yoki uzatish yo‗lini boshqarish bosqichi (data link), bu bosqich standart ko‗rinishdagi paket tuzishga va boshlash hamda tamom bo‗lishni boshqarish maydonini paket tarkibiga joylashishiga javobgardir. Shu yerda yana tarmoqqa ega bo‗lishni uzatishdagi xatoliklar aniqlanadi va yana qabul qilish 217 qurilmasiga xato uzatilgan paketlarni qaytadan uzatishni boshqarish amalga oshiriladi. Jismoniy bosqich (Physical, fizicheskiy uroven) – bu modelni eng quyi bosqichi bo‗lib, uzatilayotgan axborotni signal kattaligiga kodlashtiradi, uzatish muhitiga qabul qilishni va teskari kodlashni amalga oshirishga javob beradi. Shu yerda yana ulanish moslamalariga, razyomlarga, elektr bo‗yicha moslashtirish va yerga ulanish hamda to‗siqlardan himoya qilish va hokazolarga talablar aniqlanadi. Modelni quyi ikki bosqichning (1 va 2) vazifasini odatda qurilmalar bajaradi (2 bosqich vazifasini bir qismini tarmoq adapterining dasturiy drayveri bajaradi). Aynan shu bosqichlarda tarmoq topologiyasi, uzatish tezligi, axborot almashishni boshqarish usuli va paket formati (o‗lchami) ya‘ni tarmoq turiga to‗g‗ri taalluqli ko‗rsatkichlar aniqlanadi (Ethernet, Token-Ring, FDDI). Yuqori bosqichlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri biror aniq qurilma bilan ishlamaydi, vaholanki 3,4 va 5 bosqichlar qurilma xususiyatlarini hisobga olishlari mumkin. 6 va 7 bosqichlar umuman qurilmalarga hech qanday aloqasi yo‗q. Tarmoq qurilmalaridan birini boshqa birorta qurilma bilan o‗zgartirilgan taqdirda ham ular buni hech vaqt sezmaydilar. Kanal bosqichi (2-bosqich) ikki bosqich ostiga ajratiladi. Download 5.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling