Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
228
Biz bu yerda bir yo‗nalishli tarmoqni ko‗rib o‗tamiz, chunki bu turdagi tarmoq 
ko‗p tarqalgandir.
«Halqa» topologiyali tarmoqqa turli markazlashtirilgan boshqarish usulini 
(yulduz kabi) qo‗llash mumkin, xuddi shuningdek tarmoqqa tasodifiy ega bo‗lish 
usulini (shina kabi) qo‗llash mumkin, lekin ko‗pincha halqa xususiyatiga aynan 
mos keluvchi boshqaruvining maxsus usulini tanlashadi. Bu hol uchun eng ko‗p 
tanilgan boshqarishni marker (estafeta) usuli, ya‘ni maxsus ko‗rinishdagi katta 
bo‗lmagan boshqarish paketidan foydalaniladi. Aynan halqa bo‗ylab estafeta 
ravishda uzatish tarmoqqa ega bo‗lish huquqini bir abonentdan keyingi abonentga 
beradi. Marker usullari markazdan tarqatishga va determinatsiyalangan tarmoqda 
axborot almashinuvini boshqarish usullariga kiradi. Ularda aniq ajratilgan markaz 
yo‗q, lekin aniq o‗rnatilgan tartib sistemasi mavjud va shuning uchun konflikt 
holat yuzaga kelmaydi.
Halqa topologiyali tarmoqda markerli boshqarish usulini ishlashini ko‗rib 
chiqamiz (11.6–rasm).
Halqa bo‗ylab uzluksiz maxsus paket marker yuradi, u abonentlarga o‗z 
paketlarini uzatish huquqini beradi. Abonentlarni harakat qilish algoritmi 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
1. O‗z paketini uzatishni xohlagan 1–abonent bo‗sh markerni o‗ziga 
kelishini kutishi kerak. Shundan so‗ng markerga o‗z paketini qo‗shadi, markerni 
band deb belgilaydi va uni halqada o‗zidan keyinda joylashgan abonentga 
jo‗natadi.
2. Hamma abonentlar (2,3,4) paket ulangan markerni qabul qilib, paket 
ularga manzillanganligini tekshiradilar. Agar peket ularga manzillangan bo‗lmasa, 
u holda olingan marker-paketni halqa bo‗ylab uzatib yuboradilar.
3. Agarda qaysidir abonent (bizning holimizda 3–abonent bo‗lsin) paketni 
o‗ziga manzillanganini tanisa, u bu paketni qabul qilib oldi, markerda axborot 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling