Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
221
Eng oddiy markazlashtirilgan usul quyidagidan iborat. O‗z paketlarini 
uzatishni xohlagan abonentlar markazga o‗zining so‗rovini jo‗natadi. Markaz 
paketni uzatish huquqini navbat bilan beradi, masalan, abonentlarni joylashish 
holatiga qarab, soat strelkasining yo‗nalishi bo‗yicha navbat berish mumkin. 
Qaysidir abonent o‗z paketini jo‗natib bo‗lgandan so‗ng, axborot jo‗natish 
huquqini paket jo‗natishga so‗rov bergan (soat strelkasining yo‗nalishi bo‗yicha) 
keyingi joylashgan abonentga beriladi (3.13 – rasm).
3–rasm. Yulduz topologiyali tarmoqda axborot almashinuvini 
markazlashtirilgan boshqarish usuli. 
Bu holatda abonent geografik ustunlikka ega deyiladi (ularni jismoniy 
joylashishiga binoan).
Har bir aniq vaqtda eng katta ustunlikka, joylashishda keyingi o‗rinda turgan 
abonent egalik qiladi, lekin to‗liq so‗rov sikli oralig‗ida hech bir abonent boshqa 
abonentdan ustunlikka ega emas. Hech kim o‗z navbatini juda ham ko‗p kutib 
qolmaydi. Bu vaziyatda xohlagan abonent uchun tarmoqqa ega bo‗lish uchun eng 
ko‗p vaqt kattaligi, hamma abonentlar uzatgan paketga ketgan vaqt kattaligiga teng 
Sо‗rovlar yо‗nalishi
М 







 
222
bo‗ladi, albatta birinchi uzatayotgan abonentdan tashqari 3.13–rasmda ko‗rsatilgan 
topologiya uchun to‗rtta paket uzunligiga sarf bo‗ladigan vaqt kattaligiga tengdir. 
Bu usulda hech qanday paketlar to‗qnashuvi bo‗lishi mumkin emas, chunki 
tarmoqqa egalik qilishning yechimi bir joyda hal qilingan.
Markazdan boshqarishning boshqacha usuli ham bo‗lishi mumkin.
Bu holda markaz hamma tashqi abonentlarga navbat bilan so‗rov jo‗natadi 
(boshqarish paketini). Qaysi tashqi qurilma (birinchi so‗ralgan) axborot jo‗natishni 
xohlasa, javob jo‗natadi (yoki axborotni birdaniga uzatishni boshlab yuboradi). 
Axborot almashinuvi shu abonent bilan davom ettiriladi. Bu aloqa tamom bo‗lgach 
markaziy abonent tashqi abonentlarni aylana bo‗yicha navbatma-navbat so‗rov 
qiladi. Agarda markaziy abonent axborot uzatishni xohlab qolsa, u hech qanday 
navbatsiz qaysi abonentni xohlasa shu abonentga axborot uzatadi.
Birinchi va ikkinchi hollarda hech qanday konflikt bo‗lishi mumkin emas 
albatta (hamma masalani yagona markaz qabul qiladi, u hech qaysi abonent bilan 
konflikt holatiga o‗tmaydi). Agarda barcha abonentlar aktiv bo‗lib, axborot 
uzatishga so‗rovlar chastotasi yuqori bo‗lgan taqdirda ham ular aniq navbat bilan 
axborot uzatadilar. Lekin markaz yuqori darajada puxta bo‗lishi kerak, aks holda 
hamma axborot almashinuvi to‗xtaydi. Markaz aniq o‗rnatilgan algoritm bo‗yicha 
ishlagani uchun, boshqarish mexanizmi o‗zgarmasdir. Yana boshqarish tezligi 
uncha yuqori emas. Hatto bir abonent doimiy ravishda axborot uzatganda ham u 
baribir kutishga majbur, chunki markaz qolgan abonentlarni hammasini so‗rab 
chiqishi kerak. 
«Shina» topologiyasida ham xuddi «Yulduz» topologiyasi kabi 
markazlashtirilgan boshqarishni amalga oshirish mumkin. Bu holda abonentlardan 
biri («markaziy») hamma qolgan tashqi obyektlarga so‗rov jo‗natadi, qaysi bir 
obyekt axborot uzatish xohishi borligini aniqlash uchun. Shundan so‗ng 
obyektlardan biriga axborot uzatishga ruxsat beriladi. Axborot uzatib bo‗lgandan 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling