Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
248 19.6-rasmda bir tarmoqning ikki kompyuterlari tarmoq operatsion tizimlarining mos dasturi komponentlarining o‗zaro ishlashi ko‗rsatilgan. Mijoz o‗rnida A kompyuter, mijozning barcha amaliy dasturlarining so‗rovini bajaradigan server o‗rnida V kompyuter ishtirok etadi. A kompyuterdagi amaliy dastur V kompyuter resursiga so‗rov xabarini moslashtiradi, bu ma‘lumotlar fayli, faksimil apparat yoki printer bo‗lishi mumkin. So‗rov operatsion tizimga yo‗naltiriladi, u dastur-redirektor orqali so‗rovni mijoz qismiga yo‗naltiradi. Keyin mijoz qismi so‗rovni mos port drayveriga jo‗natadi (masalan, SOM-portga). A kompyuter portining drayveri va kontrolleri V kompyuterning mos porti drayveri va port kontrolleri bilan o‗zaro ishlab xabarni baytma-bayt portning drayveri orqali V kompyuter operatsion tizimining server qismiga uzatadi. V kompyuterning server qismi o‗zining operatsion tizimi orqali barcha mijozlar uchun umumiy bo‗lgan o‗z lokal resurslariga murojaat qiladi. Keyin transport tizimi orqali A va V kompyuterlarining server va mijoz qismlari o‗zaro ish olib boradi: A kompyuterning ma‘lumotlari V kompyuter orqali chiqariladi yoki V kompyuter xotirasidan fayl tarmoq orqali A kompyuterning amaliy masalasiga (amaliy dasturga) uzatiladi. Tarmoqning ikkita kompyuterlarining o‗zaro ishlashi bayon etilgan tartibini printer bilan birgalikda ishlatish misolida ko‗rib chiqamiz. O‗zaro ishlash kompyuterlar orasida aloqa kanallari bo‗ylab uzatiladigan xabarlar ko‗rinishida ifodalanadi. Xabarlar ba‘zi harakatlarning bajarilishiga buyruqlardan (masalan, kerakli faylni ochish) va bu fayl bilan ishlashdan iborat bo‗lishi mumkin. Dastlab kompyuterning ajratilgan tashqi qurilmasi bo‗lgan printer bilan o‗zaro ishlash tartibini ko‗rib chiqamiz. Kompyuter va istalgan turdagi tashqi qurilma orasida o‗zaro ishlashini tashkil etish uchun tashqi fizik interfeyslar ko‗zda tutilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling